28-ma’ruza. Issiqlik energetikasida bug` olish uchun ishlatiladigan suvlarni yuqori darajada tuzsizlantirish usullari. (2soat) IESlarda bug` olish uchun ishlatiladigan suvni ximiyaviy usullar bilan tuzsizlantirishda ikki yoki uch bosqichli ionitli qurilmalar ishlatilishini o`rganish.
13-modul. Suvni natriy kationitli filtrlar yordamida qattiqligini kamaytirish.
29-ma’ruza. Suvni natriy kationitli filtrlar yordamida qattiqligini kamaytirish, ularning texnologik farqi. (2soat) Kationitlar tarkibida juda koʼp miqdorda qoʼzgʼaluvchan sulьfo (H+SO3-), karboksil (-COOH) hamda fenol (-OH) guruhlari tutgan yuqori molekulali polimer moddalardir. Ularning ion almashtirish hajmi shu qoʼzgʼaluvchan ionlar miqdori bilan oʼlchanadi. Kationitlar sanoatda asosan formaldegidni fenol sulfokislota yoki fenol karbon kislotalar bilan polikondensatsiya qilib hamda sterol bilan sulьfokislotalarni polimerizatsiya qilib ham olinadi.
30-ma’ruza. Suvni vodorod kationitli filtrlar yordamida qattiqligini kammaytirish, ularning texnologik farqi. (2soat) Kationitlarning ishchi almashinish hajmi kattaligi quyidagi faktorlarga: filtrlash tezligiga, suvdagi almashuvchi kationlar turiga, suvning reagentiga, filtirlovchi qatlam qalinligiga va regenertsiya reagentining solishtirma sarfiga bogʼliqdir.
14-modul. Suvni anionitlar yordamida tuzsizlantirish
31-ma’ruza. Suvni anionitlar yordamida tuzsizlantirish. (2soat) Аnionitlar sanoatda formalьdegidni aromatik yoki alifatik aminlar bilan kondensatlash orqali olinadi. Аnionitlarga ishlatilishidan oldin qanday eritmalar shimdirilishiga qarab ularning almashuvchi guruhlari turli xil boʼladi. Аnion almashtirish usuli hozirgi zamonaviy issiqlik energetikasida va atom elektr stantsiyalarida suvni tarkibidagi barcha kuchli va kuchsiz anionlardan tozalashda keng qoʼllaniladigan metodlardan hisoblanadi. Suv tozalash texnikasi sohasida suvni bunday anionlardan tozalashga suvni tuzsizlantirish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |