- II BOB. MIKROIQTISODIYOTNING ASOSIY KATEGORIYALARI: TALAB VA TAKLIF
- II bob 1-ma’ruza
- Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir.
- Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.
- Bozor koʻp shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, koʻplab qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan boʻladi.
- Raqobat nima? - Har bir xaridor bir necha sotuvchilar ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilarning mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi.
- Natijada, har bir maxsulot narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir maxsulot narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning oʻzaro ta’siri bilan aniqlanadi.
- Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini oʻzida koʻplab sotuvchi va xaridorlarni jamlagan bozorni tavsif etish uchun ishlatadilar.
- Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin boʻlgan tovarlar sonidir. Biz koʻrishimiz mumkinki, talab miqdori koʻp omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi oʻrin tutadi.
- Talab egri chizigʻi: narx va talab miqdorining oʻzaro bogʻliqligi
- Talab grafigi – bu har bir narxda boʻlgan talabning hajmini koʻrsatuvchi jadval. Talab egri chizigʻi narxning oʻzgarishidagi talabning hajmi oʻzgarishini koʻrsatadi. Past narx talabning hajmini koʻpayishiga olib keladi, demak talab egri chizigʻi pastga qarab ketadi.
- Bozor talabi individual talablar yigʻindisiga teng
- Bozorda talabning hajmi har bir xaridorning har bir narxdagi talab hajmining yigʻindisini tashkil etadi. Bozor talabining egri chizigʻi gorizontal joylashgan yakka talabning yigʻindisi deb olinadi. Agar narx 2.00$ teng boʻlsa, Ketrinning talabi hajmi 2 ta muzqaymoq, Nikolasniki esa – 3 tani tashkil etadi. Bozorda bu narxda talab hajmi 7 ta muzqaymoqqa teng boʻladi.
- Talab egri chizig’idagi o’zgarish
- Mahsulot narxi ma’lum bir darajada boʻlganda iste’molchilarni ushbu tovarni sotib olish hajmining oshishi talab egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Berilgan narx darajasida iste’molchilarning tovarlarni sotib olish hajmining pasayishi talab egri chizigʻini chapga siljitadi.
- Talab egri chizigʻiga koʻplab oʻzgaruvchan omillar oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |