Ii b guruh elementlari


Download 53 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi53 Kb.

II B GURUH ELEMENTLARI

R
30 +2

3d^10 4S^2 Zn


65,36 1,5


ux, kadmiy
va simob davriy tizimining II B guruhchasi d- elementlarini tashkil etib, 4,5 va 6- davrlarda joylashgan. Guruhcha element atomlarining umumiy electron konfiguratsiyasi (n-1) d^10ns^2 asosiy guruh elementlari kabi birikmalarni hosil qilishda tashqi s elektroni bilan qatnashadi. Ammo II guruh s elementlari (Be, Mg, Ca, Sr, Ba, va Ra) ning tashqi qavatidan oldingi pog’onachada 8 ta electron bo’lsa,II B guruhcha elementlari (Zn, Cd va Hg) da 18 tadan elektron joylashgan.

48 +1,+2

4a^10 Cu


112,4 1,7
Rux va kadmiy metallarning faollik qatorida vodorooddan chaproqda joylashgan bo’lib,suyultirilgan xlorid va sulfat kislotalari tasirida rux tez, kadmiy esa sekinroqerib vodorodni siqib chiqaradi. Konsentrlangan sulfat kislotada rux (haroratga bog’liq holda) erib, SO2 va S ni yoki H2S ni hosil qilsa, kadmiy SO2 va S ni hosil qiladi.


80 +1,+2

5d^10 6S^2 Hg

200,59 1,9


Rux va kadmiy nitrat kislata ta`sirida erib, tegishli tuzlar va HNO3 ning konsentratsiasiga va haroratga qarab, ammiak yoki azotning har xil oksidlarini hosil qiladi. Rux va kadmiyning eriydigan tuzlari gidrolizlanadi.
Rux ishqorlarning konsentrlangan eritmalarida erib, vodorodni siqib chiqaradi va sinkat tuzlarini hosil qiladi:

Zn + 2Na OH = Na2 ZnO2+H2

Zn +2NaOH +2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
Rux va kadmiy gidroksidlari suvda erimaydi, kislotalarda oson eriydi. Cd(OH)2 ishqorlarda erimaydi, asos xarakteriga ega. Zn(OH)2 amfoter xossaga ega.

Rux va kadmiy ionlari kompleks birikmalar hosil qilishga moyil. Rux va kadmiy ionlarining kompleks birikmalardagi koordinatsion soni 4 yoki 6 ga teng.

Rux eng muhim mikroelementlar jumlasiga kiradi. Odam organizmining ruxga bo’lgan kundalik ehtiyoji 10-15 mg ni tashkil qiladi. Organizmda ruxning miqdori 3 g ga yetadi. U asosan muskul, nerv va tish to’qimalarida joylashgan. Zn^2+ ioni 20 ga yaqin turli xil fermentlar tarkibiga kirishi aniqlangan. Ulardan ikkitasi: karbongidraza va karboksipeptidaza to’la o’rganilgan. Karbogidraza qizil qon tanachalari tarkibiga kirib, uglerod (IV) oksidning gidratlanish va degidratlanish jarayonlarini boshqarib turadi. Karboksipeptidaza me`da osti bezining fermenti bo’lib, peptid bog’ining gidrolizlanishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Bu jarayon insulin gormonining biosintezi bilan bog’liqligi uchun undan qandli diabet kasalligini davolashda foydalaniladi. Hozirgi kunda bu maqsadda tarkibida rux tutgan bir necha dori moddalari keng qo’llanilmoqda. Ularga rux – insulin, protamin – rux – insulin, insulinkridez va boshqalar misol bo’la oladi.

Ba`zi bir nuklein va protein kislotalarning tarkibida kadmiy borligi aniqlangan. Kadmiy birikmalari o’ta zaharli, shuning uchun tibbiyotda ularning ba`zilarigina sirtqi malham sifatida ishlatiladi. Kadmiy birikmalarining qonga shimilishi markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Teriga tegsa har xil teri kasalliklarining (ekzema va boshqalar) kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Odam organizmida kadmiy miqdori nihoyatda oz (10^-4g) bo’lib, asosan jigar va buyrakda to’plangan.

Odam organizmida simob juda oz, 10^-5 g gacha bo’ladi. Simobning biologic roli hali aniqlanmagan. Simob va uning birikmalari juda zaharli. Simob birikmalari juda suyultirilgan holda sirtqi malham, ya`ni dizinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda asosan teri kasalliklarida hamda ko’zni yuvish uchun ishlatiladi. Ularga simob dixlorid (HgCl2), simob oksisianid (Hg(CN)2* HgO), simob amidoxlarid (HgNH2CL), sariq simob oksidi (HgO), simob monoxlorid (Hg2Cl2) kiradi.

Rux sulfat (ZnSO4) antiseptik modda sifatida ko’z kasalliklarida hamda qayt qildiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Rux oksid (ZnO) har xil teri kasalliklarida ishlatiladigan malhamlar tarkibiga kiradi.


TAJRIBALAR

Zarur asbob va reaktivlar: gorelka, shtativ probirkalar bilan. Chinni hovoncha dastasi bilan. Rux qirindisi yoki bo’lakchalari. Natriy (metall). Simob (metall).

Eritmalar: sulfat kislota (kons. Va 2n), xlorid kislota (kons. va 2 n), nitrat kislota (kons.va 2 n), 2n CdSO4; 2n NaOH; 2 n ZnSO4; 2 n Na2S; 2 n NH4OH; NH4Cl (to’yingan); 1 n simob (I) nitrat; 1 n simob (II) nitrat.

1-tajriba. Kadmiyni kadmiy tuzlari eritmasidan rux ta`sirida siqib chiqarish.

Probirkaga 5-6 tomchi 2 n kadmiy sulfat eritmasidan solib unga kichikroq bir bo’lakcha rux metalidan soling va chayqating. Vaqt o’tishi bilan rux ustida kadmiyning xosil bo’lishini kuzatib, reaksiya tenglamasini malekulyar va ionli shaklda yozing.



2-tajriba. Ruxning kislota va ishqorlarda erishi.

a) alohida probirkalrga 5-7 tomchidan suyultirilgan (2 n) va kansentrlangan (p=1,84g/sm^3) sulfat kislotalaridan solib, unga rux qirindisi (yoki bir bo’lak rux) tashlang. Sovuqda reaksiya ketmasa, probirkalarni ohista isiting. Probirkalarda ajralib chiqayotgan gazlarga e`tibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.

b) 2ta probirka olib biriga 2 n xlorid kislota, 2chisiga 2 n NaOH eritmalaridan 5-7 tomchidan soling. Har ikkala probirkaga rux qirindisidan (rux bo’lakchasi) ozgina qo’shing. Reaksiya tenglamalarini yozib xosil bo’lgan tuzlar nomini ayting.

3-tajriba. Rux va kadmiy gidrooksidlarining olinishi va xossalari.

a) probirkaga 8-10 tomchi 2 nrux sulfat eritmasidan solib, unga oq, iviq cho’kma hosil bo’lguncha tomchilatib o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing (probirkani chayqatib turing. Cho’kma erib ketmasin). Hosil bo’lgan cho’kmani 2 probirkaga teng bo’lib, birinchisiga suyultirilgan sulfat, ikkinchisiga esa o’yuvchi ishqor eritmasidan ko’proq qo’shing. Har 2ala probirkada cho’kmaning erib ketishini kuzatib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Zn(OH)2 qanday xususiyatga ega.

b)a banddagi tajribani probirkaga 2n kadmiy sulfat solib takrorlang. Nimalani kuzatamiz? Cd(OH)2 qanday xususiyatga ega?

4-tajriba. Rux va kadmiy sulfidlarning olionishi, ularning xossalari.

Ikkita probirka olib 1chisiga 4-5 tomchi rux sulfat eritmasidan, 2chisiga shuncha kadmiy sulfat eritmasidan tomizing. Har bir probirkaga cho’kma hosil bo’lguncha natriy sulfid eritmasidan tomchilatib qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmalarning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Har 2ala probirkadagi cho’kmalar ustidagi suvni to’king va ularga bir xil xajmda suyultirilgan xlorid kislota qo’shib, rux va kadmiy sulfidlarning eruvchanligini kuzatgan holda reksiya tenglamalarini yozing.

(EKZnS = 8*10^-26; EKCdS=1.10*10^-29

5-tajriba. Rux va kadmiy ammiakli kompleks birikmalarning olinishi.

2ta probirka olib, birinchisiga rux sulfat eritmasidan 5-6 tomchi, ikkinchisiga kadmiy sulfat eritmasidan shuncha solib, cho’kma xosil bo’lguncha suyultirilgan NH4OH eritmasidan qo’shing(cho’kma erib ketmasin). Reksiya tenglamalarini malekulyar va ionli shaklda yozing. Xosil qilingan cho’kmalar to’liq erib ketguncha yana NH4OH eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan kompleks birikmalarda rux va kadmiy ionlarining koordinatsion soni 4 ga teng ekanligini hisobga olib, reksiya tenglamalarini yozing.

Simob. Metall holidagi simob bug’i va uning birikmalari zaharlidir. Shuning uchun mashg’ulot vaqtida qo’llanilgan idishlar ish tugallanishi bilan darhol lobarantga topshirilib, qo’llarni toza suvda sovun bilan yuviladi. Metal simob qo’llaniladigan har bir tajriba maxsus taglik qo’yilgan joyda o’tkaziladi. Biror sabab bilan simob to’kilsa, uning hamma tomchilarini darhol yig’ib, iflos simob yig’iladigan shisha idishga solish kerak.
6- tajriba. Amalgama olish

a) natriy amalgamasi. Quruq farfor hovonchaga hushyorliik bilan 4-5 tomchi simob metallidan tomizing. Uning ustiga toza filtr qog’ozida yangi kesilib quritilgan, moshdek 2-3 dona natriy metallidan qo’shib, hovoncha dastasi bilan aralashtiring. Shunda qattiq, shartli ravishda formulasi NaHg deb qabul qilingan natriy amalgamasi hosil bo’ladi.

b) ammoniy amalgamasi. a) bandidagi tajriba davomida olingannatriy amalgamasining bir bo’lagini probirkaga solib, uning ustiga ammoniy xloridning to’yingan eritmasidan quying va tajribaning borishini kuzating. Ammoniy amalgamasi hosil bo’ladi. U parchalanganda gaz ajralib (ammiak va vodorod) hajmi kattalashib, g’ovak va uvalanib ketadiganbo’lib qoladi. Amalgama parchalanib bo’lgandan so’ng probirkada simob qoladi. Ammoniy amalgamasining olinish va parchalanish reaksiyalarini yozing.

7- tajriba. Simob (I) va (II) oksidlarining olinishi.

Ikkita probirka olib, birinchisiga simob (I) nitrat eritmasidan 4-5 tomchi, ikkinchisiga simob (II) nitrat eritmasidan shuncha tomizib, har biriga alohida o’yuvchi natriy eritmasidan tomchilab, cho’kma hosil bo’lguncha tomizing. Hosil bo’lgan cho’kmaning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklida yozing.




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling