18-ma’ruza. Suyuq yoqilg`ini bug` qozonlarga uzatish jarayoni. Mazut forsunkalari. (2soat) Suyuq va gaz yoqilg’ilarni yoqishda maxsus mоslamalar-gоrelka va fоrsunka (ingl.Force-dam bermоq) qo’llaniladi. Gоrelka va fоrsunkalarning tuzilishi kamera o’txоnalarning quvvati va ularning turiga qarab har xil bo’ladi. Suyuq va gaz yoqilg’ilardan faqat kamera o’txоnalardagina yoqmasdan, ichki yonuv dvigatellarida, reaktiv dvigatellarda ham ish yoqilg’isi sifatida keng qo’llaniladi.
Mazut (arab.) - neftdan 350-360° da qaynaydigan yonilgilar (benzin, ligroin, kerosin, dizel yonilgʻisi) ajratib olingandan soʻng qoladigan qora yopishqoq suyuklik. Tarkibiga koʻra, uglevodlar (mol. m. 400—1000), neft smolalari (mol. m. 500—3000), asfaltenlar, karbenlar, karboidlar va tarkibida metallar (V, Ni, Fe, Mg, Na, Ca) tutgan organik birikmalar aralashmasi. M.ning fizikkimyoviy xossalari boshlangʻich neftning tarkibi va distillyat fraksiyalarining haydalish darajasiga bogʻliq. Zichligi 890–1000 kg/mh qotish temperaturasi 10—40°, oltingu-gurt miqdori 0,5—3,5%, 0,3% gacha kul boʻladi. Surkov moyi va yonilgi M.ga boʻlinadi. Surkov moyi M.i oʻz holida yoki boshqa neft mahsulotlari bilan aralashtirib, yonilgi M. esa bug qozonlarida va dvigatellarda ishlatiladi. M.ning koʻp qismi kreking , kokslash yoʻli bilan yengil yonilgilar (motor yonilgisi) olish va bitum ishlab chiqarishga sarflanadi.
8-modul. IESlarida suvning axamiyati.
19-ma’ruza. Kirish. KESlar va IEMlarida suvning axamiyati. (2soat) Suvning IESlarda ishlatilishini belgilovchi asosiy kimyoviy koʼrsatkichlariga tarkibidagi muallaq dagʼal zarrachalar miqdori, quruq qoldiq, mineral qoldiq, umumiy qattiqligi, umumiy ishqorligi va oksidlanish darajasi kiradi. Barcha mamlakatlarda xalq xoʼjaligini va sanoat tarmoqlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda issiqlik hamda atom elektr stantsiyalari (IES, АES) asosiy energiya manbalari hisoblanadi. IES lar ishlab chiqaradigan energiya turlariga qarab, kondensatsion elektr stantsiyasi (KES) hamda issiqlik tarmoqli turbinali elektr markazlari (IEM) ga boʼlinadi. KEM larda faqat elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, IEM larda elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalarini,zavod va fabrikalarni bugʼ bilan taʼminlash maqsadi ham koʼzda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |