Ii. Bob: maktab dasturida chamalash va muvozanat saqlshni takomillshtirish
Download 170.55 Kb.
|
I kirish I. Bob chamalash va muvozanat saqlashni takomillashtir
XULOSALAR
Malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlar, jumladan kuchni ahamiyati va uni tarbiyalash bo’yicha taxlil etilgan adabiyotlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, har bir sport turida va har hil yoshli sportchilarda kuchni rivojlantirish o’ziga hos yondoshuv asosida amalga oshirilar ekan. Bu borada umumiy xulosa yoki tavsiyalar mavjud emas. Yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, yosh sportchilarni tayyorlashda kuch sifatlarini asosan og’irliklar, trenajyorlar va oddiy (predmetsiz) kuch mashqlari yordamida tarbiyalashga urg’u berilar ekan. Shu bilan bir qatorda kuch sifatini kichik og’irlik yoki og’irliksiz nostandart o’yinsimon mashqlar asosida shakllantirish masalasi deyarli yoritilmagan. 2. Yosh voleybolchilarda kuch sifatlarini rivojlantirish bo’yicha 6 oy davomida o’tkazilgan pedagogik tajribamiz natijalari shuni ko’rsatdiki, nostandart o’yinsimon yo’nalishiga ega mashg’ulotlar shu sifatlarni an’anaviy standart mashg’ulotlarga ko’ra smaraliroq shakllantirar ekan. Agar tadqiqiot boshlanishidan avval nazorat va tajriba guruhlarida qo’l-oyoq mushaklari deyarli bir-biridan farq qilmagan bo’lsa, pedagogik tadqiqot muddati tugaganidan so’ng nostandart, o’yin mashqlari bilan shug’ullangan yosh voleybolchilarda mazkur sifatlar nisbatan ancha progressiv rivojlanganligi kuzatildi. Turnikda tortilish gorizontal holatda qo’llarni bukib-yozish, brusyadagi hamda 15 kg. og’irlik bilan o’tirib-turish testlari bo’yicha kuch sifatlari tajriba guruhida 1.0 – 1.5 barobar ortig’i bilan rivojlanganligi aniqlandi. 3. Tajriba guruhida qo’llanilgan o’yinsimon nostandart kuch mashqlari o’ta samarali ekanligini isbotlab berdi. Chunonchi, ushbu guruhda tajribadan avval olingan natijalar nazorat guruhiga nisbatan deyarli farq qilmadi. Lekin, 6 oylik tajribadan so’ng turnikda tortilish 6,4 martaga, brusyada qo’llarni bukish-yozish 8,0 martaga va gorizontal holatda qo’llarni bukish-yozish 9,2 martaga ortdi. Bu holat qo’llanilgan eksperimental mashqlarning qanchalik samarali mohiyatga ega ekanligini namoyish etdi. Download 170.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling