Ii-bob maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat bilan tanishtirish
I-BOB MEHNAT TARBIYASINING NAZARIY ASOSLARI
Download 134.5 Kb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish
I-BOB MEHNAT TARBIYASINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida mehnat tarbiyasining mazmuni Mehnat tarbiyasi –bolalarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek muayyan ijtimoiy foydali harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.Mehnat tarbiyasining maqsadiBolalarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirish, shuningdek mehnat orqali bolani har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy –axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularda mehnat qilish xohishini singdirish ham alohida ahamiyatga ega.Mehnat tarbiyasining vazifalariYosh avlodda mehnat tarbiyasini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning tirli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlashTarbiyalanuvchilarda mehnat istagini jamiyat manfaatlari yo’lida mehnat qilishga ehtiyojni hosil qilish .MTM da mehnat tarbiyasi ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:1. Bolalarni o’zlarini mehnatga o’rgatish2.Kattalar mehnati bilan tanishtirishKattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:Har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati.Mehnat ahli o’rtasidagi ijobiy munosabatHar qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirishMehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirishMehnatning maqsadi uning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirishMehnat materiallarini tanlashga o’rgatishJihozlash ya’ni mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan asboblarni tayyorlashBolalarning o’zlarini mehnatga o’rgatish esa har bir inson uchun zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi:O’z o’ziga xizmat qilish – Bolalar mehnatining har bir turi bo’lib unda bolalar ilk yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanish, yuvinish , kiyinish, o’yinchoqlarni yig’ishtirib quyishga o’rgatiladi . O’z o’ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi.Tabiatdagi mehnat. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib , o’simlik va hayvonlar , yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnatsevarlikni tabiatga ehtiyotkorona munosabatlarni tarbiyalashda muhim sanaladi. Mehnat qurollari bilan tanishtirish ham tabiatdagi mehnat bilan bog’liq tarzda olib boriladi. Xo’jalik maishiy mehnat Bolalar bog’chasida va oilada olib boriladi . Uning mazmuni har xil bo’ladi: Xona va bog’cha maydonchasini yig’ishtirish, choy idishlarni, idish tovoqlarni yig’ishtirish, qo’g’irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotlarga kerakli materialarni tayyorlab quyish, mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib quyish. Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin. Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur. Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi. Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar. O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling