Ii bob. Klauzius-Klapeyron tenglamasini keltirib


Birinchi tur fazaviy o’tish


Download 89.16 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi89.16 Kb.
#1262052
1   2   3   4   5
Bog'liq
FIZIKAAA

1.2. Birinchi tur fazaviy o’tish
Birinchi tur fazaviy o`tishlarga modda agregat holatining o`zgarishi misol bo`la oladi. Masalan, moddaning suyuq va gazsimon holatdan qattiq holatga o`tishi (kristallanish), suyuqlikning bug`lanishi va aksincha o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlardir. Bu turdagi fazoviy o`tishlarda jism energiya ajratadi yoki yutadi. Shu sababli energiyaning yoki energiya bilan bog`liq bo`lgan boshqa kattaliklarning sa-krashsimon o`zgarishi bilan bo`ladigan fazaviy o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlar deb ataladi.
Birinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birato`la butun hajmda paydo bo`lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo`lib, so`ngra ular o`sib butun hajmga tarqaladi.
Moddaning qattiq holati turli kristall tuzilishlarga, ya`ni turli modifikasiyalarga ega bo`lishi mumkin. Masalan, qattiq uglerod grafit yoki olmos ko`rinishida mavjud bo`la oladi. Qattiq temir to`rt xil modifikasiyada ( -,  -,  - va  temir) mavjud bo`lishi mumkin. Ba`zi suyuqliklar ham turli modifikasiyalar ko`rinishida mavjud bo`la oladi. (masalan, suyuq geliy I va geliy II). Temperatura va bosim o`zgarganda ba`zi modifikasiyalar boshqalariga aylanishi mumkin. Bunday aylanishlar ikkinchi tur fazaviy o`tishlar deb ataladi.
Ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda issiqlik ajralmaydi yoki yutilmaydi, shuningdek, moddaning solishtirma hajmi o`zgarmaydi. Bunday o`tish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz o`zgarishi, ya`ni panjarada zarralarning o`zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro`y beradi. Odatda bunday o`tish ma`lum bir temperaturada ro`y beradi. Ikkinchi tur fazaviy o`tish sodir bo`ladigan bu temperaturaga Kyuri nuqtasi deb ataladi. O`tish nuqtasida ikki turli fazaning muvozanati bo`lmaydi, chunki o`tish butun hajmda birdaniga sodir bo`ladi. Bunday o`tishda issiqlikning ajralishi yoki yutilishi ro`y bermasada, o`tish nuqtasidan yuqori va past temperaturalarda moddaning issiqlik sig`imi va hajmiy kengayish koeffitsiyenti turlicha bo`ladi.
Ba`zi bir ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda kristall tuzilishining o`zgarishi ro`y bermaydi. Masalan, magnit qotishmalarning ferromagnit holatdan paromagnit holatga o`tishi bunday o`tishga taalluqlidir. Ba`zi metallarning normal holatdan o`ta o`tkazuvchan holatga o`tishi ham shunday o`tishga misol bo`ladi. Bu jarayon mutlaq nolga yaqin temperaturada yuz beradi va elektr qarshilikning nolgacha sak-
rashsimon kamayishi bilan xarakterlanadi.
Fazaviy o`tishlarda asosiy rolni fizikaviy kattaliklarning fluktuasiyalari o`ynaydi. O`tish nuqtasi yaqinida fluktuasiya bilan qamrab olingan hajmda yangi faza hosil bo`lish ehtimoli ortadi. Masalan, zichlikning fluktuasiyasi kristalanish markazining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda o`tish nuqtasi yaqinida fluktuasiyalar turlicha rivojlanadi.
Birinchi tur fazaviy o`tishlarda o`tish nuqtasiga yaqinlashgan sari yangi fazaga sabab bo`ladigan fluktuasiyalar soni ortib boradi va ularning hosil bo`lish joylarida yangi fazaning markazlari paydo bo`la boshlaydi. Ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birdaniga butun hajmda paydo bo`ladi. Shu sababli har qanday mikroskopik fluktuasiyalar fazaviy o`tishga olib kelmaydi. O`tish nuqtasiga juda yaqin bo`lgan holatlarda yuzaga keluvchi fluktuasiyalargina yangi fazaning vujudga kelishiga sabab bo`lishi mumkin. O`tish temperaturasiga yaqinlashgan sari yangi fazaga o`tishga sabab bo`luvchi fluktuasiyalar moddaning tobora katta hajmni qamrab oladi va nihoyat o`tish nuqtasida ular cheksiz ko`p bo`lib qoladi, ya`ni yangi faza butun hajmda birdaniga hosil bo`ladi.
Ikkinchi tur fazaviy o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlarga nisbatan ancha murakkab bo`lib, o`tish nuqtasi atrofida bo`ladigan hodisalar va jarayonlar hali oxirigacha to`liq o`rganilgan emas.

Download 89.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling