Idrok va kasb tanlash Reja: Idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari


Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar


Download 72.96 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi72.96 Kb.
#1558006
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish IDROK VA KASB TANLASH

4. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar
Atrof-olam jismlari birday idrok etilmaydi. Bir xillari yaqqol, «oldingi qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda idrok jismi, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin orqa planga o‘tib ketgan boshqa jismlardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan, kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz izlayotgan kitob hisoblanadi.
Dastlab figura (jism) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan. Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E. Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Yakka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning barchasi esa fon deb aytiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, jism va fonning nisbati – bu dinamik nisbat. Ayni vaqtda fonga tegishli bo‘lganlar ma’lum vaqtdan so‘ng jismga, va, aksincha, jism fonga aylanishi mumkin. Bunga isbot sifatida rasmdagi ikkilangan tasvirlarni keltirish mumkin.3[3]
Jismni fondan ajratib olish, avvalambor, ular o‘rtasidagi farqning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Jism va fon bir-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, jism fondan shunchalik oson ajraladi. Xuddi shunday, fon va jism o‘rtasidagi ranglar, ayniqsa, bir-biridan keskin farq qiluvchi ranglar bo‘yicha tafovut muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf taxtasida bo‘r bilan yozilgan so‘z yaqqol ko‘rinadi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi daftarida u yozadigan siyoh bilan tuzatilgan xato esa umuman sezilmasligi mumkin. Agar jism o‘xshash jismlar qurshovida bo‘lsa, uni ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi. Agar daryo boshqa daryolarning oqimlari bilan o‘ralgan bo‘lsa, xarita bo‘yicha uning oqimini kuzatib bo‘lmaydi.


Xulosa
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish ob’ektlarning eng muhim
jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga asoslanadi. Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta aha- miyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. 50-52 bet
2. E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003. 20-bet
3. I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov. 50-60 betlar
Moskva,1997 Moskva, 1992B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami.-Toshkent,2003.30-bet.
4. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-222-235.
5. Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.100-113.
6. David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-255-287.


Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati:


1. www.expert.psychology.ru 
2. www.psycho.all.ru 
3. www.psychology.net.ru 
4. www.psy.piter.com 

1


2


3


Download 72.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling