4-modul. Yoqilg`ilarning turlari va tasnifi.
7-ma’ruza.Qattiq yoqilg`i. Mineral aralashmalari, namligi va ularning yonish jarayonidagi ta’siri. (2soat) Qattiq yoqilg'ini yoqish jarayoni ketma-ket bosqichlardan ham iborat. Avvalo, aralashmaning shakllanishi va yonilg'ining termal tayyorgarligi, shu jumladan uchuvchi moddalarni quritish va bo'shatish sodir bo'ladi. Olingan yonuvchi gazlar va koks qoldig'i oksidlovchi modda ishtirokida keyinchalik tutun gazlari va qattiq yonmaydigan qoldiq - kul hosil bo'lishi bilan yoqiladi.
8-ma’ruza. Suyuq yoqilg`i olinishi va tasnifi. Suyuq yoqilg`ining tasnifi, zichligi, sifati va saqlanishi. (2soat) Suyuq yonilg`i yoqilganda koks hosil bo`lmaydi, gazli yoqilg`ini yoqishda faqat ikki bosqich mavjud – isitish va yoqish. Suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish uchun asosiy manba neft hisoblanadi. Neft tarkibiga ko`ra olinadigan yoqilg`I zichligi 690 dan 1015 kg/m3 gacha o’zgaradi. Neft qazib olish joylari tarkibining bir xil emasligidan uning kimyoviy tarkibi turlichadir.
9-ma’ruza. Gaz yoqilg`ilarni olinishi va tavsiflari. (2soat) Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200—7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi.
10-ma’ruza. Sun’iy gaz yoqilg`isi tarkibi va saqlanishi. Yonuvchi gazlarni tozalash jarayoni. (2soat) Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor stansiyalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |