Ii bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-qadriyatlarni singdirish texnologiyasi


Download 197.19 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi197.19 Kb.


II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MILLIY-QADRIYATLARNI SINGDIRISH TEXNOLOGIYASI 

2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma darslari orqali milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish.

Bugungi kunda ta’lim – tarbiya jarayonida shunday islohatlar amalga oshirilmoqdaki uni ko’z bilan ko’rib qalb bilan his yetish kerak. O’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh valodga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad shundan iboratki, bugungi kunning yoshlari ertangi kun davlatimizni ravnaqiga xizmat qiladigan uning buyukligini yanada yuqoriga ko’taradigan, ota-bobolarimiz tomonidan bizlarga qoldirgan ulkan boy ma’naviy merosini boyitib, sayqal berib, takomillashtirib kelgusi avlodlarga yetkazib beradigan shaxs qilib tarbiyalash kerak. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, shaxs qilib voyaga yetkazishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham biz milliy – ma’naviy qadriyatlarni odobnoma darslari orqali o’quvchilar ongiga singdirish o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi degan fikrlarni olg’a surib, undan keng foydalanish tizimini quyidagicha ifodalaymiz:



  • oiladagi tayyorgarligi; 


  • ota-onaning pedagogik tayyorgarligi; 


  • aka-opalarini yordam berish imkoniyati; 


  • qo’shimcha adabiyotlar bilan taminlanganligi; 


  • maktabga moslashuv davri; 


  • o’qituvchining mahorati; 


  • boshlang’ich ta’limda tarbiyaviy ishlarning to’g’ri yo’lga qo’yilishi bilan ifodalanadi. 


Milliy ma’naviy qadriyatlarning yoshlar ongida tarkib topishida oiladagi munosabatlar eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Bunda oilada, oila a’zolari tomonidan bir-biri bilan bo’layotgan muloqat jarayonida yoshlar ularni o’zlarida aks yettirishga harakat qiladi. Qachonki oilada sharqona munosabatlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bola tarbiyasiga jiddiy qarab ularni sharqona nafosat doirasida tarbiyalashga harakat qilinsa, o’z-o’zidan bolalarda milliy-ma’naviy qadriyatlar shakllanadi.

Ota-onalar bolalarni psixologik nuqtaiy nazardan maktabga to’g’ri yo’naltira olsa bolalar maktabga o’ziga xos bir olam qadam qo’yadilar.

Oilada bolalarga: 


  • endi sen katta bola bo’lding; 


  • bugundan boshlab o’quvchi bo’lasan; 


  • endi sening o’zingning sumkang bo’ladi; 


  • bugundan boshlab senda ham kitob, qalam bo’ladi; 


  • kitoblarda hali eshitmagan yertaklar bor ularni o’qiysan; 


  • qalam, flamaster, plastilinlardan har xil narsalarni yasashni o’rgatishini; 


  • qushlar, baliqlar, hayvonlarning turlarini qayerda yashashi mumkinligini bilishini;



Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi.
  • maktabning eng yaxshi ta’lim maskani ekanligini; 


  • maktabda bolalarni o’qituvchilar yaxshi kutib olishini; 


  • maktabda bolalar bilmagan narsalarni o’qituvchilar o’rgatishini; 


  • maktabda har xil o’yinlar tashkil qilinishini; 


  • maktabda juda ko’plab o’rtoqlar ortirishib do’stlashishini; 


  • endi sen eng yaxshi o’quvchi bo’lasan; 


  • maktabda o’quvchilarga har xil topshiriqlar berilishini; 


  • topishmoq topishda eng topqir o’zi bo’lishini; 


  • eng asosiysi, endi sen bizni o’zingni a’lo hulqing va a’lo bahong bilan quvontirasan deb bolalarni maqtab tayyorlash kerak. 


Ma’lumki, yuqorida qayd yetilgan olimlar bolalarga to’g’ri tushuntirilsa ular doimo uni bajaradi. Shundan xulosa qilish mumkinki, har bir ota ona o’z farzandlarini maktab quchog’iga yuborishda ularning qalbida eng ezgu tuyg’ular paydo bo’lishiga yordam berishi kerak.

Ona tarbiyasidan ilk bora maktabga kelgan bola o’z qarshisida turgan ustozini hamma narsani bilar ekan deb o’ylaydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolalar bilan ishlash jarayonida xatoga yo’l qo’ymasdan, o’quvchilar ishonchini to’liq oqlashi kerak bo’ladi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishda bugungi kunning yeng ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish kerak. Buning uchun biz zamonaviy pedagogik texnologiya fanining mazmun mohiyatini anglab olishimiz zarur. 



Pedagogika-tarbiya va ta’lim sahosiga tegishli bilimlar yig’indisi. Pedagogika – tarbiyaning tmohiyati, maqsadi, vazifalari, uning jamiyat hayoti va shaxs taraqqiyotidagi rolini, ta’lim jarayonini aniqlab beradi.

Ana shundan kelib chiqqan holda tariflab o’tgan 7 tushunchani har biriga alohida to’xtalib, uning mohiyatini Yana bir anglab olsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

1. Tarbiya mohiyati.

2. Tarbiya maqsadi.

3. Tarbiya vazifalari.

4. Tarbiyaning qonuniyatlari.

5. Tarbiyaning jamiyat hayotidagi roli.

6. Tarbiyaning shaxs taraqiyotidagi roli.

7. Tarbiyaning ta’lim jarayonining aniqlab berish 

Tarbiyaning mohiyati nima degan savolga, biz hyech ikkilanmasdan uning mazmun mohiyatini anglashimizni e’tirof etamiz. Bunga misol tariqasida yakka oila bilan bog’lab tushuntiradigan bo’lsak, quyidagi fikrlarni bayon etamiz.

Oilada ota-ona o’z o’g’lining ertangi kunida mehnatkash bo’lib voyaga yetishini istasa, uni juda yoshligidan mehnat qilishga undaydi. U bu mayda kundalik ishlarni buyuradi. Bajargan o’g’ilni rag’batlantiradi. Ishlashga nisbatan shakllantirib boradi.



Tarbiyaning maqsadi o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash. 

Tarbiyaning vazifalari zamonaviy pedagogikaning yutuqlaridan foydalangan holda komil insonni tarbiyalashdagi eng muhim muammolar ustida bosh qotiradi va uni bajarishga erishadi.

Bunday muammolar yechimi barcha tarbiya maskanlari qatori boshlang’ich ta’limda o’z aksini topgan.

Unda o’quvchilarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda “Odobnoma” darsiga qo’yilgan talablar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Standartda 1-4 sinflarda “Odobnoma” fanini o’qitishda o’quvchiga qo’yiladigan bilim, ko’nikma va malakalar, uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab boriladi, mavzular biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi. 1-sinfda dastlab o’quvchiga salomlashish odobi o’rgatilsa, 2-sinfda “So’zlashish odobi”, 3-sinfda “Orastalik-yaxshi odob” ekanligi haqidagi yanada kengroq tushunchaga ega bo’lishi nazarda tutildi. Insonlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi vosita, ularning odobi, ochiq chehrali bo’lish ekanligi haqidagi tushunchalar yanada kengaytirilib, bu tushunchalar 4-sinfda “odob-inson ziynati” ekanligi salomlashish, xushxulqlik, insondagi odoblilik yuksak fazilat ekanligi haqidagi bilimlari yanada boyitilib, bu bilimlar kundalik hayot bilan taqqoslangan holda va kuzatish, namoyish etish singari metodlar orqali ko’nikma va malakalarga aylanib boriladi.

Shuningdek, bolalarga yoshlikdanoq nima savob-u nima gunoh, xalol-u nima xarom kabi o’zbekona turmush tarziga xos tushunchalarni o’rgatishga ahamiyat berildi.

1-4-sinflarda “Odobnoma” darslarida kerak bo’lgan o’rinda Quroni Karim, Hadis ilmidan foydalanilgan holda, diniy aqidaparastlikni oldini olishga doir ilk tushunchalar ham berib boriladi.

Odob va axloq darslarini namunali, qiziqarli, sermazmun o’tkazishda ota-onalarning yaqindan ko’maklashtirishlari taqozo etiladi. Darslardagi har bir mavzu bolalarning kundalik hayoti, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan. Har bir bo’lim va mavzular tarbiyaviy jarayondan ayricha emas, o’qituvchi mavzularni o’zi yashaydigan mahalliy sharoitdan ham olishi mumkin. Tarixiy, madaniy obidalar, rasm-rusumlar dars yo’nalishini tashkil qiladi.

“Odobnoma” darslarni maktabni tajribali, bilimdon zukko, oq-qorani yaxshi tanigan, iymon-e’tiqodli, tajribali o’qituvchilari o’tishi, ayrim xollarda shoiru yozuvchilar, olim-u fuzalolar, yetuk shaxslar olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Buyuk hazrat Alisher Navoiy “Haqiqiy sharaf xayo va odobdan keladi”, - degan edi. Darhaqiqat, odob muammosi kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan boshlab, xalq ijodining maxsuli – afsona, ertak, daston, maqol, rivoyat va hikoyatlarda o’z ifodasini topgan.

Bu fanni o’qitishdan maqsad: bolalrni sog’lom turmush tarziga tayyorlash, ularda ota-onadan mamnun bo’lish hissini uyg’otishdan iboratdir. Muddaomiz o’quvchiga hayotimizdagi yaxshilik va yomonlik tushunchalari mazmunini anglatishdan iborat ekan, biz bunga erishmog’imiz, kelajagi buyuk yurtning har tomonlama yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazmog’imiz bu yo’lda “Odobnoma” fani mavqyeini oshirmog’imiz lozim.

“Odobnoma” darslarida o’quvchiga amaliy mashg’ulot, mustaqil ishlash uchun muammoli topshiriqlar berish orqali ijodiy ishlash ham nazarda tutilgan.

1-4 sinflarda o’qitiladigan “Odobnoma” fani boshlang’ich sinfdagi integrasiyalashgan fanlar majmuasi bo’lganligi sababli, o’quvchini turli fanlardan olgan bilimiga sayqal baxsh etadi.

“Odobnoma” fanidagi mavzular xayotiy haqiqatga, insoniy kechinmalarga yaqin. U o’quvchini o’ylantiradi, o’ziga tegishli xulosalar asosida mustaqil fikrlashga o’rgatadi.

Shu talablardan kelib chiqqan holda 2 – sinf “Odobnoma” darsligida “Do’st bo’lish odobi” deb nomlangan bo’limida, aynan 2 sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirishda



VII. DO'ST BO'LISH ODOBI ODOBI 

Do'sti ko'p inson —eng baxtlidir, Do'stini xursand qilish yaxshi odatdir.

Qadrlasang qadring oshar,

Qadrsizdan hamma qochar.



DOSTLASHISH ODOBI

Inson uchun do'st kerak. Do'stlari bor odam baxtlidir. Do'st tutinishning ham odobi bor:



  • do'stingizni hurmat qiling; 


  • do'stingizdan hech narsani ayamang; 


  • do'stingizga sizga qilayotgan yordami uchun rahmat ayting. Siz ham unga har ishda yordam bering. 


Dono xalqimizning «Do'st topish oson, lekin uni saqlamoq qiyin» degan maqoliga e'tibor bering. Buning ma'nosini uqib oling va doimo yodda saqlang.

Yusuf xos Hojib do'stlashish odobi haqida shunday deydi: esda tuting!

«Do'st-o'rtoqlarning ko'pi yaxshi. Ularni ko'paytirish —yaxshi xislat». 



Savollar: 
  1. Do'st bo'lish odobi nimalardan iborat ekan? 


  2. Siz kimlar bilan do'stlashgansiz? 




Topshiriqlar: 


  1. Do'stlaringizning ismlarini ayting va yozing. 


  2. Do'stlik haqida aytilgan maqolni yod oling. 




IKKI DO'ST 




Topshiriq:

Rasmlarga qarab, ikki do'st haqida hikoya tuzing. Bolalarga ismlar qo'yib, hikoyani so'zlab bering.



Savollar: 

  1. Ikki do'st qayerga bordi? 


  2. Qanday hodisa ro'y berdi? 


  1. Bu ikki bolani chin do'stlar deya olamizmi? Nima uchun? 




Hikmat:

Og'ir kunda yaragan — chin do'st.




AMIR TEMUR BOBOMIZNING DO'STLIK HAQIDA AYTGANLARI

Do'stlik — barcha boylikdan afzal.

Do'stingni yomon kunda sina.

Do'stlik sinovda bilinadi.

Chin do'st do'stidan hech qachon ranji-maydi. Agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi. 

Topshiriq:

1. Do'stlik haqida aytilgan hikmatlarni yod oling.



DO'ST

Sitora Rahmonbekova

Do'st degani nima o'zi, Muncha shirin ekan so'zi. Maqtar yaxshi so'zimni, Qilgan ezgu ishimni. Bilmay yolg'on so'zlasam, Biror foyda ko'zlasam.

Bu bo’limni o’tishda o’qituvchi interfaol metodlar yordamida o’quvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlar singdiriladi.

4 – sinf o’quvchilariga “Odobnoma” darsida “Merosimiz -Faxrimiz” bo’limini o’rgatishda;

Qo'shiq inson ruhiyatiga ta'sir etuvchi muhim ma'naviy ozu-qadir. "Qo'shiq" atamasi turkiy "qo'shmoq" fe'lining o'zagidan yasalgan bo'lib, misraga misrani qo'shib kuylashni, aytish ma'nolarini anglatadi.

Turkiy tillar - hozirgi va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan.

Qo'shiq mazmuni, aytilish o'rni, usuli va vazifasiga qarab ham turlarga bo'linadi. Masalan, mehnat qilish paytida, ishlayotganlar tomonidan ijro etilib, mazmunan mehnat jarayoni bilan bog'liq bo'lsa, bunday qo'shiqlar mehnat qo'shiqlari de-yiladi.

Yoki insonning ko'ngil kechinmalari ifodalansa, unday qo'shiqlar lirik qo'shiqlar deyiladi.

Xalq qo'shiqlarida mehnatkash xalqning ruhiy kechinmalari, dunyoqarashi aks etadi.

Qo'shiqlar kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevar-lik va elparvarlikka, vatanparvarlik va do'stlikka, sadoqatga chaqiradi. Inson hayoti davomida qo'shiqning o'rni juda katta. U kishi qalbini yumshatadi, ezgu ishlar sari yetaklaydi, ba'zan ayrim muammolar yechilishiga ham sabab bo'ladi. Qo'shiq ta'sirida sog'lig'i yaxshilangan bemorlar ham ko'plab topiladi. Shuning uchun ham bobo-momolarimiz qo'shiqni qadrlaganlar va asrlar osha avlodlarga meros qilib qoldirganlar.

O'zbek xalqining dehqonchilik, chorvachilikhunarmandchilikbilan bog'liq qo'shiqlari mavjud bo'lib, ular o'ta qadimiyligi bilan qimmatlidir.

Hunarmandchilik, hunarmandlik - milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.

Chorvachilik - qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.)

Don yanchishda:

Mayda-mayda, mayda qil, maydayo-mayda, Qopda turgan unday qil, maydayo-mayda. Bui maydani bo'lgan so'ng, maydayo-mayda, O'tli, suvli soyda bo'l, maydayo-mayda.

Maydalar qil, ko'raylik, maydayo-mayda, Shoxingga gul taqaylik, maydayo-mayda. Shoxingdagi gullarni, maydayo-mayda, Yaxshilikda ko'raylik, maydayo-mayda.

Yoki qo'y sog'ishda:

Esli molim-oqilim, turey-turey, Yelkamdagi kokilim, turey-turey. Shuncha molning ichida, turey-turey, Bog'da ochilgan gulim, turey-turey.

O'zbeklar orasida gilam, sholcha to'qish keng tarqalgan bo'lib, ana shu mehnat jarayonida quyidagicha qo'shiqlar aytilgan:

O'rmagimni to'qiyman, Kecha-kunduz to'qiyman. Qachon tamom bo'ladi, Deb ashula to'qiyman.

Keyinchalik xalq qo'shiqlari musiqa asboblari jo'rligida kuyla-na boshlangan.

Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.

Qo'shiqlaming kuylar jo'rligida ijro etilishi unga alohida joziba bag'ishlaydi va tinglovchiga ta'siri kuchliroq bo'ladi. O'zbek milliy musiqa asboblari qatoriga dutor, rubob, nay, g'ijjak, doira kabilar kiradi. 



Dutor - chertma torli xalq cholg'u asbobi. O'rta Osiyo va Sharqiy Tur-kistonda keng tarqalgan. Asosan tut yog'ochidan yasaladi. Hozirda o'rik, yong'oq yog'ochlaridan ham ish-lanmoqda. Xalq orasida "To'rg'ay", "Farg'onacha", "Tanovar", "Rohat", "Munojot", "Jigarpora", "Suvora", "Dilxiroj", "Chertmak", "Sha-foat", "Qo'shtor" kabi maxsus dutor kuylari yaratilgan. 

Rubob - torli cholg'u asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Sharq xalqlari: o'zbek, tojik, uyg'urlar orasida keng tarqalgan. Asosan uch xili mavjud: qashqar rubobi, afg'on rubobi va pomir rubobi. 

Nay - puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. Nay bo'ylamasiga va yonlamasiga ushlab chalinadigan turlarga bo'linadi. Nayning eiig qadimgi turi cho'pon nayidir. U bo'ylamasiga chalinadi. Sozandalar o'rtasida ko'proq yonlamasiga ushlab chalinadigan naylar tarqalgan.

G'ijjak - torli, kamonli soz. O'zbek, tojik, turkman, uy-g'urlarda keng tarqalgan.



Doira (childirma, chirmanda) - o'zbek, tojik, uyg'ur va boshqa Sharq xalqlarining zarb-usul sozi. Gardishi tok zangidan, yong'oq, o'rik yog'ochidan yasaladi, gardishi ustidan bir tomonlama teri qoplanadi. Ich tomoniga halqachalar osiladi.

Yurtimizda xalq e'tiborini qozongan, uning qalb to'ridan joy olgan san'atkorlar juda ko'p. Biri qo'shiqchilik sohasida shuhrat qozongan bo'lsa, boshqa birlari raqs san'ati bilan e'tibor top-gan, yana birlari opera va balet yulduzi bo'lsa, yana boshqa biri dramatik yoki kinoaktyor sifatida o'zini namoyon etgandir. Xalqimizning ularga mehri bo'lakcha. Chunki xalq san'atkordan, uning san'ati sehridan kuch, ma'naviy ozuqa oladi. Shuning uchun ham xalq orasida "San'atkor - qalb chirog'i" degan ibora yuradi.




 
Xalq e'tirofini topgan san'atkorlarimizdan Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Abror Hidoyatov, Soyib Xo'jayev, Komiljon Otaniyozov, Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Botir Zokirov, Olim Xo'jayev, Sora Eshonto'rayeva, Hamza Umarov kabilaming nomlarini iftixor bilan tilga olamiz. Ulardan ayrimlari bilan tanishing.





Yunus Rajabiy (1897-1976) - bas- takor, xonanda va sozanda, o'zbek xalq musiqa merosini to'plovchi, akademik, xalq artisti.

Artist (frans. artiste - bilimdon; lot. ars, artis - kasb, hunar, sanʼat) - dramatik spektakl, kinoda rollar, ope-ra va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuriti-ladi.

U ko'plab kuy, ashulalar, xor asarlari muallifi, bir qancha qadimgi o'zbek kuy va ashulalarini tiklagan. Yunus Rajabiyning o'zbek musiqa merosini to'plashdagi 
xizmatlari katta. "ShashmaqonV'ning 6 jildlik yangi nashrini tayyorlagan allomadir.Yunus Rajabiy

NASIHAT 

Bobom bizga foydali maslahatlar beradilar.

—Elektr nuri bo'lmasa, qorong'ida dars tayyorlay olmaysizlar. Shuning uchun kerak bo'lmagan chiroqlarni o'chirib qo'ying, — deydilar.

To'g'ri-da, agar yorug' bo'lmasa, qanday yashash mumkin. Elektr insonlar uchun muhim narsa. Undan to'g'ri foydalanish zarur. Bobom ko'pni ko'rganlar. Shuning uchun zarur nasihatlar beradilar.

—Tejamli bo'lishning foydasi ko'p, — deydilar bobom.

SUHBAT ODOBI

Ko'pchilik davrasiga kirganingizda, badaningiz, kiyimingiz ozoda bo'lsin. Davraga yoshingizga qarab joylashing. Qovoq solib, po'ng'illab gapirmang. Muo-malangiz xush, chehrangiz ochiq bo'lsin. Boshqalarga so'z bermay, mahmadonalik qilmang. So'zingiz ma'noli, qisqa bo'lsin. Arzigan va arzimagan narsaga

kulavermang. Suhbatdoshini masxaralash, laqab qo'-yish, qo'lini paxsa qilib yoki pichirlab gaplashish xunuk odatdir.

Siz ham bobo va buvilaringizning nasihatlariga quloq solasizmi?

RUXSAT SO'RASH ODOBI

Yumush bilan biror kishining uyiga borsangiz, indamay-netmay eshik ochib kirmang. Awal eshikni qoqing. Ichkaridan „kimsiz" deb so'rashsa, ismingizni to'liq ayting. Eshik ochgan uy egasiga ochiq chehra, muloyimlik bilan salom bering. So'ng muddaoyingizni so'zlang.

Aziz o'g'il-qizlarim, shuni doimo yodda tuting. Kishi hayotida o'zgalarga ko'rsatgan xizmatiga qarab izzat topadi.

Matnlarni o'qib, qanday xulosa chiqardingiz?

DO'STLIKNING XOSIYATI

Ibn Sino yetuk hakim bo'lib yetishibdi. Otasi o'g'liga nasihat qilibdi:

— Bolam, endi siz podsho saroyidagi davlat bilan kifoyalanmang. O'zingiz har bir qishloq, shaharda saroy quring. Shu saroyda insonlarni davolang. O'g'il „Xo'p" debdi-yu: „Buncha ko'p saroyni qanday qurish kerak?" — deb o'ylab qolibdi.

Bu savolga javob topish kerak. Ibn Sino bir mo'y-safiddan maslahat so'rabdi. Mo'ysafid hakim yigitga juda oqilona maslahat beribdi:

— Siz, shahrimizga keluvchi har bir sayohatchi bilan uchrashing. Ular bilan tanishing, do'stlashing, bordi-keldi qiling, siz ularning yurtiga borganingizda, ularning uylari Sizning saroyingiz bo'lib qoladi. O'sha yurtdagi bemorlar Sizning marhamatingizdan bahra-mand bo'ladilar.

Ibn Sino dono maslahatga amal qilib, do'sti ko'p odam doimo sog'lom bo'ladi, degan xulosaga kelgan ekanlar.

Yuqorida qayd etilgan manbalar ustida ishlashda o’qituvchi o’z maxoratini namoyon qilib interfaol metodlar asosida o’quvchilarni faollashtirib, milliy – ma’naviy qadriyatlarimizni o’quvchilar ongiga singdirib boradi. 

2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy ma’naviy qadriyatlarni o’qish darslarida singdirish texnologiyasi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’qish darslarida singdirish tizimini quyidagi tarzda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yurtimizda bayramlar ko’p, bayramlar ichida shunday bayramlar borki, kuzning birinchi kuni – 1 sentyabr mamlakatimizda katta bilim bayrami tarzida nishonlanadi. Bu kundagi «Birinchi qo’ng’iroq» maktablarda ham o’quv yilining boshlanishidan darak beradi. Bu bayram barcha ota – onalar, o’qituvchilar va o’quvchilarga quvonch ulashadi. Bu, ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo’yuvchilar kayfiyatida yaqqol seziladi. Chunki «Birinchi qo’ng’iroq» ning asosiy qahramonlari aynan shular.

Insonning shakllanish jarayonida uning maktabga ilk qadam qo’yishi va bilim olishga kirishishi yeng muhim hodisalardan birdir. Bu voqyeaga ota – onalar, maktab ma’muriyati va bolalar oldindan tayyorgarlik ko’radilar. Bolalar maktabga ilk marta borganda hayajonli va tantanali holat, ya’ni bayram kayfiyati vujudga keladi. Aynan shu paytda maktablarda «Salom maktab» yoki «Birinchi qo’ng’iroq» bayrami o’tkaziladi va bu sinf o’quvchilarida maktabga nisbatan, ilm – fanga nisbatan yuksak hurmat tuyg’usini shakllantiradi. «Birinchi qo’ng’iroq» bayrami shunchaki birinchi sentyabrni nishonlash bo’lib qolmay, balki jajjigina o’g’il – qizlarning buyuk va muqadds dargoh – maktabga qadm qo’yishlari kunidir.

1 sentyabr – Mustaqillik, Tinchlik, Bilimlar bayrami kunidir va bularning birgalikda nishonlanishi – Mustaqillik, tinchlik va bilimlar tantanasining timsolidir. Mustaqillik bayramining davomi sifatida yangi o’quv yili boshlanishining o’zida ham ramziy ma’no bor. Bu umumxalq bayrami bo’lib, chuqur va yorqin bilimlar olamiga sayohat qilish uchun, respublikamizning mustaqilligi va gullab – yashnashi uchun, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalik xukum surishi uchun ijodiy kurash sifatida an’anaga aylanmoqda.

Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.


Mustaqillik, kuylayman seni

Bor ovozim, kuylarim bilan,

Mustaqillik, asrayman seni

Kerak bo’lsa, qo’llarim bilan.

Mustaqillik, kuylayman seni

Bor san’atim, hayotim bilan.

Mustaqillik, asrayman seni



Kerak bo’lsa, hayotim bilan.

Mana shunday sherlarni ifodali o’qish albatta o’qish darslarida o’rgatiladi. Uni albatta ustoz muallim yosh jajji qalb egalariga sabot va matonat bilan o’rgatganligi bois ham ustozlar to’g’risida ko’plab asarlar bitilganki ular bir umr inson xotirasida saqlanib qoladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ham o’qish darslarida o’zlariga kerakli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlarida shakllantiradi. Shu sababli ham ular asta-sekinlik bilan ilm sir-asrorlarini o’zlashtirib boradi. Ustozidan qunt bilan olgan saboqlarini o’z hayotida sinab ko’radi. Yozish va o’qishning murakkab va og’ir tomonlari bilan bir qatorda uning diliga xuzur bag’ishlovchi jixatlaridan lazzatlanish, roxatlanish xissini tuyadilar. Balki shu sababli ham ustoz shoir Po’lat Mo’min quyidagi satrlarni bitgan bo’lsa ne ajab.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling