Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi
Download 163.09 Kb.
|
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
- Epidemiologiyasi.
Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan kemiruvchilarning jasadi ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i zich yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali laboratoriyaga jo‘natiladi.
Davolash. Bemor maxsus izolyatorga yotqiziladi. Antibiotiklardan streptomitsin, tetratsiklin, levomitsin yaxshi natija beradi. Ko‘pincha 2 xil antibiotik kombinatsiyasi yoki antibiotik bilan sulfanilamid preparatlar aralashtirib beriladi. Yurak preparatlari, vitaminlar keng qo‘llaniladi. Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, Ringer suyuqligi, reopoliglyukin, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalarning birortasi quyiladi. Tounga qarshi gamma-globulin ishlatiladi. Profilaktikasi. Keyingi yillarda o‘lat onda-sonda uchraydi. O‘zbekistonda 1990-yilda oxirgi marta o‘lat bilan og‘rigan bemor qayd qilingan. Mamlakatimizda o‘latga qarshi kurash stansiyalari (Toshkent va Nukus shahri) va otryadlari (Buxoro va Zarafshon) mavjud. Ularning maqsadi o‘latning ustidan epidemiologik nazorat olib borish. Ular tabiiy o‘choqda kemiruvchilarni tekshirish, ular orasida deratizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 6 kun izolyatsiya qilinadi. Maxsus profilaktika maqsadida tounga qarshi vaksina ishlatiladi. Emlangandan so‘nggi immunitet bir yilcha saqlanadi. Kuydirgi – og‘ir intoksikatsiya, yuqori harorat, teri yoki ichki a’zolarning jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni kuydirgi tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Organizmdan tashqarida spora holida uchraydi. Mikrob kuchli toksin ishlab chiqaradi. Kuydirgi tayoqchasi dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi, lekin sporasi tashqi muhitda juda turg‘un. Suvda bir necha yil, tuproqda o‘n yillab saqlanadi. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridir. Mikrob ular organizmidan tashqariga chiqib, turli yo‘l bilan odam organizmiga tushishi mumkin. Kasal hayvon go‘shtidan tayyorlangan ovqat vositasida ham kasallik yuqadi. Hayvonlar terisini oshlashda va mo‘yna orqali ham kuydirgi yuqib qoladi. Shu boisdan kasallik ko‘proq chorva mollari bilan bog‘liq odamlarda uchraydi. Keyingi yillarda, Rossiya, Moldava, Ukraina, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalarida kuydirgi kasalligi sporodik holda uchrab turadi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o‘rta hisobda 2-3 kun. Uning teri, ichak, o‘pka va septik shakllari mavjud. Teri shakli eng ko‘p uchraydi. Mikrob tushgan joy terisida dastlab dog‘, toshma, so‘ngra vezikula, pustula va yara hosil bo‘ladi. Yara yuzasi qoramtir parda bilan qoplanadi. U strup deb ataladi. Strup ostida infiltrat hosil bo‘lib, atrofida mayda yangi pufakchalar shakllanadi. Yara va uning atrofi og‘rimaydi. Bemor darmonsizlik, lohaslik, bosh og‘rishidan shikoyat ga yetadi va 5-6 kun shu holda saqlanadi. 2-4 haftadan°qiladi. Isitmasi 39-40 keyin yara bitadi. Kasallikning boshqa formalari juda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Download 163.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling