Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Ilova-1 
Osh uzvli paremiyalar 

Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. 
Arpa dema osh bo`lsa, yaqin dema qasd bo`lsa. 
Arpa-bug`doy osh bo`lur, oltin-kumush tosh bo`lur. 
Arpa-bug`doy osh ekan, tanga-tilla tosh ekan. 
Asl qushning bolasi oldiga qo`ymay osh yemas. 
Ayron – osh bo`lmas, nodon – bosh bo`lmas. 

Ba’zilar sherikdir ichgan oshingga, to`yib kosang bilan urar boshingga. 
Bardoshliga yog`liq osh, sabrsizga osh ham tosh. 
Bardoshliga yog`liq osh. 
Baxildan tosh so`raguncha, gadoydan osh so`ra. 
Baxmal kiydim – egnimda yo`q, palov yedim – og`zimda yo`q. 
Bermas qizning oshi pishmas. 
Bermasning oshi pishmas, pishsa ham o`choqdan tushmas 
Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda. 
Bilimsiz kishiga ish yo`q, ilmsiz kishiga osh yo`q. 
Bilmas kishiga ish yo`q, ishsiz kishiga osh yo`q. 
Bir qoshiq oshim – g`alvasiz boshim. 
Birovga bersam – esiz oshim, uyda tursa, sasir oshim. 
Birovning oshiga qaragan och qolar. 
Boshi yo`qning oshi yo`q. 
Boshning yugurugi – boshga, qo`lning yugurugi – oshga. 
Boy bir qo`li bilan osh beradi, bir qo`li bilan tosh beradi. 
Boy buvaning oshi bor, ichi to`la toshi bor. 
Boyning oshi – ko`zning yoshi. 
Boyning oshini boytevat qizg`anadi. 
Boyning oshini yeyishga temirdan tish kerak. 


82 
Boyning yog`liq palovidan o`zingning quruq qatirmoching yaxshi. 
Buyurgan oshga tish tegar, yoz tegmasa qish tegar. 

Dangasaning fikr-u yodi – yoz bo`lsa-yu, qish bo`lmasa, 
Osh bo`lsa-yu, ish bo`lmasa, salqin bo`lsa-yu, oftob bo`lmasa. 
Dil og`ritgan – do`st emas, ich og`ritgan – osh emas. 
Do`sting bemor bo`lsa, ko`nglini ol, osh qilayotgan bo`lsa, qo`lini ol. 
Do`sting bergan oshni ham puflab ich. 
Do`stingning oshini qasdingdan ich. 
Do`stsiz boshim – tuzsiz oshim. 
Dosh qozonda pishgan osh xom bo`lmas. 
Dushman oshingni yer, so`ngra boshingni yer. 
Dushmanga osh berma, qo`liga tosh berma. 
Dushmanga oshingni berma! 
Dushmanga oshingni bersang, boshingga chiqar. 
Dushmanni musht bilan urma, osh bilan ur. 

Eldan osh yesang, elga osh ber. 
Erga bersang oshingni, erlar silar boshingni. Itga bersang oshingni, itlar g`ajir 
boshingni. 
Eringanning oshi pishmas.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling