Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
Talaba amaliy mashg‘ulotlarda masala va mashqlar yechadi. Amaliy mashg‘ulotlarda yechiladigan masala va mashqlar qo‘yidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik masala va mashqlarni yechishga malaka hosil qildiruvchi, fanning mohiyatini anglatuchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ma’lum miqdordagi masala va mashqlar tanlanadi. Mashg`ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o`tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Laboratoriya ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Ushbu laboratoriya ishlarida asboblarning tarkibiy tuzilishi, ishlash jarayoni va ularning elektrofizik xususiyatlari yoritilgan. Laboratoriya ishlarida xar bir yaralgan qurilmaning dastavval ishlab chiqilgan namunasi, undan so`ng bugungi kungacha takomillashgan zamonaviy turlarining ishlash qulayligi keltirildi.
Talaba laboratoriya mashg`ulotlarida ma'ruza mavzusiga doir laboratoriya ishlarini bajaradi. Nazariyani laboratoriya mashg`ulotlarida mustahkamlaydi. Laboratoriya mashg`ulotlarda quyidagi prinsiplarga asosan laboratoriya ishlari bajariladi: asbob-uskunalardan unumli foydalanish malakasini hosil qilish, energetic qurilmalar energiyasini to`plovchi qurilmalarning elektrokimyoviy, elekrofizikaviy xossalari va xususiyatlari nazariy tahlili natijalari bajariladigan eksperimental-laboratoriya ishlar orqali o`z tasdig`ini topadi.
Laboratoriya ishlari bo`yicha tavsiya etiladigan mavzular ro`yxati (32 soat)
Organik yoqilg`ining genetik va sanoat tasnifi (2 soat)
Qattiq yoqilg`ining disperslik darajasini aniqlash (4 soat)
Yoqilg`i namligini aniqlash (2 soat)
Yoqilg`i tarkibidagi kul miqdorini aniqlash (4 soat)
Qattiq yoqilg`i tarkibidagi uchuvchan moddalar chiqishini aniqlash. (4 soat)
Tabiiy suvlarni dag`al va kalloid zarrachalardan tozalsh (4 soat)
Suv qattiqligi va ishqoriyligini oxak eritmasi yordamida kamaytirish (4 soat)
Suvni kationitlash texnologiyasi (4 soat)
Suvni anionitlash taxnologiyasi (4 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |