Ii. Asosiy qism O`zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
Mamlakatimizda ijtimoiy pedagokika o`rni
Download 139.37 Kb.
|
MAMLAKATIMIZDA IJTIMOIY PEDAGIGIKANING RIVOJLANISHINING ZARURIY
2..Mamlakatimizda ijtimoiy pedagokika o`rni
Toshkentda ko’chirish markazi faoliyat yuritgan va unda bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalar ko’chirish markazidagi ishni ham havfsiz edi, deb bo’lmasdi, chunki bolalar haftalab yo’lda bo’lishi va ular orasida dizenteriya, teri kasalliklari keng tarqalgan edi. 1941 yilning 16 oktyabrida karantin bolalar uyi ochilib, unda bolalar ikki hafta mobaynida vrachlar nazorati ostida bo’lishgan va faqat keyin statsionar bolalar uylariga jo’natilganlar. Bu yillarda patronat-ko’chirib keltirilgan bolalarni tarbiya qilishga olish keng tarqaldi. Masalan, leningradlik qizaloq-Fainani Usmon YUsupov va uning xotini YUliyey Stepanenko tomonidan olinishi birinchi voqealardan bo’ldi. Barchaga toshkentlik temirchi SHoahmad SHomahmudov va uning xotini Bahrialning jasorati ma’lum. Ular turli millatdagi 14 bolani o’z oilalariga qabul qilishgan. Viloyat va tuman bolalar uylarini tekshirish va yordam berish uchun maxsus vakillar jo’natilgan. Ulardan biri sevimli aktrisamiz-Sora Eshonto’rayevadir. Toshkentdagi 110 sonli maktab to’rtta ko’chirib keltirilgan bolani qabul qilishdi va ularga alohida xona ajratishdi. Evakuatsiya qilingan bolalarni o’qitish bo’yicha ham choralar ko’rila boshlandi. 1944-1945 yillarda ko’r va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi. 1942 yil avgustda “Pravda” gazetasida A.Tolstoyning O’zbekistondagi ta’ssurotlari haqidagi maqolasi e’lon qilindi. Urush davri mobaynida bolalar uylari tarmog’i va ulardagi tarbiyalanuvchilar soni muttasil oshib borardi. 1945 yil oxirida respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bo’lib, ularda 30792 tarbiyalanuvchi bo’lgan. Harbiy davrda davlat va jamoat tuzilmalarining katta harakatlari bolalarning maktabda o’qishlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Xalq ta’limi bo’limlari nafaqat o’quv jarayonini boshqarishgan, balki maktablarning frontdagilar, ularning oilalari, ko’chirib keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni ham tashkil qilishgan. 1942 yildan boshlab shahar va qishloq maktablari oilalar va frontchilarga yordam ko’rsaishgan. Ularga issiq ovqat, darsliklar, daftarlar, kiyim-kechak berilgan. 76, 165 sonli maktablarning o’quvchilari kasal bo’lgan sinfdoshlar va ularning oila a’zolari-onalari, buvilariga yordam berishgan va tushlik tayyorlashgan, oziq-ovqat va yoqilgi olib kelishgan, yosh go’daklarga qarab turishgan. Toshkentning 50 sonli maktabi yaxshi tashabbus bilan chiqdi. YA’ni 1943 yildan boshlab 150 kishilik bolalar dam olish maskani tashkil qilindi. Bu maskanda boshlang’ich sinf bolalari soat 19:00 gacha qolishardi. Bolalar bu yerda gigenik talabalarga javob beruvchi, yuqori sifatli tushlik bilan ta’minlanishgan, o’qituvchilar nazorati ostida dars tayyorlashgan, sayr qilishgan. Urushgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda maktabdan tashqari muassasalar, shuningdek to’garak, ma’ruza, mavzuli kechalar keng tarqaldi. Badiiy ijod uylari va saroylarida turli turdagi badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik va jismoniy tarbiya amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keldi. CHunki ularning aksariyati o’z binolarini ko’chirib keltirilgan qilingan tashkilot, korxonalarga yotoqxona qilib bergan edi. Boshqa ba’zi maktablardan tashqari muassasalar yopilgan edi. Urush davrida faoliyat yuritgan muassasalar ishni qayta qurishda ko’p ijodiy tashabbus ko’rsatishgan. Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko’proq bolalarning badiiy tarbiyasiga bog’liq to’garaklar ochilgan bo’lsa, urush yillarida esa aviamodelchilar, yosh tabiatshunoslar, texniklar, fizik va ximiklar to’garaklari soni ko’paydi. Bunday to’garaklarda ishlash bolalarning va o’smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ulardaturli mehnat sohalarida ko’nikmalar paydo qildi. O’zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyining 1942 yil bolalar rasmlarining ko’rgazmasini tashkil qilish bo’yicha tashabbusi. Rasmlardan urush dahshatlari bilan to’qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. 400 ta eng yaxshi rasm katta muvaffaqiyat bilan Moskvada ham namoyish qilingan, keyinchalik esa Amerika rassomlarining iltimosiga ko’ra Nyu-Yorkdagi ko’rgazmada ishtirok etgan. Urush yakunlanganidan so’ng ko’pgina ko’chirib keltirilgan qilingan bolalar oilalariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi kuzatildi. 1956 da O’zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan birinchi oltita internat-maktabni ochdi: 2 tasi Toshkentda, qolganlari YAngiyo’l, Farg’ona, Qo’qon, Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga ko’paydi va o’zida 38000 ta tarbiyalanuvchini yig’di. Maktab-internatlar yangi turdagi o’quv-tarbiya muassasalari bo’lib, unda bolalarning o’qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Bunaqa muassasalar faoliyatining asosiy yo’nalish turlari axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya, mehnat ko’nikmalarini paydo qilish, hayot bilan aloqani amalga oshirish bo’lgan. Keyinroq respublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi, san’at maktabi, sport maktabi ochildi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy nogiron bolalar uchun ham maktab-internatlar tashkil etildi. 60-yillar boshqa turdagi tarbiya muassasalari: bolalar bog’chasi, yaslilarning rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, bunday maktablarning ilg’or tajribasi matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Natijada respublika ijtimoiy pedagogik fani bugungi kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga asoslanadi. XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o’smirlarning deviant axloqi keskinlashdi. XX asrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksiomaniyaga qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko’ndalang qo’yildi. SHunisi e’tiborliki, bunaqa muammolarning paydo bo’lishi va tarqalishi maktabning oila bilan munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi. O’quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko’nikmalarini hosil qilish ta’minlash shakllaridan biri o’quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo’ldi. Unda bolalar turli kasblarga o’qitilgan. Bunga misol qilib Toshkentdagi 210-TTZ ishlab chiqarish korxonasini keltirish mumkin. Maktab faoliyati va bolalarni himoyalashning ijtimoiy- pedagogik asoslaribilan birga, maktabgacha tarbiya yo’nalishi ham rivojlanib kelgan O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv tarixidan. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning 36,4 %dir Download 139.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling