Ii bob jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish tamoyillari


Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantrishda yosh xususiyatlari


Download 83.72 Kb.
bet13/17
Sana31.01.2023
Hajmi83.72 Kb.
#1144626
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
JISMONIY SIFATLAR TOҐRISIDA TUSHUNCHA

Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantrishda yosh xususiyatlari
Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o‘ziga xos jihatlarini, harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir.
Trenerning yosh zonalarini bilishi ko‘p yillik mashq jarayonini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko‘p yillik mashg‘ulotning oqilona tizimi qurishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik - taktik faoliyatlarni sifatli o‘zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o‘rganish lozim.
Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zahirasi mavjud bo‘ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta’sirotlar tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta’sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog‘onasida o‘sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to‘la namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Jismoniy qobiliyatlar tushunchasiga aynan harakat faoliyatining namoyon bo‘lishi bilan birga bu namoyon bo‘lishning o‘ziga xosligini belgilovchi ruhiy – fiziologik xususiyatlar ham kiradi.
Kuchning miqdoriy o‘lchami sifatida mushak zo‘riqishining kattaligi xizmat qiladi; tezkorlikning o‘lchami – mushak qisqarishlari tezligi, uning yashirin davri, shuningdek, muayyan masofa kesmasida harakatlanish tezligi; chidamkorlikniki – mushak ishining bajarilish davomiyligidir. Periferik harakat apparati, ichki organlar faoliyatining holati, biokimyoviy jarayonlar har bir jismoniy sifatning namoyon bo‘lishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jismoniy sifatlarning takomillashuvida ongli irodaviy nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tezlik chidamliligining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ish jarayonida tang holatni yengib o‘tish malakasi 400-1500 m ga yugurishdagi muvaffaqiyatni jiddiy darajada oldindan belgilab beradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning tuzilishga xos asoslari tayanch – harakat apparati, markaziy va periferik asab tizimi, ichki a’zolardagi ijobiy morfologik hamda biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Demak, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi somatik hamda vegetativ faoliyatlarning muvofiqligiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqador ekan.

Download 83.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling