Igratsiyasi
Download 0.78 Mb.
|
PISA Qushlar migratsiyasi
Qushlar migratsiyasi Savol 1/3 O‘ng tomondagi “Qushlar migratsiyasi”ga qarang. Savolga javob berish uchun tanlagan javobingiz ustiga bosing. Uchib ketuvchi qushlarning aksariyati bitta joyga to‘planadi, yakka holda emas, balki katta gala hosil qilib, so‘ngra uchib ketadi. Bunday xatti-harakat evolyutsiya natijasidir. Quyidagilarning qaysi biri aksariyat uchib ketuvchi qushlarning bunday xatti-harakati evolyutsiya natijasi ekaniga eng yaxshi ilmiy izohdir? Yakka holda yoki kichik gala hosil qilib uchib ketgan qushlarda tirik qolish va nasl qoldirish uchun imkoniyat kam bo‘lgan. Yakka holda yoki kichik gala hosil qilib uchib ketgan qushlarda kerakli oziqni topish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘lgan. Katta gala hosil qilib uchish boshqa turdagi qushlarning migratsiyaga qo‘shilishiga imkon bergan. Katta gala hosil qilib uchish har bir qush uya qurishga joy topishi uchun ko‘proq imkoniyat bergan. Qushlar migratsiyasi Qushlar migratsiyasi qushlarning nasl qoldirish joylariga mavsumiy keng ko‘lamli uchib ketishi va qaytib uchib kelishidir. Ko‘ngillilar har yili muayyan hududlarda uchib ketuvchi qushlar sonini sanashadi. Olimlar ayrim qushlarni tutib, ularning oyoqlariga rangli halqalar va bayroqchalarni mahkamlab qo‘yishadi. Olimlar qushlarning uchib ketish yo‘llarini aniqlashda belgi qo‘yilgan qushlarni kuzatish bilan birga ko‘ngillilar hisobga olgan qushlar sonidan ham foydalanishadi. 1-savol to‘g‘risida ma’lumot. Mazkur savol o’quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling