Igna va tikuv mashinalarini tanlash, gazlamanig o’ngini tanlash, dekatirovka, igna, ip, gazlamaning bir-biriga moslanishi


Download 0.94 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1021597
  1   2   3
Bog'liq
2-AMALIY ISH 1-KURS


2-Amaliy ish

Mavzu: Igna va tikuv mashinalarini tanlash, gazlamanig o’ngini tanlash, dekatirovka, igna, ip, gazlamaning bir-biriga moslanishi




Ishning maqsadi: Igna va tikuv mashinalarini tanlash, gazlamanig o’ngini tanlash, dekatirovka, igna, ip, gazlamaning bir-biriga moslanishini o’rganish

Mavzuni o’rganish jarayonida egallanadigan amaliy ko’nikmalar:


1. Bir ipli zanjirsimon choklaming hosil bo‘lishi
2. ikki ipli zanjirsimon chokning hosil bo‘Iishi

Tikuvchilik buyumlari tayyorlash jarayonlaridagi asosiy texnologik jihoz tikuv m ashinasi hisoblanadi. U larni um um iy ishlarga mo‘ljallangan mashinalarga, bajaradigan ishi bo‘yicha ixtisoslashgan mashinalarga va yarim avtomatlarga ajratish mumkin. Choklovchi mashinalaida detallar ikki ip-ignadagi va moki ipning o‘rilishi hisobga ulanadi. Iplaming o‘rilish usuliga qarab mashina baxyalari moki va zanjir baxyalaiga bo‘linadi. Gazlamalami ulashda ko‘pincha mokibaxyali mashinalar, trikotaj polotnolar va boshqa elastik materiallardan tikiladigan detallarni ulashda esa zanjir baxyali mashinalar ishlatiladi. Moki yordamida hosil qilinadigan ikki ipli baxyaqator eng ko‘p tarqalgan, bunda ustki ip ignaorqali materialga o‘tganligi uchun “igna ipi”, pastki ip mokidagi naychadan chiqqanligi uchun “moki ip” deb ataladi. Moki baxya pishiq bo'ladi, elastik emas, unchalik cho‘zilmaydi, iplar ma’lum taranglik bilan o ‘rilgani uchun gazlamalar puxta ulanadi (25-rasm).


Mashina ignasining gazlamani teshib o‘tgan ikkita qo'shni nuqtalari orasidagi iplarning chalishuviga baxya deb aytiladi.
Baxyalarning uzluksiz takrorlanishi natijasida baxyaqator hosil boladi
1) Igna gazlamani teshib o‘tib, o‘zi bilan birgaustki ipni igna plastinasi tagiga olib o‘tadi. Eng oxirgi pastki holatiga yetib 2-3 mm ko‘tariladi. Bu vaqtda moki aylanma harakat qilib, chap tomonga igna uchiga yetib keladi va uning xalqasini iladi. Ip tortgich esa eng yuqori holatdan pastga harakatlanib, ignani ustki ip bilan ta’minlaydi. Tepki gazlamani bosib turadi.
2) Igna yuqoriga harakatini davom ettiradi, gazlamadan chiqadi, moki aylanma xarakatini davom ettirib, ilib olgan xalqasini o‘z atrofida kengaytiradi. Ip tortgich pastga harakatini davom ettirib mokini ustki ip bilan ta’minlaydi.Tepki vatishli reyka awalgi holatida qoladi.
3) Igna yuqoriga harakatini davom ettiradi va eng oxirgi yuqori holatiga yetadi. Moki chapga aylanma harakatini davom ettirib, xalqani maksimal kengaytiradi. Ip tortgich esa pastda harakatini davom ettirib, eng pastki holatiga yetadi. Tepki va tishli reyka awalgi holatida qoladi.
4) Igna pastga harakatlanadi. Moki aylanma harakatini davom ettirib 210°gao‘tadi, xalqani bo'shashtiradi, naycha ipi esa shu xalqa ichida qolib chalishuv hosil bo‘ladi. Ip tortgich birdan ko‘tariIib, ustki ip xalqasini tortadi.Tepki vatishli reyka awalgi holatida qoladi.
5) Igna gazlamaga kira boshlaydi. Moki orqaga aylanib, dastlabki holatiga keladi. Ip tortgich eng yuqori holatiga yetadi va baxyani taranglaydi. Shu vaqtda tishli reyka bir baxyaga gazlamani suradi. Tepki avvalgidek gazlamani bosib turadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling