Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli. Tarmoqli ma’lumot modeli


Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli


Download 21.61 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi21.61 Kb.
#1829684
1   2   3
Bog'liq
9.1 mavzu

Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli.


Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to‘plamidan tuziladi. Yanada aniqrog‘i, bir xil turdagi daraxtlarning bir nechta tartiblangan nusxalari to‘plamidan iborat bo‘ladi. Daraxt turi bitta “ildizli” tur yozuvidan va tartiblangan bitta yoki bir nechta daraxt osti turlaridan (ular har biri daraxtning turidir) tashkil topadi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxik ravishda tashkil topgan yozuvlar turlari to‘plamini tasvirlaydi.

Ma’lumotlar ustida ish yuritish:


Iyerarxik tashkil qilingan ma’lumotlar bilan ish yuritishda quyidagi operatorlarni misol tariqasida namuna qilib olish mumkin:



  • MBda ko‘rsatilgan daraxtni topish;

  • Bir daraxtdan ikkinchisiga o‘tish;

  • Bitta yozuvdan boshqa daraxt ichiga kirish (masalan, bo‘limdan - birinchi xodimga);

  • Bitta yozuvdan ierarxiya tartibida boshqasiga o‘tish;

  • Yangi yozuvni ko‘rsatilgan o‘ringa qo‘yish;

  • Joriy yozuvni o‘chirish;

  • Butunlikni chegaralash.

Avlod va ajdodlar o‘rtasidagi murojaatlar yaxlitligi avtomatik tarzda qo‘llab- quvvatlanadi. Asosiy qoidalar: hech bir avlod o‘z ota-onasisiz mavjud bo’lmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, shunga o‘xshash bir ierarxiyaga kirmaydigan yozuvlar orasidagi murojaatlar yaxlitligini qo‘llab bo’lmaydi (bunda tashqi murojaatning misoli sifatida, Kaf nomeri maydoni tarkibiga kiruvchi Kurator yozuvi turi nusxasi bo’lishi mumkin).
Iyerarxik tizimlarda MB tasvirlaydigan forma iyerarxiyaga qo‘yilgan cheklashlar asosida qo‘llanadi.

Tarmoqli ma’lumot modeli.


Tarmoqli tizimning tipik vakili Integrated Database Management System (IDMS) tizimidir. 1970-yillar bir nechta tizimlar yaratildi, ular orasida IDMS ham bor edi. Bu tizim ko’pchilik operatsion tizimlarni boshqarishda IBM firmasi mashinalarini ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizimning arxitekturasi Integrated Database Management System (IDMS)
dasturlash tili bo’yicha Conference on Data Systems Languages (CODASYL) tashkiloti taklifiga ko’ra tuzilgan. Bu tashkilot Kobol dasturlash tiliga mas’uldir.


Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling