Ii bob. Mavzuni ishlanganlik darajasi


Download 179.58 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi179.58 Kb.
#1414528
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafisa 212

2.1 Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv daktanti
O‘quvchilar olgan bilim hosil qilgan ko‘nikma va malakalarni tekshirish uchun o‘tkaziladi. Kontrol diktantdan ayrim vaqtda o‘qitish vositasi yoki imloviy malakalarini qosil qilishga qaratilgan mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham nomlanadi. Chunki o‘quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o‘z kuchini sinaydi, o‘zi bilgan qoidani o‘qituvchi diktovka qilgan matnga tadbiq qiladi. Kontrol diktant O‘qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni O‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganligi haqida ma’lumot beradi va keyingi mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirishga imkon beradi. O‘qituvchi butun sinf ayrim o‘quvchilar nimani o‘zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi. Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o‘tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur.
1. Kontrol ish ma’lum bir mavzu o‘tilib, o‘quvchilarda zarur malaka hosil bo‘lgach, o‘tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o‘tkaziladi.
2. Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o‘rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o‘rgatilganlar yuzasidan yo‘l qo‘yilgan xatolar ham hisobga olinadi.
3. Diktant uchun materiallar sifatida ma’lum bir mavzudagi bog‘lanishli matn ba’zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so‘zlar soni quyidagicha belgilangan:
1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so‘z, yil oxirida 40 so‘z;
2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so‘z, yil oxirida 65 so‘z ;
3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so‘z, yil oxirida 85 so‘z;
Diktant matnning qiyinligi o‘rtacha bo‘lishi, ma’lum qadar imlosi o‘rganilmagan so‘zlar kiritilmasligi yaqinda o‘tilgan mavzuga oid 2-6 so‘z bo‘lishi talab etiladi.
Diktant matn o‘quvchilarning turli qoidalarga oid yo‘l qo‘ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. matnda ma’lum bir qoidaga oid nechta so‘z bo‘lishini bilgan o‘qituvchiga o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar hisobini olish, ular o‘rtasidagi farqni aniqlash oson bo‘ladi.
4. O‘qituvchi diktant matnni o‘qib, ayrim tushunarsiz so‘z va iboralarni yo‘l-yo‘lakay tushuntiradi, o‘quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O‘qituvchi yig‘iq sodda gaplarni butunligicha, yoyiq sodda gap va qo‘shma gapni esa qismlarga bo‘lib yana o‘qiydi, o‘quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o‘qilganda o‘quvchilar yozganlarini tekshirib ko‘radilar. Matn diktovka bilan yozdirilgach, O‘qituvchi matnni yana bir marta sekin o‘qiydi, o‘quvchilar yozganlarini tekshiradilar.Masalan, 1-sinfda so‘zlarni so‘roq berish orqali bir-biridan farqlash;2-3 sinflarda so‘z turkumlarini, otlarning egalik qo‘shimchalarini topib, shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe’llarning qaysi shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo‘l qo‘ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O‘qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo‘l qo‘ygan xatolarni yozib boradi. Bu o‘qituvchiga o‘quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o‘sishini ko‘zatib borishga, ayrim o‘quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi. O‘quvchilar yozma ishlarida yo‘l qo‘ygan xatolarini tugrilash ustida o‘zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so‘zlarini tug‘rilab ko‘chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, o‘qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki o‘quvchidan o‘tilgan mavzuni so‘rayotgan paytida zarur bo‘lgan so‘zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so‘raydi. Bu xildagi ish o‘quvchilarni aktivlashtiradi. O‘qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O‘quvchilar ishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni to‘la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O‘quvchilar o‘rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O‘quvchilarning grammatika va imlodan o‘zlashtirishi xaqida to‘la tasavvurga ega bo‘ladi. O‘qituvchi O‘quvchilar yo‘l qo‘yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lib, asosiylari qo‘yidagilar hisoblanadi:
1. O‘quvchi qoidani bilmaydi;
2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo‘llay olmaydi;
3. Qoidalarni aralashtiradi;
4. Yozayotgan so‘zlarini ma’nosini tushunmay xato qiladi;
5. Ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto‘g‘ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o‘zini tekshirib bora olmaydi.
O‘quvchilarning grammatik bilim va to‘gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o‘zlashtirishlari baholanadi. Boshlang‘ich sinflarda bitta baho qo‘yiladi, bunda o‘quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me’yori I - IV sinflar rejasiga berilgan. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatoning oldini olish va to‘grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko‘rilishi kontrol ishning xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Diktant tahlilida o‘qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O‘qituvchi doskada, boshqa o‘quvchilar daftarlariga sinfdagi ko‘p o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘ygan so‘z yoki gaplarni yozadilar; U yoki bu so‘zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; To‘g‘ri yozuv qoidalari takrorlanadi. Tipik xatolar juda ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun o‘qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so‘z tanlash, shu so‘zni qatnashtirib gap yoki so‘z birikmasi to‘zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida o‘quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O‘qituvchi o‘quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular o‘qituvchi tomonidan to‘rilangan so‘zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar. Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi. Har bir dars, har bir o‘quvchining javobi, har qaysi yozma ish o‘quv predmetida berilgan bilimlarini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatib, o‘qituvchi o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot beradi. O‘qituvchi alohida o‘quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og‘zaki va yozma javoblarni to‘g`ri baholab borishi, o‘z daftarchasiga zarur ma’lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma’lum sxema asosida gap bo‘laklari, so‘z turkumi yoki so‘z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo‘laklari, so‘z turkumlari haqida chizish bilan, so‘z qismlarini ma’lum belgilar bilan gapdagi so‘zlarning bog‘lanishini sxema bilan ko‘rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant:kerakli so‘zlarni yoki tinish belgilarini qo‘yib, bo‘sh formada berilgan so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko‘chirib yozish; berilgan tema asosida gap tuzish;hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish; kichik hikoya yozish;ba’zan lug‘at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so‘z, so‘z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi; Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin. Uchinchi sinf o‘quvchilariga 2-chorakda “Qish keldi” mavzusida diktant yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish bo‘ladi.

Download 179.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling