Ii bob. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi va uni hujjatlarda aks ettirish
I BOB. ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI HUJJATLASHTIRISH
Download 27.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqBobojonov Suhrobjon
I BOB. ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI HUJJATLASHTIRISH
Asosiy vositalar haqida tushuncha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 20-yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 5-sonli «Asosiy vositalar» milliy standarti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 14-iyundagi jk/03-04-04/287- sonli «5-sonli BHMS budjet tashkilotlarida qollash to‘g‘risida»gi xatiga muvofiq asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlash, ulaming butligi va mavjudligi ustidan nazorat qilish, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish hamda ulami hisobda, balansda va hisobotlarda to‘g‘ri qayd qilish budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining vazifalari hisoblanadi. Asosiy vositalar- bir yil va undan ortiq xizmat qiladigan hamda har birining (komplektning) qiymati O‘zbekiston Respublikasida bclgilangan (muayyan moddiy aktivni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan kam bo‘lmagan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida yer, binolar, inshootlar, uzatkich qurilmalari, mashinalar va uskunalar, kompyuter texnikasi va periferiya uskunalari, transport vositalari, asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarían, ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, boshqa asosiy vositalar (ko‘p yillik daraxtlar va inshootlami qurish bilan bog‘liq bo‘lmagan erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar, muzey qiymatliklari, hayvonat olami eksponatlari, sahnaga qo‘yish vositalari, namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar, texnik tashuvchi (jism)lardagi dasturlar, o‘quv kinofilmlari, magnitli diskalar va lentalar, kassetalar va boshqalar) bo‘ladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi. Tashkilotlar o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi. Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. Budjet tashkilotlarida qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari, ishchi va mahsuldor hayvonlar (maydalari ham), kutubxona fondlari, muzey qiymatliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonat olamining eksponatlari va namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar, asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Budjet tashkilotlarida har birining (komplektining) qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan buyumni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining 50 baravarigacha bo‘lgan, xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, buyumlar ham da baliq ovlash qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar, arqonlar, merejlar va shu kabilar), qiymatidan va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, asosiy vositalar jum lasiga kiritilm aydi. Shuningdek, xizmat qilish m uddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagi inventar va xo‘jalik jihozlari ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalami tayyorlash uchun mo‘jallangan maqsadli asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyafzallar; d) ko‘rpa-to‘shak anjomlari; e) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulator, stol ustiga qo‘yiladigan jihozlar va boshqalar); f) oshxona va ovqatlanish xonasi invcntarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi dasturxon-sochiqlari; g) qurilish-ta’mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtincha qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar) Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar. Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish; Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish; Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash; Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish; Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish; 6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish; 7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni hisobini tashkil etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi. Asosiy vositalar balansga boshlang‘ich (dastlabki) qiymatida kirim qilinadi, qayta baholangandan so‘ng ular qayta baholash qiymati bo‘yicha hisobga olib boriladi. Asosiy vositaning boshlang’ich qiymati deganda asosiy vositani barpo etish (qurish va oxirigacha qurib yetkazish) yoki asosiy vositalarni sotib olish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati tushuniladi. Asosiy vositani olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va uni tayinlanishiga muvofiq foydalanish uchun aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlar hamda to‘langan va qoplanmaydigan soliq(yig‘im)lar budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming boshlang‘ich (dastlabki) qiymatiga kiritilmaydi. Asosiy vositaning qayta tiklash qiymati deganda asosiy vositaning qayta baholashni hisobga oigan holdagi qiymati tushuniladi. Asosiy vositalaming boshlang‘ich (dastlabki) qiymati inflatsiya sur’atlarini hisobga olib vaqti-vaqti bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan qayta baholanadi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarda (subschyotlarda) olib boriladi: 010-«Binolar» subschyoti; 01l-«Inshootlan> subschyoti; 012-«Uzatkich qurilmalari» subschyoti; 013-«MashinaIar va uskunalar» subschyoti; 015-«Transport vositalari» subschyoti; 016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarían» subschyoti; 017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyoti; 018-«Kutubxona fondlari» subschyoti; 019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyoti. Asosiy vositalar hisobi uchun xizmat qiladigan barcha subschyotlar aktiv subschyotlardir. 010-«Binolar» subschyotida ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiymaishiy, uy-joy binolari (binolar tarkibiga ulardan me’yorida foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar kiradi). O11-«Inshootlar» subschyotida stadionlar, basseynlar, yo‘llar, ko‘priklar, yodgorlik haykallari, parklar, xiyobonlar va jamoat bog‘larining to‘siqlari va boshqalar hisobga olinadi. 012-«Uzatkich qurilmalari» subschyotida elektr uzatish tarmoqlari, transformatsiya va energiya o‘tkazish uchun hamda suyuq va gazsimon moddalami truboprovodlar bo‘yicha iste’molchilargacha bir joydan boshqa joyga o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan tegishli barcha oraliq moslamalari bilan birga transmissiyalar va truboprovodlar hisobga olinadi. 013-«Mashinalar va uskunalar» subschyotida kuchlanish mashinalari va uskunalar, ish mashinalari va uskunalar, o‘lchov asboblari, muntazamlashtirib turuvchi asboblar va qurilmalar, laboratoriya uskunalari, meditsina uskunalari, boshqa mashinalar va uskunalar. Boshqa mashinalar va uskunalarga: stadionlar, sport maydonlari va sport binolari jihozlari; o'quv yurtlaridagi kabinetlar va ustaxonalaming jihozlari; musiqa asboblari, videoapparaturalar, videoikkiliklar, videopleyerlar, televizorlar, radioapparaturalar, uyali aloqa apparatlari, radiotelefonlar, peydjeriar, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlaming maxsus uskunalari, ATs jihozlari, o‘t o‘chirish mashinalari, o‘t o‘chiruvchi avtotsistemalar, o‘t o‘chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, muzlatkichlar, chang yutgichlar, konditsionerlar, mikrotoMqinli pechkalar va boshqalar kiradi. 015-«Transport vositalari» subschyotida odamlami va yuklarni tashishga m o‘ljallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi. 016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarlari » subschyotida uskunalar, ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari hamda xo‘jalik inventarlari hisobga olinadi. 017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyotida ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan hayvonlar (otlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar) va mahsulot (bola, sut, jun va boshqalar) bcradigan hayvonlar (sigirlar, xo‘kizlar, zotdor biyalar, qo‘ylar va boshqalar) hisobga olinadi. 018-«Kutubxona fondlari» subschyotida kitoblam ing ayrim nusxalari qiymatidan qat’iy nazar, ilmiy, badiiy va o ‘quv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar hisobga olinadi. 019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyotida ko ‘p yillik daraxtlar va ekinlar (ko'kalamzorlashtirish, dckorativ, m evali daraxtlar, o‘tqazilgan daraxat va jonli izgorodlar), erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar, qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq ho 'jalik mashinalari va qurollari, muzey qiym atliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot bog‘lari va shunga o ‘xshash tashkilotlardagi hayvonat olami eksponatlari, namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar va boshqalar yuqorida keltirilgan asosiy vositalarni hisobga oluvchi subschyotlarda hisobga olinishi ko‘rsatilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga 2 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-martda 3144-sonli qaror. Download 27.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling