Ii. Bob. Adabiyotlar sharxi III. Bob. Asosiy qism


Download 122.5 Kb.
bet2/8
Sana22.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1648958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
termitlar

Adabiyotlar sharxi
Qattiqqanotlilar turlari soni jixatidan eng katta turkumdir.Qo’ng’izlarning 250 mingga yaqin turlari ma’lum ,harakterli xususiyatlari –ularning birinchi jufti qanotlari qattiq qanot va qalqonlarga yoki eliralarga aylanganligi bo’lib,tich xolatda orqa tomoniga yopishib turadi va ularning ostida buklangan ikkinchi juft parda qanotlar joylashadi. Ayni vaqtda qanot qalqonlarining biri ikkinchisiga zich taqalib, to’g’ri tok chizig’ini xosil qiladi Og’iz aparati kemiruvchi tipda, lichinkalari chuvalchangsimon yoki kampodesimon, g’umbagi erkin
S.A Murodov
Coleoptera - bu "g'ilof qanotlari" degan ma'noni anglatadi, bu hasharotning tanasini qoplagan qotib qolgan xayvonlarga ishora qiladi. Aksariyat odamlar ushbu tartibning a'zolari - qo'ng'izlarni osongina taniydilar. Coleoptera tanasi uchta asosiy qismga bo'lingan. Ularning old qismi bosh kapsulasining boshqa qismlari bilan taqqoslaganda kichkina bo'lib, unda antenalar joylashgan, ko'rish organlari, shuningdek, chaynash yoki tishlashning og'iz shakllari oldinga, ba'zan pastga qarab yo'naltirilgan. Bo'yinning aniq belgilari bo'lmagan qo'ng'izlarning boshi darhol ko'kragiga biriktiriladi, ba'zi hollarda hatto uning old qismiga o'sib chiqadi. Yuqorida aytib o'tilgan ikkinchi qismning o'zi uchta segmentdan iborat. Va orqa, eng katta qismi qorin. Ushbu jonzotlarning segmentlardan tashkil topgan uch juft oyoqlari odatda yaxshi rivojlangan. Piyonlar, oxirida, odatda, ikkita tirnoq bilan jihozlangan, ba'zan esa quyida tuklar bilan qoplangan. Ta'riflangan tarzda, kattalar qo'ng'izlari, aks holda imago deb nomlanadi. Ushbu holatga erishish uchun bunday hasharotlar rivojlanishning bir necha bosqichlaridan o'tadilar. Kichkina moyaklardan ular lichinkalarga aylanadi, ular shakllanishida bir necha bosqichlarni bosib o'tib, kuchuklanib kattalarga aylanadi.
SH.T.Xo’jayev
XX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi natijasida entomologiyaning fan sifatida shakllanishiga sharoit yaratildi. O`sha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, 1832 yili Fransiyada, 1833 yili Angiliyada shunday jamiyat tuzildi. Bizning mamlakatimizda 1859 yili Rus entomologik ilmiy jamiyati tashkil qilindi. Rossiyada entomologiya fanini rivojlantirish, G.I.Fisher-Valdgeym(1771-1853) ning “Entomografiy Rossiskiy Imperiy”, professor E.K.Brand(1839-1891) ning “Hashorotlarning nerv sistemasi”, F.P.Keppen(1833-1908) ning 3 jildli “Zararkunanda hasharotlar” kitoblari, I.I.Mechnikov(1843-1916) lar asarlari katta hissa qo`shdi. XIX va XX asrlarda amaliy entomologiya sohalari, birinchi navbatda qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi entomologiyalari vujudga keldi. Bizning mamlakatimizda 1894 yili entomologiya byurosi tashkil qilindi. 1904 yili B.P.Pospelov(1872-1949) Kiyev shaxrida entomologik stansiya tashkil qilindi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish edi. Keyingi yillarda huddi shunday stansiyalar boshqa markaziy shaharlarda ham tashkil etildi. Ayniqsa V.I.Plotnikov(1877-1959) tomonidan 1911 yili Toshkentda Turkiston entomologik stansiyasining tashkil qilinishi O`rta Osiyo va Qozog`iston o`lkalarida o`simliklarni zararkunanda hashorotlardan himoya qilishda , O`rta Osiyo O`simliklarni himoya qilish instituti va boshqa shunga o`xshash tashkilotlarni vujudga kelishida katta ro`l o`ynaydi. Rus entomologi N.V.Kurdyumov(1885-1917) qishloq xo`jaligi entomologiysiga nazariy asos soldi. Professor A.P. Semenov Tyan-Shaniskiy(1866-1942) bizning o`lkamiz faunasidagihashorotlar sistematikasi va zoogeografiyasini, G.G.Yakobsov(1871-1916) to`g`ri qanotlilar va Rossiya va G`arbiy yevropa qo`ng`izlarini o`rgandilar. A.K.Morodvilko(1867-1938) o`simlik bitlari sistematikasini va biologiyasini o`rganish soxasidagi ishlari bilan dunyoga mashhur bo`ldi. Avstraliyalik olim A.Gadlirshem(1865-1935), A.V.Martinov(1878-1938) va B.N.Shvanivich(1889-1957) lar yuqori gruppa hashorotlarining klassifikatsiya asoschilari edi.
Bizning mamlakatimizda entomologiya fani Ulug` Oktabr sotsialistik evolutsiyasidan keyin ravnaq topdi. Bir qancha qishloq xo`jaligi institutlarida va universitetlarda mustaqil kafedralari tashkil qilindi. 1920 yili Toshkent davlat universitetida, keyinchalik Toshkent Davlat qshloq xo`jaligi institutida(1930) yili entomologiya kafedralari tashkil qilindi. Bugungi kunda entomologiyaya fani va unung tarmoqlari oldiga partiyamizning XXVII sezdida qarorlari hamda KPSS Markaziy Komitetining aprelda(1986) plenumiga asosan aholini oziq ovqatga, sanoatni bo`lsa xom-ashyoga bo`lgan ehtiyojlarini yanada to`liqroq qondirishga o`z xissalarini qo`shish, tabiatni zararlashdan saqlash, hasharotlarning foydali turlarini saqlab qolish va ulardan yanada kengroq foydalanish kabi muhim masalalarni nazariy va amaliy jihatidan xal qilib berishdek ulug`vir vazifalar bor. Qishloq xo`jalik entomologiyasi fanining yutuqlariga O`rta Osiyo olimlari ham salmoqli hissa qo`shishgan. Mintaqalarda zararli va foydali bo`g`imoyoqli jonivorlarni o`rganish va hasharotlar ekologiyasi fanini rivojlantirish bo`yicha V.V.Yaxontov(1899-1970), R.O.Olimjonov(1913-1985), va A.G.Davletshina, o`simlilarni uyg`unlashtirilgan usulda himoya qilish bo`yicha-F.M.Uspeniskiy(1902-1984), M.N.Nazirqulov(1914-1985), hashorotlar bashorati bo`yicha K.I.Larchenko(1905-1999), S.B.Zapevolova, ombor zararkunandalariga qarshi kurashish bo`yicha I.G.Noskov va S.N.Alimuhammedov, X.R.Mirzaaliyeva va boshqalar, kimyoviy usulda kurashish bo`yicha A.M.Prugalov, Sh.Y.Xo`jayevning ishlari bunga yorqin misol. Bundan tashqari zararli sikadalarni o`rganishda G.K.Duboviskiy, chigirtkalarni o`rganishda E.N.Ivanov(1907-1984), o`simlik gelmitlarini o`rganishda esa A.T.To`lganovning tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy etish bo`yicha esa O`zbekistona o`simliklarni himoya qilish tizimi tashkil qilingan.
Hozirgi davrda O`zbekistonda Oliy Majlis tomonidan O`simliklarni himoya qilish qonuni tasdiqlangan bo`lib unga asosan bashorat va karantin xizmatining samarali strukturasi vujudga keltirilgan. Respublikamizda o`simlilarni himoya qilish strukturasi tuman-viloyat-respublika tashkilotlaridan iboratdur. Yani qishloq xo`jaligi va suv xo`jaligidan tashkil topgan o`simliklarni himoya qilish agrokimyo markaziga har bir viloyatning shunday tashkilotlari, ularga esa o`z navbatida xar bir tuman tashkilotlari biriktirilgan.
O`simliklarni himoya qilish , bashorat va karantin xizmati o`z ishida mavjud tayanch ma`lumotlar bilan bir qatorda Fan va texnikaning yangi yutuqlaridan foydalaniladi. Bunda O`simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institute, Toshkent Davlat Agrar Universtiteti va boshqa muassasalarida o`tkaziladigan tadqiqotlar va ularning natijalarida keng ko`lamda amaliyotga tadbiq etiladi. Takidlash joizki, O`rta Osiyo mintaqasi uchun yuqori malakali olim agranom-entomologlarni yetishtirishda Toshkent Davlat agrar univertitetining o`ni yuqoridir. Ham soni, ham turli-tumanligi bo’yicha hasharotlarga yetadigani topilmasa kerak. Yer yuzidagi jamiki hayvonlarning deyarli yarmiga yaqinini hasharotlar tashkil etadi. Hatto aytim mualliflarning ta’kidlashlaricha hozirgacha bizga ma’lum hasharotlar aslida hasharotlarning atigi 10 foizini tashkil etar ekan xolos, qolgan turlari esa o’zlarining kashf etilishini kutib turibdi. Hasharotlar turkumlari ham nihoyatda xilma-xil. Ular bi- biridan tashqi ko’rinishi, hayot tarzi, oziqlanishi, ko’payishi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.


Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling