Iesda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi


Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 0.65 Mb.
bet3/19
Sana28.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1024300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IESda.yoq.ishchi-3kurs

Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni

“IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fanini o‘rganish, loyihalash va ularni sanoatda va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida qo‘llash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan foydalaniladi.


Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, ushbu fandan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda Sinkveyn uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Texnik fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarni mashg‘ulotning o‘quv maqsadlarini tuzishga o‘rgatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quv maqsadlari faqat o‘qituvchi faoliyati orqali ifodalanib kelinadi. Shuning uchun, o‘qitish natijalarni o‘quvchilarning vazifalari orqali ifodalashda ma’lum kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday holda, o‘quv maqsadlari tushunchasini anglash fazasida o‘rgatishda Sinkveyn uslubini qo‘llash foydalidir.
Sinkveyn tuzishning o‘ziga xosligi shundaki, talabalarga katta hajmdagi texnikaviy axborotni, ishlab chiqarish qurilmasi va jihozlarini, murakkab texnologik jarayonlarni bir nechagina so‘z yordamida bayon etish imkoniyatini beradi.


ASOSIY QISM


Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni (64 soat)


1-modul. Yoqilg`ilar to`g`risida umumiy ma’lumotlar.


1-ma’ruza. Asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg`ilarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Yoqilg`ilarni kelib chiqishi. (2soat) Bakalavr tayyorlashda o‘quv fanining o‘rni va ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Fan rivojining tarixi. Jamiyat taraqqiyotida issiqlik energiya manbalari, yoqilg`ilarning xalq xo`jaligidagi roli va ahamiyati.
2-ma’ruza. Yoqilg`i tarkibi va massalari. Yoqilg`ining texnik taxlili (2soat) Yoqilg’ining tarkibiy qismi fоiz(%) larda ifоdalanadi, ya`ni uning ish, quruq, 
yonuvchi, оrganik qismlarini tashkil qilgan kimyoviy elementlar yig’indisi har bir 
hоlat uchun 100% deb qabul qilinadi. Yoqilgi tarkibida uglerоd qancha ko’p bulsa, kislоrоd shuncha kam bo’ladi va 
aksincha.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling