Ies larning ishlash prinsipi
Download 62.23 Kb.
|
60.IES larning ishlash prinsipi
IES larning ishlash prinsipi Elektr stansiyasining Issiqlik uskunalari, apparatlari va turli xil issnklik qurilmalarining bug’, suv hamda kondensat truboprovodlari bilan birgalikda grafik usulda tasvirlanishi uning prinsipial Issiqlik sxemasi deyiladi. Issiqlik sxemasi TES lardagi turli xil ishlab chiqarish protsesslarini tashkil etishni aniqlaydi. U Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish protsesslari amalga oshiriladigan asosiy va yordamchi Issiqlik kuch agregatlarining o’zaro aloqadorligini belgilab beradi. Prinsipial Issiqlik sxemasiga boshlang’ich ma’lumotlarning hammasi ham kiritilavermaydi, balki Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish protsesslarini kiskacha va etarli darajada aniq tasvirlab beradigan hamda Issiqlik sxemasining hisob-kitobini analiz qilish va baholash uchun etarli bo’lgan ma’lumotlargina kiritiladi. Bir tipdagi agregatlar ularning stansiyadagi haqiqiy sonidan qatiy nazar, prinsipial Issiqlik sxemasida faqat bittadan ko’rsatiladi (bitta turbina, bitta nasos va hokazo). Ayrim elementlar sxemada muayyan sistema bo’yicha joylashtiriladi (2 - rasm). Masalan, yuqorigi chap burchakda qozon, o’ng burchakda turbina tasvirlanadi. Boshqa elementlar soat strelkasining harakat yo’nalishi bo’yicha,turbinadan o’ngga ish jismining yo’li bo’yicha pastga qarab joylashtirib chiqiladi. Bunda uning parametrlari dastlab kamayadi, qozonga yaqinlashgan sari yana ortib boradi. 30-rasmda bug’ turbinali elektr stansiyasining prinsipial Issiqlik sxemasi ko’rsatilgan. Qozondan parametrlari ru, to bo’lgan bug’ turbinasi 2 ga o’tadi, turbinaning besh joyidan bug’ olinadi. 2.Rasm. K –100-50 turbinali elektrstansiyada bug’ yuqori prinsipial Issiqlik sxemasi bosimli isitkichlar 9 bo’yicha o’tadi, ularda qozonga yuboriladigan ta’minlash suvi isitiladi. bug’ issiqligini taminlash suviga berib, kondensatga aylanadi. Kondensat deaerator 7 ga yuboriladi, bu erda u gazsizlanadi va ta’minlash nasosi 8 vositasida isitkichlar 9 orqali qozonga beriladi Entalpiyasi va bosimi ri bo’lgan III joydan olingan bug’ separator 10 bilan tutashtirilgan Issiq almashtirgich 11 ga yuboriladi. Separatorga qozondan bosimli tozalash suvi kiradi. Suv ancha past bosimli sohaga kirgandan keyin qaynaydi va uning bir qismi bug’ tarzida bug’izdirgich 5 ga uzatiladi. Separatorda qolgan temperaturasi ancha yuqori bo’lgan suv ximiyaviy tozalash apparatlari 12 qo’shimcha suvni isitish uchun foydalaniladi. Tozalash suvi o’z issiqligini berib, texnikaviy kanalizatsiyaga tushadi. IV va V joylardan olingan bug’ past bosimli isitkichlar b va 5 ga yuboriladi. Bug’ning qolgan qismi turbinada to’liq ishlab bo’lgach, kondensator 8 ga o’tib kondensatga aylanadi. Olingan kondensat nasos 4 yordamida issiq almashtirgichlar 5 va 6 orqali deaerator 7 ga, so’ngra nasos 8 bilan isitkichlar 9 orqali qozonga haydaladi. Komponovka so’zi muayyan maqsadga mo’ljallab alohida qismlardan (komplektlardan) bir butun narsa tuzish degan ma’noni bildiradi. Elektr stansiyaning joylashish o’rnini tanlash. Elektr stansiyaning joylashish o’rnini to’g’ri tanlash murakkab texnikaviy-iqtisodiy masaladir. Bu masalani hal qilishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak. 1. Elektr energiyasi va Issiqlik iste’molchilari yaqin bo’lishi lozim. Hozirgi vaqtda qaynoq suv 35 km gacha, bug’ esa 10 km gacha masofaga berilmoqda. Elektr energiyasi uzoq masofalarga (1000 km dan uzoqroqqa) uzatib beriladi, lekin iqtisodiy mulohazalarga ko’ra masofalarni iloji boricha qisqartirish maqsadga muvofiqdir. 2. Yoqilg’i bazasi yaqin bo’lishi yoki elektr stansiyasi ko’rish uchun tanlangan joyga Yoqilg’i tashib keltirilishi qulay bo’lishi zarur. 3. Suv manbai yaqin bo’lishi kerak. Elektr stansiyasidan suv manbaigacha bo’lgan masofa minimal bo’lishi lozim, chunki kondensatsion turbinalar uchun ham, teplofikatsion turbinalar uchun ham suv juda-ko’p sarflanadi va uni uzoq masofalarga uzatib berish uchun ko’p elektr energiyasi sarflash zarur bo’ladi. 4. Maydonchaning o’lchamlari. katta quvvatli rayon elektr stansiyasi ko’rish uchun zaruriy uchastka maydoni 0,03 — 0,06 ga/Mvt bo’lishi lozim. Tanlangan maydonchada elektr stansiyani tashkil etuvchi barcha bino va inshootlar joylashtiriladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ulardan foydalanishda normal shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsin. Elektr stansiyaning barcha bino va inshootlariga ko’riladigan avtomobilь yo’llari, asosiy inshootlarga keltiriladigan keng izli temir yo’llar esa shu maydoncha ichiga sig’diriladi. Elektr stansiyadagi bino va inshootlarning tarkibi har bir konkret holda uning xarakteriga qarab aniqlanadi. Elektr stansiya territoriyasida asosiy bino va xonalarning joylashuvini umumiy tarzda ko’rib chiqamiz. Asosiy korpus. Elektr stansiyalarining barcha asosiy va yordamchi uskunalari asosiy korpusga joylashtiriladi. U kelajakda yanada kengaytirish mo’ljali bilan ko’riladi. Kelajakda kengaytirilishi hisobga olingan holda asosiy korpusning ikki chekkasi ikki xil bo’ladi: birinchisi doimiy bo’lib korpus bu tomondan kengaytirilmaydi; ikkinchisi muvaqqat bo’lib, stansiya kengayganda o’zgaradi. Asosiy korpusning muvaqqat chekkasi oldidagi maydoncha bo’sh qoldiriladi. Asosiy korpus atrofiga qolgan barcha bino va inshootlar joylashtiriladi. Maydonchada asosiy bino o’rnini tanlashda sovituvchi suv kommunikatsiyalari, teplofikatsiya tarmoklari, elektr uaatish liniyalaridan tortilgan simlar, kulni chiqarib tashlash quvurlari va boshqalarning uzunligi minimal bo’lishi lozimligini hisobga olish kerak. Xizmat korpusi. Bu erda elektr stansiya boshqarmasi, laboratoriyalar, navbatchi shaxslar va boshqalar joylashtiriladi. Asosiy boshqarish shiti va asosiy taqsimlash qurilmasi. Kichik quvvatli Issiqlik elektr stansiyalarida boshqarish shiti va taqsimlash qurilmalari asosiy binoning ichiga, o’rta va katta quvvatli stansiyalarda esa alohida maxsus binolarga joylashtiriladi. Bunda maxsus binolar asosiy binoga usti yopiq yo’laklar bilan tutashtiriladi. Yoqilg’i xujaligi. Yoqilg’i bilan ish olib boriladigan barcha bino va inshootlar, odatda, omborlar tomonga va Yoqilg’iga ishlov berish texnologik protsessi bo’yicha Yoqilg’i keltirilish yo’llari tomonga joylashtiriladi. Masalan, Yoqilg’ini maydalash korpusi Yoqilg’ini tushirish qurilmasi bilan asosiy korpusning qozonxona tomoni orasiga quriladi. Suv xujaligi. Gradirnyalar, purkash hovuzlari,ssirkulyasion suv quvurlari va boshqa inshootlarni mashina zali tomonga qurish tavsiya etiladi. Suvni ximiyaviy tozalash ustanovkasi. Kichik quvvatli stansiyalarda suvni ximiyaviy usulda tozalash ustanovkasi asosiy binoda bo’ladi. katta quvvatli stansiyalarda maxsus binoga o’rnatiladi. Elektr stansiyaning Issiqlik-kuch qismiga tegishli bino va inshootlardan tashqari, elektr qismiga hamda boshqa xizmatlarga tegishli bino va inshootlar ham bo’ladi. Ularga masalan, oshiruvchi elektr stansiyachasi, xususiy ehtiyojlarga mo’ljallangan taqsimlash qurilmasi, materiallar ombori, garaj remont ustaxonalari, maishiy binolar va boshqalar kiradi. Elektr stansiya asosiy korpusidagi binolarning va ular ichidagi uskunalarning bir-biriga nisbatan joylashuvi korpusning komponovkasi deyiladi. Elektr stansiyadagi barcha inshootlarning narxi, ularning ishonchliligi va tejamli ishlashi elektr stansiya asosiy korpusining to’g’ri komponovka qilinganiga ko’p jihatdan bog’liqdnr. Elektr stansiyaning asosiy korpusini komponovka qilishda ba’zi asosiy shartlarga rioya qilinishi kerak: 1. Asosiy va yordamchi uskunalar texnologik protsess izchilligiga muvofiq holda joylashtirilishi lozim. Bunda uskunalar orasidagi kommunikatsiyalar uzunligini iloji boricha qisqartirish zarur. 2. Ko’tarish-tashish qurilmalari va mexanizmlar, shuningdek, joriy va kapital remontlarni iloji boricha tez va sifatli o’tkazish uchun montaj-remont joylari hamda maydonchalar bo’lishini nazarda tutish kerak. 3. Qurilishga ketadigan xarajatlar minimal bo’lishi lozim. Asosiy korpusning komponovkasini xarakterlovchi muhim ko’rsatkichlar—belgilangan elektr va bug’uvvatlariga hisoblangan alohida bino va xonalarning yuzasi hamda kubaturasidan iboratdir. qattiq Yoqilg’ida ishlaydigan hozirgi zamon quvvatli TES larida asosiy korpusning solishtirma kubaturasi 0,5—0,55 m3/kVt ni tashkil etadi. Asosiy korpusdagi maydoncha va hajmlarni kichraytirishning eng maqbul usuli elektr stansiyalarining ochiq va yarim yopiq komponovkasini qo’llashdan iborat. Elektr stansiyalar yopiq, yarim yopiq va ochiq qilib quriladi. Barcha asosiy va yordamchi qurilmalar asosiy korpusga, ya’ni usti yopiq xonaga joylashtirilgan stansiyalar yopiq stansiyalar deyiladi. K,qozon ustanovkalari, turbinalar, deaeratorlar, tutun yo’llari, ventilyatorlar, kultutkichlar, changssiklonlari, separatorlar va boshqa yordamchi uskunalar asosiy korpusdan tashqarida, ochiq zavodda joylashtirilgan stansiyalar ochiq stansiyalar deyiladi. Turbinalar asosiy korpusga, qozon agregatlari bilan yordamchi uskunalar esa tashqariga bostirmaga joylashtirilgan stansiyalar yarim yopiq stansiyalar deyiladi. SHuni aytib o’tish kerakki, ob-havo sharoitlari yaxshi' bo’lgan joylarda yoki ochiq havoda to’xtovsiz ishlashga moslashgan maxsus uskunalar qo’llanilgandagina ochiq va yarim yopiq komponovkaga ruxsat etiladi. 4. Elektr stansiyalar ko’rish va ulardan foydalanishga doir mavjud norma va qoidalarga (qurilish maydonchasini suv bosmasligi, er osti suvlarining qanchalik yuzadaligi, gruntning mustaxkamligi), shuningdek, xavfsizlik texnikasi va yong’inga qarshi normalarga rioya qilinishi zarur. 5. Qozonxonaga Yoqilg’i keltirish, mashina zaliga sovituvchi suv keltirish va chiqarib yuborish yo’llari, shuningdek, asosiy korpusdan elektr va Issiqlik energiyasini olib ketish, tutun gazlari, shlak va kulni chiqarib yuborish qulay bo’lishi kerak. Asosiy bino komponovkasini tuzish ko’pgina omillarga: elektr stansiyaning tipiga, asosiy agregatlarning birlik quvvati va konstruksiyasiga, Yoqilg’i turiga va elektr stansiyasining energosistema bilan aloqadorlik xarakteriga bog’liq bo’ladi. hozirgi vaqtda asosiy bino komponovkasi—quyidagi holatlar bilan xarakterlanadi: a) bosh korpusning asosiy xonalari — mashina zali. qozonxona, bunker va deaerator etajerkasi bir-biriga parallel joylashtiriladi; b) bosh korpusda eng katta hajmni (60% gacha) qozonxona bilan bunker etajerkasi egallaydi, mashina zalining xonasi korpus umumiy hajmining 15—20% ini tashkil etadi. Agar qozonxonada shar tegirmonlar bo’lsa, u holda deaerator etajerkasi qozonxona bilan mashina zali orasida, bunker etajerkasi esa qozonxonaning ikkinchi tomonida joylashadi. Agar qozonxonada shaxta tipidagi tegirmonlar bo’lsa, bunker va deaerator etajerkasi yonma-yon bo’ladi va qozonxona bilan mashina zali orasiga joylashadi: bunda bunker etajerkasi qozonxona yonida, deaerator etajerkasi esa mashina zali yonida bo’ladi, 31-rasm. Baraban-shar tegirmonli elektr stansiya asosiy korpusi komponovkasining sxemasi: v) quvvat 25 MvT lissT-25 tipidagi ishiga turbogeneratorli va bug’ unumdorligi 170 t/soat li uch (qozonli stansiya; b) quvvati 50 MVt li g’K-50 tipidagi to’rtta trubogeneratorli va bug’ unumdorligi 230 t/soatli besh qozonli stansiya Suyuq va gaz Yoqilg’ida ishlaydigan elektr stansiyalarning asosiy binolarida bunker etajerkasi va qozonxona bilan mashina zali orasida devor bo’lmaydi. Qozonxonada qozonlar xonaning o’qiga perpendikulyar qilib mashina zaliga qaratib bir qator o’rnatiladi. Turbogeneratorlar, turbohavo yo’llari va kompressorlar mashina zalining o’qi bo’ylab yoki unga ko’ndalang joylashtiriladi. Asosiy korpusning barcha xonalari er sathidan baland qilib quriladi. Kuldan tozalash uskunalari va tutun tortish qurilmalari tashqariga quriladi. Rasmda shar tegirmonlar bilan jihozlangan qozonli elektr stansiyaning tipovoy sxemasi keltirilgan. a) Quvvati 25 Mvt li VT-25 tipidagi ikkita turbogeneratorli va bug’ unumdorligi 170 t/soatli uch qozonli stansiya; b) Quvvati 50 Mvt li VK-50 tipidagi to’rtta turbogeneratorli va bug’ unumdorligi 230 t/soatl11 besh qozonli stansiya. KES va TES larning Issiqlik tejamliligini baholash uchun kondensatsion va teplofikatsion turbinalarda foydalaniladigan Issiqlik miqdorini Tz- diagramma ( -rasm) yordamida ko’rib chiqamiz. Kondensatsion turbina parraklari (kanotlari)da bug’ kondensatordagi bosimgacha, 0,03—0,05 bar gacha kengayadi. Bunda Issiqlik mexanikaviy ishga aylanadi. Ishlab bo’lgan bug’dagi qolgan Issiqlik kondensatorni sovituvchi suvga beriladi. Kondensatorni sovituvchi suv ishlab bo’lgan bug’ning issiqligi bilan birga oqovaga tushirib yuboriladi Teplofikatsion turbinaning parraklarida bug’ atmosfera bosimidan yuqori bosimda kengayishdan to’xtaydi. SHuning uchun mexanikaviy ishga aylangan Issiqlik ishlab bo’lgan bug’ning issiqligi bo’ladi. Teplofikatsion turbinada ishlab bo’lgan bug’ning barcha issiqligi tashqi iste’molchiga yuboriladi. 32-rasm. TS-diagramma Elektr stansiyalarining Issiqlik tejamliligi va energetikaviy ko’rsatkichlari haqidagi masalaga doir Ko’rinib turibdiki, teplofikatsion turbinada elektr energiyasi ishlab chiqarishga kondensatsion turbinadagiga qaraganda kam Issiqlik sarflanadi. Lekin teplofikatsion turbinada ishlab bo’lgan bug’ning issiqligi kondensatsion turbinadai kabi oqovaga tashlab yuborilmaydi, balki isroflarsiz to’liq holda tashqi iste’molchilarga yuboriladi. SHunday qilib, TES va KES larning Issiqlik tejamliligi-muayyan miqdor elektr energiyasi va Issiqlikni alohida ustanovkalarda (KESQqozonxona) olingandagiga qaraganda kombinatsiyalashgan usulda ishlab chiqarishda (TES) tejalgan Yoqilg’i miqdori bilan aniqlanadi. Lekin elektr stansiyasi ko’riladigan rayonda kattagina Issiqlik iste’molchilari bo’lmasa, iqtisodiy tejamliligi kam bo’lishiga qaramay baryabir KES ko’riladi va ushbu rayondagi iste’molchilarni Issiqlik bilan ta’minlash uchun alohida qozonxona ko’riladi. Download 62.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling