Ii. Asosiy qism Me’yordan og’ishlik tiplari


Download 44.93 Kb.
bet8/10
Sana21.04.2023
Hajmi44.93 Kb.
#1372960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meyor va meyordan og\'ishlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida1

Ijtimoiy og`ishlar “ijtimoiy me`yor” tushunchasi bilan bog`liqdir. Ijtimoiy me`yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan tartib-qoidalari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me`yor kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir.
Bolalar uchun ijtimoiy me`yorlarning o’ziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida ijtimoiy me`yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirishning sodir bo’lishidadir. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta`sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy samaradorligi ta`minlanadigan darajada tashkil qilishdir.
Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida etarlicha ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog`liq.
O’zbekistonda bunday bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqtsa. Ijtimoiy xavfli xatgi-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni sudtibbiy-pedagogik komissiyasi xulosasini inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborish mumkin.
SHuningdek, ijtimoiy pedagogning me`yordan ogishgan bolalar bilan samarali ish yuritishi og`ishlar profi- laktikasiga, muayyan me`yor va qoidalarni buzilishining oldini olish, xulq-atvorida u yoki bu og`ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.
M. A. Galaguzova tomonidan berilgan me`yordan og`ish turlarining tasnifi

Jismoniy

Ruhiy

Pedagogik

Ijtimoiy

irsiy kasallik, korish qobili- yatining buzilishi, eshitish qobiliyatining buzilishi, suyak tayanch tizimidagi kasalliklar, nogironlar va boshqalar.

Ruhiy ri­vojlanish­ning buzilishi, aqliy qoloqlik, nutq buzilishi, ota iqtidorlilik.

umumiy orta ma`lumot olishdan chetga chiqish, kasbiy ta`lim olishdan chetga chiqish, ozlashtirishda orqada qolish.

yetimlik; xulq-atvor
me`yoridan og`ish;
aroqxo’rlik; norkamaniya; taksokomaniya; fohishabozlik daydilik, o’g`rilik va b.




Download 44.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling