32-ma’ruza. Filtrlarni reagenerasiya qilish usullari. (2soat) Regeneratsiya jarayonida belgilangan miqdordagi kislota va ishqor eritmasi filtrdan oʼtishi bilan ionit qatlamlari darhol yuviladi. Buning uchun tuzsizlangan suv ionit qatlamlaridan regeneratsiya eritmalari oʼtkaziladigan yoʼnali.shda yuborilib yuvindi suv filtrning oʼrta qismidagi quvuri orqali chiqarib yuboriladi. Bu operatsiya tugallangandan soʼng, filtrning tag quvuri orqali unga siqilgan havo yuborib ionitlar aralashtiriladi.
Fanning uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Xar bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga malaka talablari asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, mamlakatning asosiy ish beruvchilari bo‘lgan yetakchi buyurtmachi sanoat korxonalari “Uzmetkombinat” OAJ, “Olmalik kon-metallurgiya kombinati” OAJ, “Uzbekenergo” AK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinata” DK talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo`layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-xuquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Uslubiy jixatdan “IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fani o‘quv rejasidagi mutaxasislik fanlar qatorida o‘qitilib, talabalarni kasbiy fanlardan bilimlarini o‘zlashtirishlari uchun tayyorlab boradi.
Amaliy mashg‘ulotlarning ro‘yxati (48 soat)
1.Yoqilg`ining keltirilgan massalariga qayta hisoblash (4 soat)
2. Yonish mahsulotlari va havoni xajmini hisoblash (4 soat)
3. Yonish mahsulotlari entalpiyalarini hisoblash (4 soat)
4. Yoqilg`ining yonish issiqligi (4 soat)
5. Havo va yonish mahsulotlarining hajmini aniqlash (4 soat)
6. Qozonning gaz yo`li bo`yicha havo va yonish mahsulotlarining entalpiyasini hisoblash (4 soat)
7. Qozonning issiqlik balansi (4 soat)
8. Qattiq yoqilg`i yonishidagi yo`qotishlarni hisoblash (4 soat)
9. Konvektiv qizdirish yuzalarini hisoblash uchun asosiy tenglamalar (2 soat)
10. Suvni ximiyaviy reagentlar yordamida tozalashda ishlatiladigan moddalarning sarfini hisoblash tartibi. (4 soat)
11. Suvga qo`shiladigan koagulyant, oxak miqdorlarini hisoblash qonuniyati. (2 soat)
12. Natriy, vodorod kationitli filtrlarni xisoblash tartibi (4 soat)
13. Birinchi va ikkinchi pog`onali anionitli filtrlarni hisoblash (2 soat)
14. Ikki va uch bosqichli ionitli qurilmalarni hisoblash tartibi (2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |