If elsega doir masalalar.
Tuzuvchi : Tojaliyev Shahbozbek.
-
Berilgan son musbat son bo`lsa, musbat son deb va aks holda manfiy son deb chiqarsin.
-
Berilgan a va b sonlarning kattasini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan a va b sonlarning kichigini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan a va b sonlarinini teng bo`lsa, u sonlarning ikkalasini ham qo`shib ekranga chiqaring, aks holda a ni bitta oshiring va b ni 2 taga oshirib ularning ko`paytmasini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan (3 xonalik sonlar ) a va b sonlarni kattasini toping va ularning raqamlar yigindisini va kichigini esa raqamlari ko`paytmasini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan (4 xonalik son) a sonning raqamlari ichidan eng kattasini toping va uni 3 ga kopaytirib chiqaring.
-
Berilgan ( 2 xonalik sonlar) a va b va c sonlarini ichidan eng kattasini toping. U sonni 3 ga ko`paytirib raqamlar yig`indisini topuvchi dastur tuzing.
-
Qurilma xotirasi 350 MB ga teng. Qurilma xotiraga 3MB/sekund tezlik bilan ma`lumotni yoza oladi. Shunda qurilma ma`lumotni yozish uchun 3 minut vaqt sarfladi shunda qurilmaga ma`lumotning hamma qismi yozildimi?
-
Qurilmaning tezligi 4MB/sekund va qurilmaning ma`lumotni yozishga ketga vaqti 0.01 soatni tashkil etadi. Shunda qurilmaning xotirasi 2000000 Bayt ga teng. Shunda qurilmaga ma`lumotning hamma qismi saqlanganmi?
-
Biz quyidagicha kiritish qilib oldik.
Dushanba = 1;
Seshanba = 2;
Chorshanba = 3;
Payshanba = 4;
Juma = 5;
Shanba = 6;
Yakshanba = 7;
Ya`ni berilgan son 3 bo`lsa Chorshanba chiqsin.
-
Berilgan (4 xonalik son) a sonning juft raqamlarini yig`indisini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan (5 xonalik son) a sonning toq sonlarini ko`paytmasini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan 10 ta sonning eng kichigini toping va u sonni 3 ga ko`paytiring va qiymat juft son bo`lsa bizga 3 ning kvadratini aks holda 4 ning 2langanini chiqaring.
-
Berilgan (5 xonalik son) son palindrom bo`lsa u sonning raqamlar yig`indisini aks holda raqamlar ko`paytmasini chiqaruvchi dastur tuzing.Qisqacha ma`lumot Palindrom son 123321 ya`ni teskarisiga ham o`sha sonni chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan (4 xonalik son) sonni toq sonlarini o`chirilishidan hosill bo`lgan sonni ekranga chiqaring. Qisqacha ma`lumot beriladi : 1234 ; chiqadi : 24.
-
Berilgan ( 6 xonalik son) sonni juft sonlarini o`chirilishidan hosil bo`lgan sonni ekranga chiqaring.
Qisqacha ma`lumot beriladi : 113245; chiqadi : 1135.
-
Berilgan ( 5 xonalik son) sonni toq sonlarini yig`indisini juft sonlarini esa ko`paytirilganini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
17 - masalani teskarisi ya`ni toq sonlarni ko`paytirilganini va juft sonlarni yig`indisini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan 4 ta sonni a , b , c , va d sonlarni o`sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan 7 ta sonni kamayish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan a soni keyin kiritilgan 5 ta sonda necha marta takrorlanganligini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan 7 sondan nechtasi juft va toq ekanligini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan 8 ta sondan juftlari va toqlari soni teng bo`lsa isminggizni chiqaring aks holda ularning eng kattasini chiqaring.
-
Berilgan 5 xonalik son ichidan raqamlarini eng kichigini chiqaruvchi dastur tuzing.
-
Berilgan a soni b sonining 25 % iga teng bo`lsa, a va b sonlarining ko`paytmasini chiqaring, aks holda b ning 75% ini a sonining 12 % iga qo`shib chiqaring.
devshoh17@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |