If 103-guruh talabasi Yoldasheva Mehriniso Mavzu: Qoraqalpogʻiston respublikasining iqtisodiy yangilanishi

Download 1.36 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1535515
Bog'liq
Yoldasheva Mehriniso

IF 103-guruh talabasi Yoldasheva Mehriniso

Mavzu: Qoraqalpogʻiston respublikasining iqtisodiy yangilanishi

Qoraqalpog`iston Respublikasi ma`muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 12 ta shahar, shundan 2 ta respublikaga bo`ysunuvchi hamda 15 ta shaharchadan tashkil topgan. Uning maydoni 166,6 ming kv.km., aholisi 1582,7 ming kishi (2007 y.). Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning chekka shimoli-g`arbida, Orol dengizi bo`yida joylashgan. Uning mamlakatimiz markaziy rayonlaridan ancha olisda o`rnashganligi mintaqaning iqtisodiy rivojlanish yo`nalishlariga o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Shu bilan birga Qoraqalpog`iston Respublikasining geosiyosiy mavqei, ya`ni Qozog`iston va Turkmaniston davlatlari bilan qo`shnichiligi, O`zbekistonning Yevropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

Qoraqalpog`istonning yer usti tuzilishi murakkab emas: eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi bo`lib, u dengiz sathidan 473 m. balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka cho`kmalari esa ancha past -30 m. atrofida. Qoraqalpog`iston Respublikasining g`arbiy qismi Ustyurt platosi, qolgan hududi esa Turon pastekisligi bilan band. Mintaqada turli xil qazilma boyliklari mavjud. Bu o`rinda, eng avvalo, Sultonuvays tizmasini ko`rsatish joiz. Maydoni uncha katta bo`lmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko`p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi, texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish uchun mukammal o`rganilmagan.

Mintaqada turli xil qazilma boyliklari mavjud. Bu o`rinda, eng avvalo, Sultoniday tizmasini ko`rsatish joiz. Maydoni uncha katta bo`lmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko`p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi, texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish uchun mukammal o`rganilmagan. Qoraqalpog`iston Respublikasi tog`-kon kimyosi zahiralariga ham boy; Chimboy yaqinidagi Qo`shqonottov va Qo`ng`irot atrofidagi Borsa-Kelmas hamda Qorao`mbet kabi konlarda sulfat-magneziy, tosh va osh tuzlarining juda katta zahiralari aniqlangan.

Shu bilan birga Ustyurt qismini tabiiy gaz va ayniqsa neft konlariga boy ekanligi bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda Oqsholoq, Shohpaxti, Quvonish, Urga konlaridan tabiiy gaz qazib olinmoqda. Kelajakda esa ushbu yoqilg`i turlarining yirik konlari topilishi ko`zda tutilmoqda va shu maqsadda chet el investitsiyasi (asosan Rossiyadan) jalb etilgan. Iqlimi o`ta kontinental; yillik yog`in-sochin miqdori 100-200 mm atrofida. Albatta, mintaqada bu jihatdan qurg`oqchilik keskin sezilib turadi, mumkin bo`lgan bug`lanish amaldagidan 9-10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog`iston Respublikasida sug`orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan.

Shunday qilib, Qoraqalpog`iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosan tog`-kon kimyosi, qurilish va yoqilg`i sanoati, chorvachilik va polizchilikni rivojlantirish uchun qulayroq. Mintaqa mamlakatimiz mehnat taqsimotida asosan dehqonchilik, xususan sholi yetishtirish, jun-go`sht chorvachiligi hamda oziq-ovqat va yengil sanoatning ba`zi tarmoqlar bilan ajralib turadi. Qoraqalpog`iston aholisining soni 1989-2007 yillarda 1212,2 ming kishidan 1582,7 mingga yetgan, yoki shu davr mobaynida qariyb 130,0 foizga o`sgan (O`zbekiston Respublikasi bo`yicha bu ko`rsatkich o`rtacha 132,8 foizga teng); jami aholining 48,6 foizi yoki 767,5 ming kishi shaharlarda yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km. ga 9,4 kishidan iborat. Tabiiyki, bu “o`rtacha” ko`rsatkich Nukus shahri atrofi, ya`ni markaziy tumanlar hamda intensiv dehqonchilik rivojlangan janubiy tumanlarda ancha yuqori (Jadvalga qarang).

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling