Ii bob. Muxtor ashrafiyning


Kompozitor M. Ashrafiyning simfoniya ijodi


Download 51.71 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi51.71 Kb.
#1350000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUXTOR ASHRAFIY IJODIY FAOLIYATI

2.2. Kompozitor M. Ashrafiyning simfoniya ijodi
Ijodkor ko‘hna Buxoroda dunyoga kelgan. Muxtor Ashrafiy iste’dodli o‘qituvchi, bastakor, dirijyor, jamoat arbobi sifatida shuhrat qozondi. U o‘n bitta tilni bilgan. Buni Muxtor Ashrafiyning tarix, falsafa, musiqaga oid kitoblari, ma’lumotnoma va ensiklopedik nashrlar, badiiy adabiyotlardan iborat memorial muzeyda saqlanayotgan boy kutubxonasi ham tasdiqlaydi.
Ma’lumki, XX asr O‘zbekistonda professional bastakorlik maktabining gullab yashnagan davri hisoblanadi. O‘zbek sahna asarlariga tamal toshini qo‘ygan ijodkor S.Vasilenko bilan birinchi o‘zbek operasini yozdi. O‘zbek operasini yaratish masalasi o‘z davrida 30 yillar davomida san’atkorlar tomonidan qayta-qayta ko‘tarilgan. 
Muxtor Ashrafiy asosiy masala sifatida milliy opera yaratish muammosini ilgari surgan. Bu aslida konferensiya delegatlarining yagona mavzusi edi. So‘zga chiqqanlar o‘sha davrga kelib o‘zbek musiqasida opera yaratish uchun sharoit paydo bo‘lganini ta’kidladilar. S.Vasilenko bilan hamkorlikda «Bo‘ron» nomli 1-o‘zbek operasini yozgan va bu A.Navoiy nomidagi o‘zbek opera va balet teatrida 1939 yil namoyish etilgan.
Kompozitor 1-o‘zbek operasini yaratishdek mas’uliyatli niyatini amalga oshirishga kirishdi. Jumhuriyat iltimosi bilan ishga S.Vasilenko qo‘shildi. Ashrafiy Moskva konservatoriyasida undan ta’lim olgan edi. 
Muxtor Ashrafiy hayotining aksariyati qismini Toshkentda o‘tkazdi. Musiqachi yashagan uy muzeyga aylandi. Musiqachi hayotining so‘ngi yillari uning ko‘p qirralari faoliyatining hamma sohalaridagi ijodiy yuksalish davri ana shu dargohda o‘tdi. «Sevgi tumori», «Temur Malik» baletlari «Rustam haqida doston» oratoriyasi shu yerda yaratilgan. Muzey tashkil etish to‘g‘risidagi fikr kompozitor vafotidan keyin darhol vujudga keldi. Zamonaviy o‘zbek musiqasi asoschilaridan biri Muxtor Ashrafiy mislsiz xizmati uchun turli mukofot va unvonlar bilan taqdirlangan. 
O‘zbek milliy musiqa san’atida o‘ziga xos maktab yaratib, musiqali sahna asarlariga tamal toshini qo‘ygan ijodkorning o‘ziga xosligi – uning asarlarida dramaturgiyaning rivojlanib borishi, musiqaning hamohangligidir.
Muxtor Ashrafiy 1912 yili 11 iyunda Buxoro shahrida sozanda oilasida tug‘ildi. Dastlab sharq musiqa maktabida, keyinchalik musiqa texnikumida o‘qib yetuk sozanda va maqomdon ustalardan dutor chalishni va maqom ijrochiligi yo‘llaridan ta’lim oladi. 1928 yilda esa Samarqand musiqa va xoreografiya institutini talabasi bo‘ldi va bu dargohda etnograf va kompozitor N.N Mironovdan kompozitorlik va dirijyorlik ilmini, nazariy va notalashtirish uslublarini o‘rganadi. Shu yillari Samarqand radiosida ham ishlaydi, qo‘shiqlar hamda ko‘p ovozli asarlar yaratadi. Institutni bitirgach, 1931 yilda Toshkentdagi o‘zbek davlat musiqiy teatriga dirijyor va musiqa rahbari qilib tayinlandi. 1943-1947 yillari M.Ashrafiy o‘zbek opera teatri dirijyori, musiqa rahbari va direktori, 1947-1962, 1970-1966 yillari Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari, bosh direjyori, 1966-1975 yillarda Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatri musiqa rahbari va bosh dirijyori lavozimlarida ishladi. M.Ashrafiy 1926 yildan boshlangan dirijyorlik faoliyatida «Farhod va Shirin», «Gulsara», «Arshin mololon» musiqali drama komediyalaridan boshlab, «Zaynab va Omon», «Maysaraning ishi», «Ulug‘bek», «Layli va Majnun», «Zulmatdan ziyo», «Karmen», «Aida», «Traviata» operalari, «Jizel», «Shopeniana», «Shelkunchik», «Spartak», «Paxta» baletlari singari o‘zbek kompozitorlari va jahon klassik kompozitorlarining yuzdan ortiq asarlariga dirijyorlik qildi. M.Ashrafiy S.N.Vasilenko bilan 1939 yilda «Bo‘ron» nomli birinchi o‘zbek operasini yaratdilar. Keyinchalik esa «Ulug‘ kanal», S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda «Dilorom», «Shoir qalbi» operalarini, «Sevgi tumori», «Temur Malik», «Jasorat», «Muhabbat va qilich», «Rustamnoma» baletlarni yozdi va muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. M.Ashrafiy ijodida simfonik va vakal simfonik musiqa janrlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan uch qismdan iborat «Qahramonlik» simfoniyasi yana shu davrda yaratilgan, «G‘oliblarga shon-sharaflar bo‘lsin» simfoniyalarida xalqimizning bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashi ifodalangan. M.Ashrafiy qalamiga mansub beshta simfonik syuitasi Muxtor Ashrafiy 1912 yili 11 iyunda Buxoro shahrida sozanda oilasida tug‘ildi. Dastlab sharq musiqa maktabida, keyinchalik musiqa texnikumida o‘qib yetuk sozanda va maqomdon ustalardan dutor chalishni va maqom ijrochiligi yo‘llaridan ta’lim oladi. 1928 yilda esa Samarqand musiqa va xoreografiya institutini talabasi bo‘ldi va bu dargohda etnograf va kompozitor N.N Mironovdan kompozitorlik va dirijyorlik ilmini, nazariy va notalashtirish uslublarini o‘rganadi. Shu yillari Samarqand radiosida ham ishlaydi, qo‘shiqlar hamda ko‘p ovozli asarlar yaratadi. Institutni bitirgach, 1931 yilda Toshkentdagi o‘zbek davlat musiqiy teatriga dirijyor va musiqa rahbari qilib tayinlandi. 1943-1947 yillari M.Ashrafiy o‘zbek opera teatri dirijyori, musiqa rahbari va direktori, 1947-1962, 1970-1966 yillari Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari, bosh direjyori, 1966-1975 yillarda Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatri musiqa rahbari va bosh dirijyori lavozimlarida ishladi. M.Ashrafiy 1926 yildan boshlangan dirijyorlik faoliyatida «Farhod va Shirin», «Gulsara», «Arshin mololon» musiqali drama komediyalaridan boshlab, «Zaynab va Omon», «Maysaraning ishi», «Ulug‘bek», «Layli va Majnun», «Zulmatdan ziyo», «Karmen», «Aida», «Traviata» operalari, «Jizel», «Shopeniana», «Shelkunchik», «Spartak», «Paxta» baletlari singari o‘zbek kompozitorlari va jahon klassik kompozitorlarining yuzdan ortiq asarlariga dirijyorlik qildi. M.Ashrafiy S.N.Vasilenko bilan 1939 yilda «Bo‘ron» nomli birinchi o‘zbek operasini yaratdilar. Keyinchalik esa «Ulug‘ kanal», S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda «Dilorom», «Shoir qalbi» operalarini, «Sevgi tumori», «Temur Malik», «Jasorat», «Muhabbat va qilich», «Rustamnoma» baletlarni yozdi va muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. M.Ashrafiy ijodida simfonik va vakal simfonik musiqa janrlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan uch qismdan iborat «Qahramonlik» simfoniyasi yana shu davrda yaratilgan, «G‘oliblarga shon-sharaflar bo‘lsin» simfoniyalarida xalqimizning bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashi ifodalangan. M.Ashrafiy qalamiga mansub beshta simfonik syuitasi ko‘proq xonandalarga jo‘r bo‘ladi. Ariyalar og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqa naunalariga asoslangan. Operada musiqiy tavsiflar kam. Emotsional jihatdan bir rejaliligi mazmuni va musiqa rivoji sustroq bo‘lganligiga qaramay, «Layli va Majnun» operasi tinglovchilar e’tiborini qozondi. Asar partiturasida mavjud bo‘lgan qisman opera dramaturgiyasi elementlari o‘zining milliy badiiy an’analar bilan uzviy bog‘langanligi uchun qimmatlidir. Shunday qilib, rus va o‘zbek kompozitorlarining hamkorligida yaratilgan birinchi opera «Bo‘ron» va «Layli va Majnun» o‘zbek musiqa teatrining keyingi rivojiga asos bo‘ldi, zamonaviy professional san’atning murakkab janrlarini o‘zlashtirishga yordam berdi. O‘zbek musiqali teatri o‘zining o‘n yillik (1929-1939) faoliyati davomida Musiqali etnografik ansambillardan musiqali nomerlarga ega dramatik spektakllar orqali musiqali drama hamda undan operagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda O‘zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivojlandi. XX asrning 40-yillaridan boshlab o‘zbek opera san’atining yo‘nalishida yangi davr boshlandi. Birin-ketin turli mavzulaida yaratilgan operalar paydo bo‘la boshladi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida vatanparvarlik va tarixiy qahramonlik mavzularida A.Kozlovskiyning «Ulug‘bek». O.Chishkoning “Mahmud Tarobiy” operalari yaratildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda ko‘proq musiqali drama rivojlangan bo‘lsa, 50-yillarning ikkinchi yarmida kompozitorlarning opera janriga qiziqishlari sezilarli darajada kuchaydi. Ushbu davrda yaratilgan musiqaviy sahna asarlarini xarakterlar ekanmiz, birinchidan, dramaturgiya mazmuni voqelikning muhim tomonini aks ettirishga intilishi natijasida zamonaviy mavzuda keskin burilish kashf etgani, ikkinchidan esa o‘zbek kompozitorlarining mustaqil ijod qila boshlanishi ko‘zga tashlanadi. 1950-1966- yillarda teatr repertuari bir qator asarlar bilan boyidi. Sahnada namoyish etilgan operalar qayta ishlanib yangi tahrirda yuzagi keldi. Masalan, M.Ashrafiy va S.Vasilenkoning «Ulug‘ kanal» deb nomlangan operasi yangi tahrirda «Baxt vodiysi» deb o‘zgartirib namoyish etildi. R.Gliyer va T.Sodiqovning «Gulsara», T. Jalilov va B. Brovsinning «Tohir va Zuhra», G.Mushel va V.Uspenskiyning «Farhod va Shirin» kabi operalari shular jumlasidan. 1958-yildan boshlab yangi teatr mavsumi boshlandi, o‘zbek kompozitorlari yangi opera asarlarini sahnalashtira boshladilar. Bular M.Ashrafiyning «Dilorom» (1958), T.Sodiqov, Y.Rajabiy B.Zeydman va D.Zokirovlaming «Zaynab va Omon» (1958), S.Yudakovning «Maysaraning ishi» (1959), S.Boboyevning «Hamza» (1961), M.Ashrafiyning “Shoir qalbi” (1962), M.Yusupovning «Xorazm qo‘shig‘i», R. Hamroyevning «Zulmatdan ziyo» (1966) operalaridir. Mavzu va badiiy saviyasi har xil bo‘lgan mazmunli asarlar tomoshabinlar tomonidan turlicha qabul qilindi. Ba’zilari sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan muhim o‘rin egalladi. 1950-yillaming oxiri o‘zbek musiqali teatri tarixida yangi opera janrining paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. 1958-yilda kompozitor S.Yudakovning «Maysaraning ishi» deb nomlangan birinchi o‘zbek hajviy operasi yaratildi. Bir qator davlat teatrlarida sahnalashtirilgan, chet ellarda ham qiziqish uyg‘otgan mazkur opera librettosi H.H. Niyoziyning shu nomdagi pyesasi asosida S.Abdulla va M.Muxamedovlar tomonidan vozilgan. O`zbek musiqasi tarixida birinchi opera 1939-yilda yaratilgan,deb ko`pgina kitoblarda yozilgan.Bung-o`sha paytda yosh bastakor bo`lgan Muxtor Ashrafiyning ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda yozgan “Bo`ron” operasi misol bo`la oladi. O`zbekistonda opera janrining shakllanishida dastlabgi pog`ona bo`lgan “Bo`ron”dan keyin talaygina o`zbekcha operalar dunyoga keldi. Bular-R.Glier va T.Sodiqovning “Layli va Majnun”,Muhtor Ashrafiyning “Dilorom”,”Shoir xotirasi”,Rashid Hamraevning “Zulmatdan ziyo”, Sobir Boboyevning ”Hamza”,”Fidoyilar”,Hamid Raximovning “Zafar”,Ibrohim Hamraevning “Oyjamol”,Ikrom Akbarovning “So`g”d elining qoploni”,Mutal Burhonovning “Alisher Navoiy”,Sayfi Jalilning”Zebunniso”, M.Vafoyevning “Umar Xayyom”, Ulug`bek Musayev ,Nurilla Zokirov,Rustam Abdullayev ,Habibulla Rahimov,Avaz Mansurov kabi o`zbek bastakorlarining qator operalaridir. Sulaymon Yudakov yozgan opera –“Maysaraning ishi”, birinchi o`zbek hajviy operasi bo`lib,butun dunyoga tanilganini alohida ta`kidlab o`tish lozim. Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o`zbek operalari ko`p emas. Bular-Sobir Boboyevning”Yoriltosh”,Sayfi Jalilning “Malikai ayyor” va Avaz Mansurovning “Hayvonlar sultoni” operalari. Muxtor Ashrafiy 1912-1975 yillarda yashab ijod qilgan,o`zbek professional bastakorligi shakllanishida birinchilardan bo`lgan musiqa san`ati allomasidir.Uni xalqimiz bastakor,dirijyor,ustoz,katta rahbar sifatida yaxshi tanigan, qilgan mehnatlariga yarasha ardoqlagan.Vafotidan so`ng uning nomiga konservatoriya, bilim yurti, maktablar, ko`chalar qo`yilishi bejiz emas albatta. Muxtor Ashrafiy bastakor sifatida barcha janrlarda ijod qilgan.Uning qalamiga mansub 4ta opera 3 ta balet,2 ta simfoniya va boshqa ko`pgina kamer-cholg`u, kamer vokal va o`nlab qo`shiqlarni sanab o`tish mumkin. Ijodkorning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda “Uymuzeyga aylantirilgan”. Musiqa san`ati shinavandalari bu uy muzey bilan yaqindan tanishish uchun barcha viloyatlardan tashrif buyurishib ziyorat qilishadi.
Yuqoridagi fikrlarni amalga oshirish niyatida men, o‘z bitiruv malakaviy ishimning mavzusini «O‘zbekiston kompozitorlarining opera asarlarini o‘rganish jarayonida musiqiy idrokni tarbiyalash» deb nomladim. Idrok so‘zi aslida «Tushunib olish, qobiliyati to‘g‘ri va aniq tafakkurga ega bo‘lish» ma’nolaridan iboratdir. Ammo musiqiy idrokni tarbiyalash bu juda keng doirada yosh avlodni musiqy his tuyg‘ularini o‘stirish, kengaytirish musiqiy badiiy fikrlarni to‘g‘ri anglash musiqa o‘qituvchisidan katta mahoratni talab etadi. O‘zbek kompozitorlarining opera asarlari asosida o‘quvchilarni musiqiy idrokini tarbiyalash, operalardagi asosiy va salbiy obrazlar musiqalarni bolalarga tushuntirish yo‘llari bu musiqa o‘qituvchisini asosiy vazifalaridan biridir. Opera janrining o‘zi bu murakkab musiqiy asardir. Shuning uchun bu sintetik asarni hamma tomonlama tahlil etish (sahna, davr talabiga binoan sahna bezaklari, kostyumlar, musiqiy bezaklar, uvertyura, antraktlar, ariyalar, ansambllar, xor jamoalarning qo‘shiqlari, raqs sahnalari, duetlar va boshqalar) ancha tayyorgarchilikni talab etadi.
Muxtor Ashrafiy 1912-yil 11-iyunda Buxoroda tug‘ildi, juda yoshligidan boshlab musiqaga qiziqdi. Ashrafiy bolaligida madrasada, so‘ngra yangi tipdagi boshlang‘ich maktabda ta’lim oldi. 1924yilda musiqa texnikumida va Maorif institutida o‘qidi.Kalit so‘zlar: Ulug‘ vatan urushi yillarida Muxtor Ashrafiy «Jangga boraman», «Qasam», «Sevgilimga salom», «Jangda botir bo‘l » kabi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, «Turon», «Ulug‘ kanal» va «Sherali» asarlaridagi ayrim nomerlar asosida skripka bilan fortepiano uchun kichik pyesalar yaratdi. hayoti va ijodi haqida so‘z boradi, Muxtor Ashrafiy,Muxtor Ashrafiy, O‘zbekiston xalq artisti, Xalqaro va Respublika mukofotlari sovrindori, kompozitor,dirijor,muallim, yirik jamoat arbobi.Muxtor Ashrafiy 1912-yil 11-iyunda Buxoroda tug‘ildi, juda yoshligidan boshlab musiqaga qiziqdi. Ashrafiy bolaligida madrasada, so‘ngra yangi tipdagi boshlang‘ich maktabda ta’lim oldi. 1924yilda musiqa texnikumida va Maorif institutida o‘qidi.1928-yilda Samarqanddagi O‘zbek musiqa va xoreografiya institutiga o‘qishga kirdi. Mana Shu yillarda uning dastlabki ijodiy ishlari —bir ovozli xorlar va qo‘shiqlariyaratilgan edi. 1929-yilda u Sh. Ramazonov va T. Sodiqov bilan birgalikda «Sadrash» marshini yaratdi va o‘zi talabalar simfonik orkestriga dirijorlik qildi.1930-yilda Muxtor Ashrafiy O‘zbek Davlat musiqali drama teatrining bosh dirijori qilib tayinlandi.1934—1937-yillar davomida u Moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasida taniqli bastakor N. Vasilenkodan musiqa ijodi nazariyasi bo‘yicha ta'lim oldi.1937-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘zbek san’ati dekadasiga dirijor qilib tayinlandi. Toshkentga qaytib kelgach, O‘zbek opera va balet teatrining bosh dirijori va badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi.1939-yil Muxtor Ashrafiy S.Vasilenko bilan birga «Bo‘ron» operasini yozdi (K.Yashin librettos!), oradan bir Yil oltgandan keyinesa, bu ikkala bastakorning boshqa bir asari —«Ulug‘ kanal» operasi yaratildi (K. Yashin va M. Rahmonov qaytib kelgach, Özbek opera va balet teatrining bosh dirijori va badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi.1939-yil Muxtor Ashrafiy S.Vasilenko bilan birga «Bol ron» operasini yozdi (K. Yashin librettos!), oradan bir Yil oltgandan keyin esa, bu ikkala bastakorning boshqa bir asari —«Ulug‘ kanal» operasi yaratildi (K. Yashin va M. Rahmonov librettosi).Ulug‘ vatan urushi yillarida Muxtor Ashrafiy «Jangga boraman», «Qasam», «Sevgilimga salom», «Jangda botir bo‘l » kabi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, «Turon», «Ulug l kanal» va «Sherali» asarlaridagi ayrim nomerlar asosida skripka bilan fortepiano uchun kichik pyesalar yaratdi.1958-yil fevral oyida Toshkentda Ashrafiyning «Dilorom» operasi (K. Yashin va M. Muha-medov librettosi) sahnaga qoyildi. So‘ngra 1962-yilda uning boshqa bir operasi —«Shoir qalbi» (Izzat Sulton librettosi) yaratildi. M. Ashrafiy 1964-yilda B. Bargi pyesasi asosida «Mirzo Izzat Hindistonda» sahna asarini yozdi. 1963—1964-yillarda Sadriddin Ayniy xotirasiga bag‘ishlab «Temur Malik» simfonik poema ropsodiyasini, «Bayrat uverturasi»ni, «Sadoqat» (Habibiy she’ ri), «Ajoyib tun» (Ya. Qurbon she’ri) va «Ko‘zlari ofatijon» (T. To‘la she’ri) qo‘shiqlarini yozdi.Bastakor 1965—1970-yillar mobaynida «Sevgi tumori» baletini, simfonik orkestr va ovoz uchun «Ona mehri» romansini, «Jangovar kunlarda» vokal simfonik poemasini, simfonik orkestr uchun «Subhidamda» xoreografik manzaralarini yaratdi. «Dilorom» va «Shoir qalbi» operalari musiqalari asosida simfonik orkestr uchun ikkita suita yozdi. Bundan tashqari kompozitor «Momaqaldiroqda tug l ilganlar», «Koniyuta g‘orining Siri», «Dilorom» (Film-balet) va «Qadimgi qal’a afsonasi» kinofilmlariga musiqalar bastaladi.1964-1966-yillarda yangi tashkil topgan Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari va bosh dirijori, 1966—1971-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Akademik katta opera va balet teatri badiiy rahbari va bosh dirijori, 1971-yildan umrining oxirigacha Toshkent Davlat konservatoriyasi rektori vazifalarini bajardi. M. Ashrafiy O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan. U «Shuhrat» ordeni, ikki marta Davlat mukofoti, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti, J. Neru nomidagi Hindiston Davlat mukofoti, Jamol Abdul Nosir nomidagi Misr Davlat mukofoti sovrindori. Muxtor Ashrafiy birinchi o‘zbek operasi ijodkori sifatida.Kontata va oratoriya janrlariga ham katta e'tibor berishgan. «O‘zbekiston», «Baxt taronasi», «Rustamnoma» asarlari shular jumlasiga kiradi.
«Baxt taronasi» kontatasi T,Fattoh she'ri 5 qismdan iborat bo‘lib: birinchi va boshlanish qismi bir tema asosida ijod qilinib «Cho‘lquvarlar yurishi» deb nomlangan.1-qism «Umrboqiy xalq orzusi»Il-qism «Mening Vatanim qizlari qoshig‘i»Ill-qism «Mehnat qo‘shig‘i»IV-qism «Cho‘llarni bostonga aylantiramiz»V-qism «Vatanga shon-sharaflar bo‘lsin»M.Ashrafiyning «Dilorom» operasi musiqiy dramaturgiyasi juda qiziqarlidir.Janr jihatdan bu katta afsonaviy-romantik opera bo‘lib, ariya, ariozo, romans, qo‘shiq, vokal ansambllar, rivojlangan ommaviy xor sahnalari kabi yakunlangan yakka tuzilmalardan iborat. Asarda musiqiy-dramaturgik rivojlanish leytmotivtizimda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiyning «Sab'ai Sayyor» dostonidagi o‘lmas qahramonlar M.Ashrafiy talqinida uning dramaturgik fikrlaridan kelib chiqqan holda yangi qirralarni kasb etdi. Libretto mualliflari.K.Yashin va M.Muhamedov klassik syujetni erkin talqin qilib unda romantik xususiyatlarni kuchaytirishdi: mazmun yo‘nalishini, dramaturgik nizoni o‘zgartirishdi, bosh qahramonlar vazifalarini yangicha talqin etishdi. Xususan,rassom Moni obrazi librettoda asosiy qahramonga aylangan. «Dilorom» operasining tuzilishi ommaviy sahnalardagi dramaturgik boylamalarga, intermediyaviy xoreografik lavhalarga, rivojlangan va yakunlangan ariya, romans, qo‘shiqlarga, vokal ansambllar almashuviga asoslangan.Kontata mazmunida respublikamiz hukumati chiqargan cho‘llarni obod etaylik qarorini ro‘yobga chiqarish maqsadida Qoraqum gullarida turkman kanalini qazib cho‘lni obod qilish, mehnatni e'zozlash, insonlarni baxtini kuylash kabi mavzular asos qilib olingan.kontata O‘zbekistonda xor janrini rivojlantirishda alohida o‘rinni egallab, mazmun va mohiyati jihatidan boshqa kontatalardan ancha ustunroq turadi. Muxtor Ashrafiy bu kontatasi uchun Davlat mukofotiga sazovvor bo‘lgan. Asosiy musiqiy mavzu bu katta xor jamoasi ijrosida boshlanadigan «Cho‘lquvarlar yurishi» bo‘lib, bunda marsh tempasida ijro etiladigan ulug‘vor kuy tinglovchilarga e'tiborini o‘ziga jalb etadi.Musiqiy mavzu insonlarni mehnat jasoratigam gullarni gulistonga aylantirishga da'vat e'tuvchi xarakter va ma'noga ega bo‘lgan musiqiy ohanglar bilan boshlanadi. Bu qismning asosiy tonaľnosti mimminor bo‘lim kuy ohangi chiroyli va tezda esga qoluvchidir. Kompozitor bu qismda 4-ovozli xor jamoasidagi ovozlarda alohida alohida turtki vositalarini ishlatib har bir partiyalarni tinglovchi e'tiboriga havola etadi. Xor jamoalari ijrosida gomafonik-garmonik elementlarini mohirona qo‘llab asar mazmunini yaxlitligiga mazmunli ravishda yoritadi.Har partiyalaridagi kuylar ravon, kuychan, ijro etiladi. Ba'zi joylarda erkaklar ovozi bilan ayollar ovozlari joy almashadi va jumla oxirlarida aksincha vaziyat nazarda tashlanadi.Bu asarni umumta'lim maktablardagi 6-7 sinflar ijrosida dasturga kiritish mumkin, lekin bolalar ovozlari uchun asar tessiturasi biroz balandlik qiladi.Shuning uchun ham boshqa tonaľnostga ko‘chirish (tropozitsita) mumkin.Asar mazmunini yosh avlodni mehnatga, cho‘lni obod qilish g‘oyalariga boy bo‘libVatanimiz chaqiruviga labbay deb javob beruvchi sermazmun kuylar bilan bezatilgan.O‘zbekistonda balet janrini yuksaltirishda kompozitor Muxtor Ashrafiyning salmoqli hissasi qo‘shilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan «Sevgi tumori», «Amir Temur», «Matonat», «Sevgi va qilich» nomli baletlari shular jumlasiga kiradi.«Sevgi va qilichi» asari ikki tahrirda sahnalashtirilgan. Birinchi «Temur Malik»«Sevgi va qilichi» asari ikki tahrirda sahnalashtirilgan. Birinchi «Temur Malik» nomi bilan.1971-yilda Dushanbe opera va balet teatrida sahnalashtiriladi va 1974-yilda Toshkent opera va balet teatrida qo‘yiladi. Ikkala nom bilan ijod qilingan bu balet mazmunida o‘z xalqining Chingizxon o‘rdasiga qarshi kurashga rahbarliki qilgan. Xo‘jan hokimi Temur Malikga -mardona lashkarboshiga bag‘ishlanadi. Birinchi bor o‘zbek balet sahnasiga real tarixiy shaxslar paydo bo‘ladi, qahramonlik mavzusini aks ettirishda ilk tajriba qilinadi. Balet san'ati xususiyatiga javoban asarda Temur Malik obraziga shoirona tus berilgan: bosh syujet chizig‘l (ikki qarama-qarshi kuchlarning kurashi) dan tashqari sevishganlar Temur malik va Zarina obrazi orqali lirik sevgi chizig‘l ham kiritilgan.Balet musiqasi o‘z asosida simfoniyalashtirilgan. Bu ba'zi sahnalarning shakllanish prinsiplariga boshlang‘ich tematik materialni rivojlantirish uslubida va nihoyat, tembr bo‘yoqlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Balet dramaturgiyasining o‘zida esa ifodali vositalari xilma-xilligi, shukblarning kengligi, materiallar asoslanganligi bilan ajralib turadigan salbiy obrazlar doirasi nisbatan jo‘shqinroq chiqqan.«Chingizxon shiyponi» (to‘rtinchi ko‘rinish), «Hujum», (beshinchi ko‘rinish) kabi sahnalar yuksak badiiy ifodali darajada ko‘rsatiladi. Balet musiqalari o‘zbek musiqa san'atining milliy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq. Bu ovoz ohangdorligiga hamda Ashrafiy baletlarida musiqali dramaturgiyaning muhim vositasi bo‘lgan ritmik tomonga ham taaluqlidir. (janr talablarga javoban asar ritmik formulalarga boy ritm dinamikasiga ega).O‘zbek baletini tarixiga nazar tashlasak, bu janr rivojlanishi yuksalish yo‘lidan borayotganligini ta'kidlashga haqlimiz. An'anaviy madaniyati ko‘p ovozlik, simfonik orkestr, to‘la xususiyatlarga ega milliy teatrni bilmagan respublikada milliy balet yaratish masalasi qiyin muammolardan biridir.O‘zbekistonda balet janrini yaratilishida muhim omillardan biri rivojlangan qadimgi milliy raqs san'ati bo‘ldi. Agar dastlabki partituralar o‘zida foľklor materialning syuita prinsipida mujassamlashtirgan bo‘lsa oxirgi o‘n yillikda mansub asarlarda foľklor manbalarini erkinroq talqin etisha va voqeani musiqali sahna ifodasida zamonaviy usullarga asoslanib, spektakl musiqa dramaturgiyasining yaxlitligiga erishildi. Shuning uchun ham Muxtor Ashrafiyning «Temur Malik» baleti ham musiqiy xususiyatlari bilan va ham dramaturgiyasida yosh avlodimizni jasurlikda, o‘z Vatanini ardoqlashga xalqini e'zozlashga da'vat etuvchi asarlar turkumiga kiradi.O‘zbekistonda opera janri yuqorida aytib o‘tilganimizdek musiqali dramasi asosida rus va chet el klassik operasining ta'sirida yuzaga keladi. 1939 yilda .Vasilinko va Muxtor Ashrafiyning «Bo‘ron» operasi sahnalashtirilgan. Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus kompozitorlarning ijodiy hamkorligi natijasida yuzaga kelgan hamda O‘zbekistinda ijod qilingan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan. Masalan: R.Glier va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun», «Gulsara», S.Vasilenko va Muxtor Ashrafiyning «Bo‘ron» va «Ulug‘ kanal», B.Zeydan, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon» va boshqa hamkorlik operalari.Keyinchalik o‘zbek kompozitorlarning afsonaviy romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil operalari paydo bo‘ldi.


XULOSA
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Yoshlari bilimdon yurtning kelajagi buyuk» deb ta’kidlaganlaridek hozirgi kunda Vatanimiz kelajagini ma’naviyatli, madaniyatli, har tomonlama taraqqiy etgan yoshlar belgilab beradilar. Shuning uchun ham yoshlarni ota-bobolarimizdan qolgan katta ma’naviy manba bo‘lgan qadriyatlar, idroklar asosida komil inson bo‘lib yetishiga erishish uchun har bir jamiyat a’zosi o‘z hissasini qo‘shmog‘i darkor.
Opera san’ati inson tafakkurining yuksak na’munalaridan biri hisoblanadi. Musiqa tarixida uning taqdiri muhim va alohida ahamiyatga molik. Janr paydo bo‘lishi bilanoq eng yirik, demokratik hamda insonlarni ma’naviy madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan san’at turi sifatida rivojlanadi. Opera, klassik davrda o‘ziga xos, romantizim davrida o‘zgacha XX asrda esa turli “Qiyofalar”da o‘zini namoyon qildi. Musiqa san’atining yirik, monumental janrlaridan biri bo‘lgan opera, O‘zbekistonga XX asrning boshlarida kirib keldi.
Milliy operalarning dastlabki namunalari o‘zbek musiqali dramasining rivoji asosida yuzaga kelgan. Dastlab bular o‘zbek va rus kompozitorlari ijodiy hamkorligida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik tarixiy, romantik, lirik mavzularga murojaat etib, mustaqil ijod namunalari paydo bo‘ldi. O‘zbek opera san’ati o‘z taraqqiyoti davomida kompozitorlar tomonidan turli uslub va yo‘nalishlarda qamrab olindi. O‘zbek operalarining deyarli barchasi yevropacha shakllar asosida, milliylik ruhi va xalqimizning turli an’analariga xos tarzda tarannum etilgan.70-80 yillarda opera janri mavzu jihatdan boyib, tarixiy, zamonaviy mazmundagi kamer operalar sahnalashtiriladi.
Mustaqillik yillariga kelib esa janr turli modernizm yo‘nalishlari ta’sirida rivoj topdi. Shunga qaramay uning bosib o‘tgan yo‘li oson kechdi deb bo‘lmaydi. Opera librettosini musiqiy bezashda kompozitor boshidan oxirigacha musiqiy ijod muhitida bo‘ladi, yaxlit dramatik spektakl nuqtai nazaridan ham, uni tashkil etuvchi alohida qayta ishlash nuqtai nazaridan ham o‘z san’atining bebaho vositalarini qo‘llaydi.
Operaning vokal partiyalari va orkestr partiturasi kompozitorga musiqali dramada musiqaning hal qiluvchi o‘rnini tasdiqlash imkonini beradi. Bu asar emosional mazmunini chuqurlashtirib, sahnaviy ta’sirchanligini oshiradi. Tashqi tasviriy damlardan boshlab nozik ruhiy qirralarda yakunlangan barcha ifodaviy vositalarni dramatizasiyalash omilining buyukligini tashkil etadi. Musiqiy nutq, musiqiy shakllanishning qonuniyati bunda nafaqat buzilmaydi, balki benihoya yorqin mustahkamlanadi va musiqa nutqining badiiy nutq singari katta tashkiliy vazifasini ko‘rsatishni mustahkamlaydi. O‘zbekistonda farvonlik va taraqqiyot qaror topishi uchun avvalo yosh avlod idrokli, hamma narsaga fahmu-farosati yetadigan, o‘tkir zehnli, sezgir bo‘lishlari muhim ahamiyatga egadir. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov «Biz bolalarimizga bilim va kasb ko‘nikmalarini egallashi uchun qanot bo‘lishimiz darkor» deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Hozirgi kunda bizning ya’ni, yosh avlodning vazifasi asrlar davomida saqlanib kelinayotgan musiqiy merosimizni xalq durdonalarini, qadriyatlarimizni ko‘zga qorachig‘imizdek asrab avvaylashdan iboratdir. Maktab musiqa o‘qituvchisining oldida shaxslararo munosabatlarni, ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘rganib chiqib, har bir sinf jamoasi bo‘yicha fikr mulohaza tahlillarini berib sinf rahbarlarida qo‘ldan keladigan yordamlarini berishi kerak bo‘lgan vazifalar turadi.



Download 51.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling