Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi


Download 163.09 Kb.
bet8/19
Sana17.06.2023
Hajmi163.09 Kb.
#1519996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI

Epifitotik vaziyatlar. Bu o’simliklarning ommaviy nobud bo’lishi. O’simliklar kasalligi – fitopatogen yoki muhitning noxush sharoitlari ta’sirida o’simliklar hosildorligining pasayishiga yoki nobud bo’lishiga olib keluvchi hjayralar o’simlik organlari va butun o’simlikdagi me’yordagi moddalar almashinuvining buzilishi. Fitopogen – o’simlik kasalligi qo’zg’atuvchisi. Moddalar almashinuviga halokatli ta’sir etuvchi biologik faol modda ajartib, ildiz tizimini zararlaydi, to’yimli moddalar kirishiga xalaqit beradi. O’simliklarning kasalliklari va zararkunandalarning tarqalishi epifitotiya, enfitotiya va panfitotiya tarzida ro’y beradi.
Epifitotiya – q/x ekinlarining ommaviy nobud bo’lishi va hosildorlikning pasayishi bilan kechuvchi vaqt va fazoda rivojlanuvchi ommaviy kasallik va o’simlik zararkunandalari sonining keskin ko’payishi.
Enfitotiya – tabiiy va xo’jalik-iqtisodiy sharoitlari ushbu kasallikning har tomonga tarqalishiga yo’l qo’ymaydigan, aniq joy, xo’jalik, aholi yashash joyida q/x o’simliklari o’rtasida yuqumli kasalliklarning bir vaqtda tarqalishi.
Panfitotiya – bir necha mamlakat yoki qita’ hududida o’simliklarning ommaviy kasallanishi va q/x o’simliklari zararkunandalarining keskin ko’payishi. Kartoshka fitoftorozi – zararli kasallik. Tuganaklar hosil bo’lish davrida ko’chatlarning bevaqt nobud bo’lishi va ommaviy chirib ketishi tufayli hosil miqdori kamayib ketadi. Gullash davrida cho’q qora-jigarrang yoki kulrangsimon yog’li dog’lar paydo bo’ladi. Zararlangan barglarning orqa tomonida oq rangli karash hosil bo’ladi. Yomg’irli havoda kasallik tez tarqaladi va bir necha kun ichida barcha ko’chatlarni shikastlaydi. Kasallik, odatda, yozning ikkinchi qismida kuzatiladi. Hosildorlik 15-20% va undan ko’proq yo’qotilishi mumkin.
Kratoshka parvonasi – yoyilgan qanotlari kengligi 28-40 mm ga yetadigan kapalak. U o’simlik poyasiga tuxum qo’yishi bilan o’simlik nobud bo’ladi.
Meva bog’larida olma qurti, shira, qalqandorlar uchraydi. Olma qurti urug’ mevali daraxtlarga jiddiy zarar yetkazadi. Unga qarshi kurashish uchn kuzda va bahorda daraxtlarning qurigan po’stloqlari va shoxlari kesilib, ishlov beriladi. Qator oralarga ishlov berilib, begona o’tlar va o’simlik qoldiqlaridan tozalanadi. Bahor oylarida bog’larda kalmaraz (parsha), un-shudring kabi kasalliklar rivojlanib, zarar keltirishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Danakli meva bog’larda esa klyasteriosporioz (teshikli dog’lanish) va barg buralishi kasalliklari hosilga jiddiy zarar yetkazadi. Hayvonlar va o’simliklarning ommaviy kasallanishi hollari boshqa Fvlardan son jihatdan фокфдши turadi. Keyingi yillarda respublikamizda ushbu Fvlarning yuz berishi ehtimolligi oshib borayotganligi ulardan muhofazalanish tadbirlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ko’rsatadi.  

Download 163.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling