Ii bob. Madaniy o simliklarni kelib chiqishi va kelib chiqishi
O’zbekiston respublikasidagi madaniy o’simliklar turlari va ularni kelib chiqishi
Download 389.57 Kb.
|
Madaniy oʻsimliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
2.3. O’zbekiston respublikasidagi madaniy o’simliklar turlari va ularni kelib chiqishi
O`zbekiston o`simlik resurslarining ahamiyati juda kattadir. Eng avvalo o`simliklar ham saqlovchi, daryo suvini bir me`yorda saqlab turuvchi, tuproq eroziyasi oldini oluvchi, qumlarni mustahkamlovchi hamda havoni toza saqlab turuvchi muhxim omil bo`lish bilan birga kishilarga dam olib, hordiq chiqarib, estetik zavq ham beradi. O`zbekiston o`simliklari chorvachilikni rivojlantiruvchi yaylov va em-xashak manbai. Respublika o`simliklarining 90% ga yaqini em-xashak uchun yaroqli. Hatto cho`l mintaqasidagi yaylovlarning hosildorligi gektariga 3—5 sentnerni (xashak hisobida) tashkil etadi. Toshloqli cho`llarda va Ustyurtdagi yaylovlarning hosildorligi gektariga 2—4 s. bo`lsa, shurxokli cho`llarda esa 2—3! sentnerni tashkil etadi. O`zbekistonning adir balandlik mintaqasida o`simliklar qalin o`sib, hosildorligi gektariga 8—10 s. gacha boradi. Bu mintaqa chorvachilik uchun yil buyi yaylov hisoblanadi. Ayniqsa efemer, efemeroid, efemeroid-shuvoq, bug`doyiq, taktak (yovvoyi arpa), chalov kabi baland buyli o`tlardan yil buyi chorva mol-lari uchun yaylov sifatida foydalanishdan tashqari pichan xam (gektaridan 4—6 sentnergacha) tayyorlash mumkin. Tog` balandlik mintaqasidan yozgi va kuzgi yaylov sifatida hamda pichan tayorlashda foydalaniladi. CHunki bu mintaqada buyi 90—100 sm gacha bo`lgan xar xil utlar qalin o`sib, hosildorligi gektaridan 15—20 s. gacha borishi mumkin. Ayniqsa bug`doyiq, javdar, taktak (yovvoyi arpa), tariqbosh, chalov kabi o`simliklar eng muhim yaylov va em-xashak manbaidir. Lekin tog` mintaqasida rel`efining noqulayligi tufayli o`sha pichanzorlarni mexanizm yordamida o`rib olishni ancha qiyinlashadi. O’zbekiston o’simlik dunyosi juda xilma-xil va boy. Respublikamiz hududida 146 oilaga mansub 4148 o’simlik turi mavjud bo’lib, shundan 3000 turi yovvoyi holda o’sadi, bulardan 9% i faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekiston florasida Eron, Afg’oniston va O’rta dengiz bo’yi mamlakatlari florasining vakillari ko’p uchraydi. Shuningdek, shimoliy qo’shni hududlar florasining ayrim vakillari mavjud. Boshqa kontinentlarning 500 ga yaqini o’simliklari ham o’stirilmoqda. O’zbekistonning katta qismi quruq subtropik mintaqada joylashagan. Subtropik alomatlari havo harorati rejimida aniq ko’rinmagandek, uning florasida ham uncha sezilmaydi. O’zbekistonda doimiy yashil subtropik o’simliklar yo’q. Biroq birmuncha uzoq va jazirama yoz ba’zi tropik ekinlarni etishtirishga imkon yaratadi. Ma’lumki, O’zbekiston maydonining katta ekanligi, er yuzasinig g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa hamda sharqqa tomon ko’tarila borishi natijasida shu yo’nalishda tabiat o’zgarib, balandlik mintaqalarini hosil qiladi. Ularning har birida tabiiy sharoiti, ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar bir-biridan farq qiladi. Bular o’z navbatida har bir zona va mintaqada o’ziga xos o’simlik qoplamining shakillanishiga olib keladi. O’zbekistonda balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va ularning sabablari, ular bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar akademik Q.Zokirov tomonidan 1955 yilda o’rganib chiqilgan. Olim Zarafshon tog’ tizmasidagi o’simliklarni uzoq yillar davomida o’rganish natijasida bu erlarni tekislikdan baland tog’largacha quyidagi 4 ta mintaqaga-cho’l, adir, tog’ va yaylovga bo’lish mumkinligini va bu atamalarni butun O’zbekiston, hatto O’rta Osiyoning janubi-g’arbiy qismi uchun ham tadbiq etish mumkinligini ko’rsatadi (9-jadval). Akademik Q.Zokirov tavsiya etgan bu balandlik mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. Xulosa Bizga ma’lumki,o`simliklarning 500 minnggacha turlari mavjud. Shulardan 40 mimg turi yo`qolish xavfi ostida. Sobiq Ittifoq hududlarida o`simliklarning 17520 turi o`sgan. Ularni 1676 turkum v 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko`ra, qutb va tundra hududlarida gulli o`simliklarning 189-507 ga yaqin turiuchraydi. Rossiyaning Yevropa va G`arbiy Sibir hudularida uchraydigan o`cimliklarning turlar soni 1061-1347ta atrofida. Sharqiy Sibir, uzoq Sharq va kam o`rmonli o`tloqzorlarda 640-1185 ga yaqin o`simlik turlaritopilgan. Janubiy tog`li tumanlarda o`simliklarning 1774-2935 turi, Volga bo`ylarida 1418 turi, Irtish vohasida 1600 turi uchrashi aniqlangan. Biz iste'mol qiladigan noz-ne'matlarning deyarli barchasi ekib o stiriladigan o'simliklardan olinadi. Hovliga qarasangiz, oddiy kashnich-rayhondan boshlab uzum-olma, nok-shaftoli deysizmi, dalalardagi g'allalar, polizlardagi tarvuz-qovunlar, o'tloqdagi bedazorlargacha hammasini ota-onalarimiz ekib ko'kartiradilar. Albatta, tabiatning o'zida ham inson ishtirokisiz, o'z-o'zidan ko'payib, iste'molga yaraydigan mevalar, sabzavotlar, rezavorlar, gullar ham ko'r o'sadi. Har yili bahorda tog'larda ravochlar, dalalarda lolalar, chuchmomalar o'sadi. Kuzga borib do'lanalar sarg'ayadi, na'matak, zirk, zira, turli dorivor o'simliklar pishib yetiladi. Odamlar ularni yig'ib-terib oladilar va o'z ehtiyojlariga ishlatadilar. Lekin odamlarning tirikligini — bizni oziq-ovqat bilan, sanoatni xom ashyo (tola, bo'yoq, lok va boshqalar) bilan ta'minlashda millionlab gektar maydonlarda ekib o'stiriladigan o'simliklar asosiy o'rinda turadi va ular madaniy o'simliklar deb ataladi. Tabiatning o'zida, ua'ni inson ishtirokisiz o'sadigan o'simliklar yovvoyi o'simliklarga kiradi. Dunyoda qancha madaniy o'simliklar bor? Agar ularning eng ko'r iste'mol qilinadigan, masalan, bug'doy, arpa, piyoz, g'o'za kabi eng muhim turkumlanni sanaydigan bo'lsak, yuzdan ortadi (Yer sharida urug'li yovvoyi o'simliklarning 300 mingga yaqin turi o'sadi). Lekin ularning navlarini hisoblaydigan bo'lsak, hisobdan adashib ketishi- bug'doy, arpa, javdar, suli, makkajo'xori, sholi, tariq, jo'xori, grechixa; dukkakli don o'simliklaridan no'xat, mosh, loviya; mevali o'simliklardan tok, olma, o'rik, nok, shaftoli, behi, olcha, olxo'ri; subtropik o'simliklardan anor, anjir, limon, apelsin, xurmo, feyxoa; rezavor mevalardan qulupnay, malina, smorodina, krijovnik va boshqalar, gullardan atirgul, chinnigul, lola, nilufar, binafsha, gultojixo'roz va boshqalar keng tarqalgan. Odamlar foydali o'simliklarni ekib o'stirishni tosh asrida, bundan 10 — 12 ming yil avval o'rganganlar. Unga qadar yovvoyi o'simliklarni, iste'molga yaroqli boshog' mevasi, bargi, tuganagi va boshqa organlarini yig’ib, o’z tirikchiligiga ishlatishgan. Bu davr tarixda “terimchilik” davri deb ataladi. Kerakli o'simliklarni ekib o'stirishni o'rganib olgan qadimgi dehqonlar boshoqlari bo'liqroq, mevalari shirinroq, hosili ko'p va boshqa foydali xo'jalik xususiyatlari bilan ajralib turadigan yowoyi o'simlik nusxalarini tanlab ekishga kirishganlar, tuproqni yumshatib, sug'orib parvarish qilishgan. Bunday ishlar asta-sekin doimiy davom ettirilgan. Asrlar davomida Yovvoyi o'simliklarning xo'jalik belgilariga ko'ra eng yaxshi nusxalarini ajratib, tanlab olish yo'li bilan madaniy o'simliklarning juda ko'p turlarini yaratdilar. Keyinchalik odamlar sun'iy duragaylash, changlash, o'simliklarni boshqa joylarga tarqatishga, yangi sharoitlarda o'sishga moslashtirishni o'rgandi. Har bir o'simlikni madaniylashtirish jarayoni juda uzoq davom etishi mumkin. Shu jarayonda bu o'simlik barqaror yetishtiriladigan ekinga aylanadi va kishilar hamda jamiyat hayotida muhim hayotjy ahamiyat kasb etadi. Madaniy o'simliklarning yovvoyi ajdodlaridan seleksiya ishlarida foydalanib serhosil navlar, shuningdek, ham serhosil, ham kasallik va zararkunandalarga chidamli duragaylar yaratish mumkin. Masalan, o'zbek olimi Sodiq Mirahmedov o'rta tolali g'o'za turini yovvoyi meksika 9'o'zasi bilan chatishtirib, viltga chidamli yangi g'o'za navi (Toshkent-1)ni yaratdi. Shunday qilib, madaniy o'simliklar tamomila inson qo'li va zakovatining ijodi, mahsuli hisoblanadi. Hozirgi davrda Yer yuzida insoniyat hayoti, turmushning to'kinligi ko'r jihatdan madaniy o'simliklardan olinadigan hosilga bog'liq. Adabiyotlar: S. M. Mustafayev,O.A. Ahmedov Botanika,Toshkent, 2006. Ikramov M.I., Normurodov X.N., Yuldashev A.S. Botanika. Toshkent. «O’zbekiston». 2002. Xrjanovskiy V. T. Kurs obshey botaniki, M.: Visshaya shkola, 1982. To’xtayev A. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. Toshkent, 1994. Yoziyev L.X. Botanika. Qarshi: Nasaf, 2006. Ziyonet.uz Arxiv.uz Download 389.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling