Ii bob Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati
Markaziy bankda Pul-kredit siyosati
Download 35.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqOchiq iqtisodiyotda pul
2.2 Markaziy bankda Pul-kredit siyosati
Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta’minlash, uning alohida bo’g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini ta’minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir. Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko’p sonli tijorat banklari va yagona Markaziy bankka asoslangan bank tizimi shu yo’l bilan vujudga keldi. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy me’yorlarini tartibga soluvchi, aniqlovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o’zida mujassamlashtirgan va o’zida davlatning tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Markaziy Bank - birinchi o’rinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymaydi. Markaziy bank funktsiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o’zgarmay aniq modifikatsiyalangan ko’rinishga egadir. Markaziy banklar o’zlarining joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining pul mablag’larini aks ettiradilar, ularning naqd pullarini to’ldirishga bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy banklar ko’p hollarda davlatning bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan barcha emission banklarning yana bir asosiy funktsiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatbaho qog’ozlarini sotish va olish, xorijiy valyutalarni hamda milliy valyuta kurslarini ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oladi. Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi to’rt guruhga (turga) bo’linadi: 1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi; 3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi; 4. Markaziy bank pul- kredit munosabatlarini tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi. Markaziy banklarga davlat vaqili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, ya’ni umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Ta’kidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi, chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan ta’minlash va kredit tizimini likvidliligini ta’minlash vositasi hisoblanadi. Bu funktsiyalar naqd pul muomalasi ulushi sezilarli bo’lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir. Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo’lib tijorat banklari hisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyot va Markaziy bank o’rtasida vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Markaziy bank banklar banki sifatida tijorat banklarining zahiralarini saflaydi, jumladan, majburiy zahira talablari shaklidagi pul mablag’larini saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy bankda ochadigan hisob varaqlari orqali mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, banklar va boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar. Kapitalidagi mulk shaklidan qat’iy nazar Markaziy bank davlat bilan uzviy bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank xukumat xazinachisi o’rnida va kreditori sifatida, vaqili (agenti), moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi. Bu o’rinda Markaziy bank hukumat tashkilotlarining va korxonalarning hisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yig’adi, to’lovlarni amalga oshiradi. Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o’zining portfelini to’ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga (xukumatga) to’g’ri gazna kreditlarini berish bilan shug’ullanadi. Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko’pgina mamlakatlarda Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun turli usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga ta’sir ko’rsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini o’zgartiradi, turli yo’llar bilan xususiy investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi. Davlatning vaqili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltinvalyuta zahiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta interventsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda o’z mamlakati nomidan qatnashadi. Yuqorida aytib o’tilganlardan, umuman olganda, Markaziy bankning barcha funktsiyalari o’zaro bog’liqdir. Davlatga kredit berish orqali Markaziy bank kredit muomala vositalarini yaratadi. Xukumatning majburiyatlarini chiqarish va qoplash orqali, u ssuda foiziga ta’sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan funktsiyalari orqali Markaziy bank o’zining asosiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga solish funktsiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi. Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi: 1.Hisob stavkasi; 2.Majburiy zaxiralar normasi; 3.Ochiq bozordagi operatsiyalar. Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Download 35.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling