Iht 40 Chapter Concepts & Definitions
Download 2,05 Mb.
|
Ecotourism-3
Principle
2. A general scientific theorem or law that has numerous special applications across a wide field. Принцип или основа, начало, первоначало(лат. principium, греч. αρχή) — это основополагающее утверждение, на основе которого создают научные теории и законы, юридические документы, выбирают нормы поведения в обществе. Ekologik turizmning tamoyillari ham ekoturizm yo‘nalishining rivojlanishidagi tartib-me’yorlarga asoslangan bo`lishi, ekologik turizmning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirishi kerak. “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ning tamoyillari-1: 1. Ekologik turizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bo‘lishi; 2. Ekologik turizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bo‘lishi; “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ning tamoyillari-2: 3. Ekologik turizm ekologik ta’lim va ma’rifatga yo‘naltirilgan bo‘lib tabiat bilan teng hamkorlikga asoslangan bo‘lishi; 4. Ekologik turizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam berishga asoslangan bo‘lishi; “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ning tamoyillari-3: 5. Ekologik turizm faoliyat ko‘rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan bo‘lishi kerak. “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning ekoturizmni tashkil qilishda asos bo`lishi talab qilinadi; Keyinchalik turizm mutaxassis-lari va olimlari tomonidan ekologik turizmning tamoyillari yanada takomillashtirildi: 1.Tabiati yaxshi saqlangan joylarga sayohat; 2.Tabiat resurslaridan barqaror foydalanish, tabiiy, ijtimoiy va madaniy biologik xilma-xillikni saqlash; 3. Ekoturda belgilangan tartib- intizomga qat’iy rioya qilish; 4. Ekoturistlarning ekologik bilimlar olishini tashkillashtirish, ularni mahalliy tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga qatnashtirish; 5. Ekoturlarni tabiat qonunlari asosida mukammal ishlab chiqish; 6.Ekologik turizmni hududlarning iqtisodiy rivojlantirish rejalari bilan birlashtirish; 7. Mahalliy aholini ekoturizm rivojlanishida qatnashtirish va bu yo‘nalishda ularning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash; 8. Ekoturizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash. “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ning ekoturist uchun ishlab chiqqan umumiy qoidalari: 1.Yer bilan bog‘liqligini unutmaslik, yoddan chiqarmaslik; 2.Tabiatda faqat izlarini qoldirish, tabiatdan faqat rasmlarni olib ketish; 3.Borgan yerida dunyoni, xalqlar madaniyatini, geografiyasini anglash, bilish; 4.Mahalliy aholini hurmat qilish; 5.Ishlab chiqaruvchilardan atrof muhitga xavf-xatar soluvchi, keltiruvchi mahsulotlarni sotib olmaslik; 6.Faqat maxsus solingan so‘qmoqlardan yurish; 7.Atrof muhitni muhofaza qilish dasturlarini quvvatlash, yordam berish; 8.Imkoniyat boricha atrof muhitni toza saqlovchi usullardan (metodlardan) foydalanish; 9.Tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni quvvatlash; 10.Ekoturizm tamoyillari bo‘yicha ishlovchi turistik firmalar bilan sayohatga chiqish. Yuqoridagi qoidalar asosida ekoturizmning quyidagi belgilari ishlab chiqilgan
Download 2,05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling