Ii-bob maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasdida mehnat tarbiyaning vazifalari
Download 134.5 Kb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasdida mehnat tarbiyaning vazifalari
Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir. O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga eriilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qonoqish hissini sezadilar. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar o‘yin obrazi orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o‘rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikma, malakalari shakllanib boradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Faoliyat turlarining o‘zi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bo‘lagidir. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirayotib bola faollik ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar. Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bog‘liqdir. Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi. Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar. 2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola jamoada o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning ko‘rsatmasisiz, mustaqil harakat qilishini xohlaydilar. Bolada xulq-atvor sababining paydo bo‘lishi va uni o‘z xohishiga bo‘ysundira olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va mustaqillik kattalar ta’sirida uyg‘otilgan bo‘lsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda bolalar ongliligining roli ortadi, u ba’zan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi. Bu davrdagi bolaning asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yinda bolalar tarbiyachining rahbarligida har xil harakat usullarini, narsa va buyumlar to‘g‘risidagi bilimlarni, ularning sifat va xususiyatlarini bilib oladilar. Bolalar, shuningdek fazoviy, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlik, tenglik kabi tushunchalarni ham egallab boradilar. Birgalikda bajariladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar, ularning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati bilan bir qatorda faoliyatning amaliy shakllari ham rivojlana boshlaydi: rasm yopishtirish, narsalar yasash va hokazo. Bular bolalarda xayolni, amaliy tafakkurni, badiiy qobiliyatni, ijodkorlikni rivojlantirishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Muntazam ravishda berib boriladigan mehnat topshiriqlari bolalar faoliyatini ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirishga, ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanishiga, mehnatdan kelgan umumiy natijadan quvonish kabi sifatlarni tarbiyalashga olib keladi. amoa so‘zi lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, omma, birlashma, yig‘ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan. Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko‘pchilikning afzalligi haqida payg‘ambarimiz S.s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. Tangri ummatlarini faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi», - deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tushganda albatta xal, qarindosh-urug‘ madadkor bo‘ladi. Buni biz uruf-odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin. M: hasharotlar, to‘yga to‘yona bilan kelish va hakazo. SHaxsni shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan jamoa to‘g‘risidagi ta’limot ahloq tarbiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so‘ng birgalikda Biron ishni bajarishga tortish kerak. Bunda qo‘yilgan maqsad bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo‘lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o‘rni kattadir. Bolalar o‘yinlari va mehnatining jamoa tusida bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga xarakat qilishga, o‘z intilishlarini umumiy maqsadga yo‘naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va xarakatiga bo‘y sungan holda boshqarishga o‘rgatadi. Bola yoshligan boshlab, o‘zida boshqalar bilan bolalar jamoasi bilan muloqotda, birgalikda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. YAshab turgan joydagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o‘z xoxishi bilan bormaydi. SHunga qaramay bola bu jamoaning qonun-qoidalariga bo‘y sunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks xolda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o‘zi yashayotgan ahloq,, odob tadribalarini egallashga majbur bo‘ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan baxramand bo‘lishlarini tavsiya etadi. Bolalar o‘zaro yashayotgan jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ularni jamoa a’zolari xurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar jamoasining faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo‘shiladi, ammo barqaror bo‘lishadi. Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi, mashg‘ulotlarida ham sust bo‘lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va yordam berish zarur. Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat e’tiborli bo‘lishi va pedagogik sharoit bilan yondashishi talab etiladi. Jamoatchilikning tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni takomillashtirish. Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni shakllantirish. Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan ahloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi ahloq normalari va qoidalari o‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi etishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng muhimi boshqalarga ko‘rsatishgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish. Kamtarlik, to‘g‘rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi. Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir. Ba’zi bolalar o‘zlari to‘qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko‘rgandek qilib ko‘rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to‘qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak. SHanday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ahloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg‘ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminal-chilik his-tuyg‘ulari asosini shakllantirishda qardosh jumxuriyat-larda yashaydigan har bir millat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish; maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, diafilmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risidagi xikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi. 9.6 Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar: Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart – sharoitlar zarur. - Bog‘cha xodmlarining aql jamoasi mavjud bo‘lishi - Bolalar xayotini to‘g‘ri tashkil etish - O‘yinchoqlarning bolalar yoshiga qiziqishiga mos kelishi - Bolalarda o‘zaro axillik, g‘amhurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar - har hil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish - Oila bilan mustaxkam aloqa o‘rnatish. - Bolalarni ahloq norialari va qoidalarga o‘rgatib borish - Bolalar muassasalarida ijobiy hayrxoxlik muxitini yaratish har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlariga raxbarlik qilish «Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan dasturda xar bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan. Bog‘cha yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasi Maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi: Bolalarning o‘zlarini mehnatga o‘rgatish. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Mehnat qilish muntazam ravishda bo‘lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa, kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni quyidagi mehnat turlariga jalb qilib boriladi: O‘-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiat kuchog‘idagi mehnat, qo‘l mehnati. O‘z-o‘ziga xizmat qilish 0 bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar ilk yoshdan boshlab, mustaqil ovqatlanishga, echinib-kiyinishga, o‘yinchoqlarini yig‘ib qo‘yishga o‘rgatiladi. Bolalar mehnatining bu turi bolalarni tartibli, intizomli, odobli bo‘lishga undaydi. Mustaqillik sifatlari rivojlanadi. Bolalar xo‘jaligi – maishiy mehnatga bolalar bog‘chasida va oilada o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotdan so‘ng stol ustidagi buyumlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirish va hakazolar misol bo‘la oladi. Tabiatdagi mehnat – bolaning har tomonlama rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning bu turi orqali bolalar tuproqni ekin ekinshga tayyorlash, ko‘chatni o‘tkazish, hayvonlarni parvarishlash kabi malakalarni egallab oladilar. Qo‘l mehnati - mashg‘ulot, o‘yin, mehnat faoliyati uchun bolalarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan buyumlari. Qo‘l mehnati orqali bolalarda ijodkorlik, topog‘onlik, bilimdorlik hislatlari o‘sadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning mustaqil mehnatini tashkil etishing ikki shaklidan: yakka tartibdagi mehnat va jamoa tartibdagi mehnatdan foydalaniladi. Tarbiyachining vazifasi – bolalarni tarbiyalash maqsadida ularning imkoniyatlarini eng ko‘p darajada ro‘yobga chiqarishdir. YAkka tartibdagi mehnat. – turli maqsadlar bilan amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda u tarbiyachi tomonidan bolalardan kimdir ta’lim beruvchi mashg‘ulotda qatnasha olmagan yoki o‘z shaxsiy xususiyatlari tufayli biror mehnat jarayonini o‘zlashtira olmagan takdirda tashkil etiladi. Tarbiyachining vazifasi bolaga mehnat jarayonini yaxlit yoki uning eng ogir qismini bajarishini o‘rgatishdan iborat. YAkka tartibdagi mehnat bola mazkur mehnat jarayoniga qiziqish bildirib, uni xatosiz bajarishini o‘rganishga imntilganda uning tashabbuskori bo‘lib, maydonga chiqganda yuz beradi. M: 5 yoshli qizaloq tarbiyachidan o‘zini ertaga navbatchi qilib tayinlashini so‘rab murojat qiladi: «Men qoshiklarni taxlashni o‘rganib olaman. Bugun yanglishib, ularni noto‘g‘ri taxladim. Ertaga albatta ularni to‘g‘ri joylashtiraman». Bu o‘rinda mehnatga raxbarlik qilish hali o‘zlashtirib olinmagan mehnat usullarini shakllantirishga qaratiladi. Ko‘p hollarda tarbiyachi maslaxat berishdan, o‘z - o‘zini nazorat qilish, mehnat usullarini eslatishdan foydalanadi. Katta guruhlardagi yakka tartibdagi mehnat u yoki bu mehnat jarayonlariga qiziqishining shakllanish ko‘rsatgichi bo‘lib qoladi. Bolalar jonvorlarni parvarish qiladilar, o‘yinchoqlar yasaydilar, biror narsa tikadilar. Umuman o‘z tashabbuslari bilan o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mehnat turlari bilan shug‘ullanadilar. Bolalarni jamoa bo‘lib mehnat qilishini maktabgacha yoshdayoq kuzatish mumkin. Jamoa mehnatiga quyidagi hususiyatlar xosdir: umumiy maqsad, ishlovchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti, mehnatning jamoa natijasi, mehnat ishtirokchilarining umumiy ma’suliyati, ularning bir biriga bog‘liqligi. Jamoa mehnatining eng oddiy turi umumiy mehnat bo‘lib, u bolalarni ikki jihatdan birlashtirish bilan ajralib turadi, u ham bo‘lsa – umumiy maqsad va mehnatning umumiy natijasidir. Mehnat jarayoni xudi yakka tartibdagi kabi kechadi. M: Har bir bola bittadan o‘simlikni artadi, umumiy yakunida esa hamma o‘simliklar toza bo‘ladi. Natijalarni yagona mehnat natijasi qilib umumlashtrish har kimga o‘zi ishlayotgan jamoa a’zosi qilgan ishiga bog‘liqligini tushunish imkonini beradi. Biroq bolalar tegishli mehnat jarayonini o‘rganib olganlaridan keyingi umumiy mehnati joriy qilish mumkin. Umumiy mehnat tarbiyachining umumiy maqsadini quyishgdan, umumiys ish hajmini belgilashdan, nima uchun mehnat bolalar guruhi tomonidan bajarilishi mumkinligini tushuntirishdan boshlanadi. «Bizning ishimiz ko‘p, qo‘g‘irchoqni hamma idishlarini yuvishlarimiz kerak. Har kim bittadan buyumni yuvsa, hamma idishlar toza bo‘ladi». So‘ngra bolalar o‘z ish o‘rinlarini mustaqil tashkil etadilar: zarur mehnat jihozlarini tanlab oladilar, ularni qulay qilib joylashtiradilar. SHundan keyin mehnatga kirishi uchun ruxsat so‘raydilar. Mehnat jarayonida tarbiyachi bolalarning ishini nazorat qiladi, qo‘shni jamoadagilar diqqatini natijaning sifatida qaratadi. Agar kerak bo‘lsa ulardan maslahat so‘raydi. Mehnatni tez uddalagan bolalarga YAna bita buyum yuvishni taklif etish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik qilishi. Navbatchilik kundalik mehnatning bir turi sifatida, bolalar mehnat mashg‘ulotlarida tegishli mehnat jarayonlarini bajarishni bilib olganligidan keyin joriy etiladi. Navbatchilik vaqtida bolalarning mustaqil mehnat faoliyati takomillashadi. Uning ijtimoiy yo‘nalishi va sababi chuqurlashadi, chunki navbatchining ishi kattalarga yordam berishga, bolalar ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Navbatchilik vaqtida bolalarda topshirilgan ish uchun ma’suliyat, odamlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish, mehnat vazifalarini bajara olish odati tarkib topadi. Navbatchilik turlari «Bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida» belgilab berilgan bo‘lib, bularga oshxonada, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda navbatchilik qilish turlari kiradi. Oshxonada navbatchilik - o‘rta guruhda yil boshidan, mashg‘ulotlarda navbatchilik - o‘rta guruhda yilning ikkinchi yarmidan, tabiat burchagidagi navbatchilik – katta guruhda joriy etiladi. Mehnat bolalarga quvonch bag‘ishlaydigan qilib rejalashtirilishi, u ma’lum izchillik bilan amalga oshirilib borishi, vaqti bolalar yoshiga qarab to‘g‘ri belgilanishi kerak kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalar uchun 15-20 daqiqa mehnat qilish maqbul hisoblanadi. Maktabgacha eshdagi bola serharakat, cepg‘ayrat 6o‘lib, u o‘zini o‘rab olgan dunyoni tezroq bilishga intiladi. Bolaning harakatchanligi, har narsani bilishga qiziqishi, havaskorligi va mustaqil ish qilishga intilishi - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning xarakterli xususiyatlaridandir Bu xususiyatlar avvalo, bolaning o‘yinlarida aks etadi. Bolaning tashqi dunyoga bo‘lgan munosabati o‘yinlarda o‘z ifodasiii topadi. Uyin bolaning jismoniy rivojlanishi uchun ham zarurdir. Bolalar o‘z o‘yinlarida atrofdagi hayotni aks ettiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofdagi buyumlarni sezish va idrok qilish vositasi bilan juda ko‘p aniq tasavvurlar paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning fikrlashi juda konkretdir Ular o‘zlarining o‘yinlarida kattalarga taqlid qilishni yaxshi ko‘radi-lar. Masalan, o‘g‘il bolalar ko‘pchilik vaqtda askarlarga taklid qilib, dushman ustidan g‘alaba qozonishni o‘zlariga o‘yin qilib olsalar, qiz bolalar ko‘pincha qo‘g‘irchoq, o‘ynaydilar hamda o‘z o‘yinlarida uy ro‘zgor tutishga tegishli hamma ishni qiladilar: uy yigishtirish, ovqat pishirish, bolalarini uxlatish, ularni kiyintirish, ovqatlantirish, kinoga olib borish va hokazolar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinlarida ba’zan ularning kasblarga bo‘lgan qiziqishlari ham namoyon bo‘ladi. Masalan, oiladagi beshta boladan to‘rttalasi oq xalat kiygan shifokorni ko‘rishi bilan onasining pinjiga kirib, qo‘rqib yig‘lasalar, onasi bergan dorini ichmasalar, beshinchi qiz dorini gapso‘zsiz ichadi, chunki u ko‘pchilik vaqt «doktor opa» bo‘lib o‘ynagan. U o‘z opa-singillariga cho‘pdan yasalgan termometrni qo‘yib, ularning issiqligini o‘lchagan, gugurt bilan «ukol» qilgan. Bolalar maktab – maktab o‘yinini yaxshi ko‘radilar har-hil ro‘znoma, kitoblarni ko‘tarib «Maktabga» keladilar, «O‘qituvchi» ning gaplarini diqqat bilan tinglaydilar. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling