Ii-bob. Jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarining suzish mashg‘ulotlari jarayonida 14-15 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirishning texnologik asoslari


Suzish bilan shug‘ullanish jarayonida 14-15 yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgaligini shakllantirishga tayyorligi ko‘rsatkichlari, mezonlari va darajalari


Download 136.66 Kb.
bet4/13
Sana17.08.2023
Hajmi136.66 Kb.
#1667861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-bob suzish

Suzish bilan shug‘ullanish jarayonida 14-15 yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgaligini shakllantirishga tayyorligi ko‘rsatkichlari, mezonlari va darajalari

Tayyorlik komponentlari

Tayyorlik ko‘rsatkichlari

Tayyorlik mezonlari

Tayyorlik darajasi

Darajalar bahosi (ballarda)

Intellektual

1). Inson organizmi haqida bilim asoslari majudligi (anatomiya, psixologiya, fiziologiya);
2). Jismoniy tabiya nazariyasi asoslari bilimi;
3). Jismoniy tayyorgarlik asoslari bilimi;
4). O‘zining jismoniy rivojlanishi va psixologik xususiyatlari haqida bilimi.

Bilimlar aniq, yaqqol ko‘rinadi, ishlata biladi.

Yuqori


5


Bilimlar to‘liq emas, jismoniy tayyorgarlikda to‘laqonli ishlata olmaydi.

O‘rta

4

Bilimlarida kamchiliklar yaqqol qo‘rinadi.

Past

3

Psixologik

1). Jismoniy tarbiya va jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish ehtiyoji va motivining mavjudligi;
2). Irodaviy sifatlarning yetarli darajada rivojlanganligi;
3). Oldiga qo‘ygan maqsadning borligi.

Jismoniy tarbiya va jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish istagi va motivi yorqin namoyon bo‘lgan.

Yuqori

5

Motivlar mavjud, ularni amalga oshiriga bo‘lgan urinishlar vaziyatlarga bog‘liq.

O‘rta

4

Motivlar yo‘q, irodaviy sifatlar yetarli darajada rivojlanmagan.

Past


3


Faoliyatli

1). O‘z bilimlarini ishlata olishi;
2). O‘zida jismoniy tayyorgarlikni boshqara olishi.
3). Jismoniy tayyorgarlikni amalda ishlata olishi.

Ko‘rsatkichlarni amalda ishlata olishi.

Yuqori


5


Biron bir ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi.

O‘rta


4


Ko‘rsatkichlarni amalda vaziyatga qarab qo‘llaydi.

Past


3


Jismoniy

1). Sog‘lom turmush tarziga intilishi mavjudligi.
2). Jismoniy sifatlarning mavjudligi.
3). Jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish istagi mavjudligi.



Ko‘rsatkichlar rivojlangan. Natijalarni yuqori darajaga yetkazish istagi mavjud.

Yuqori

5

Natijalar bor bo‘lsa ham davom ettirish istagi yo‘q.

O‘rta


4


Bilimi past. Istak va motivasiya deyarli yo‘q.

Past

3


Biz basseynga birinchi bor ro‘yxatdan o‘tganlar va avvalroq tashrif buyurgan suzish bilan shug‘ullanadigan 14-15 yoshli o‘quvchilarda jismoniy tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismlarining rivojlanish darajasi bilan qiziqdik. Maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini shakllantirishga tayyorligi ularning intellektual, psixologik, faolligi va jismoniy kabi tarkibiy qismlarining holati, jismoniy tayyorgarligi holati bilan belgilandi.
Eksperimentda 14-15 yoshli 565 nafar maktab o‘quvchilari (315 nafar o‘g‘il va 250 nafar qiz) o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi, ular teng tarkibli sakkizta guruh ishtirok etdi. Anonim so‘rovda savollar bolalarning jismoniy tayyorgarligining tarkibiy qismlari bo‘yicha guruhlangan. O‘quvchilarning javoblari ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar va mezonlar bilan taqqoslandi, bu bizni qiziqtirgan komponentlar darajalarini aniqlash imkonini berdi.
Intellektual tayyorgarlikni aks ettiruvchi savollarga jismoniy tarbiyaning tabiiy fanlar sohasidagi nazariy va amaliy bilimlar (gigiena asoslari va sog‘lom turmush tarzi, kundalik tartib, darsda texnik xavfsizlik va boshqalar); jismoniy tarbiyaning inson uchun ahamiyati (jismoniy faoliyatning inson tanasiga ta’siri; darslarning davomiyligi, ularni tashkil etish va o‘tkazish usullari, zarur harakat rejimi va boshqalar); jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini bilish (turli sport turlari, ularning hususiyatlari va insonga ta’siri haqida ma’lumot); ularning jismoniy holati va jismoniy imkoniyatlarini bilish kabi bilimlarni o‘z ichiga oldi. Aniqlangan ma’lumotlar 6-jadvalda keltirilgan.

Download 136.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling