Ii bob. Solov modeli o‘quv maqsadi
Download 134.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqWord
1 II BOB. SOLOV MODELI O‘quv maqsadi: Robert Solovning iqtisodiy tushunchalar va ularniig mazmuni, Solov modeli yaratilishining nazariyalari, Solov modeliiing asoslari va formulalari, kapital va mehnat tushuncha-lari, Solov modelining qo‘llanilishi, Solov modeli va texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘likliqlari to‘g‘risidagi tushunchalarning mazmunini aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirishdan iborat Tayanch iboralar: ishlab chiqarish, mehnat, kapital, iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy muvozanat, investitsiya, innovatsiya 2.1 Solovning iqtisodiy o‘sish nazariyasi modeli Iqtisodiy o‘sish modellari tahlilidan maqsad - bu muvozanatli va barqaror o‘sish uchun shart-sharoitlarni aniqlash hisoblanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishning barcha modellarida “ishlab chiqarish funksiyasi” kabi mahsulot chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o‘rtasidagi bog‘liklik aks etadi. Ishlab chiqarish funksiyasi mahsulot chiqarish hajmi (Y), asosiy kapital (K), mehnat(L) va “yer” (tabiiy va moddiy resurslar) - N miqdoriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Y=F (K, L, N) Iqtisodiy o‘sishning barcha hozirgi zamon modellari Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi va neoklassik ishlab chiqarish nazariyasi asosiga ko‘riladi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish modellari iqtisodiyotning real sektoridagi uchta asosiy bog‘liklikni aks ettiradi. Bular: Ø ishlab chiqarish funksiyasi; Ø mehnat taklifi funksiyasi; Ø kapital taklifi funksiyasi. Makroiqtisodiy muvozanatlikning keynscha modelida funksional bog‘liklikning uchta turi ajratilib ko‘rsatiladi: 1.Foiz stavkasi(F)ning daromad(Y)ga bog‘likligi: R=F(Y). Aholi daromadlari qanchalik yuqori bo‘lsa, banklar tomonidan pulga talab va foiz stavkasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 2. Investitsiyalar hajmi (I) ning foiz stavkasi (R)ga bog‘liqligi: I=F(R). foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalar hajmi shunchalik kam bo‘ladi. 3. Daromadlar miqdorining (Y) investitsiyalar (I) hajmiga bog‘liqligi: Y= F(I). Milliy daromad hajmining investitsiyalar umumiy miqdoriga bog‘liqligi multiplikator (lot, — ko‘pay-tiruvchi) samarasi ko‘rsatkichida 2 ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nisbatan sodda Xarrod-Domar modeli ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod va amerikalik iqtisodchi E. Domar tomonidan yaratiladi. E. Domar mehnat bozorida uning ortiqcha taklifning mavjud-ligi va narx darajasining nisbatan doimiy bo‘lishi mahsulot ishlab chiqarish hajmi faqat yagona omil - kapital miqdoriga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra investitsiyalarning o‘sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. R.F. Xarrod “tabiiy”o‘sish sur’ati tushunchasini kiritadi. Bu faol aholi soni ko‘payishi va texnika taraqqiyoti natijasida ke-lib chiqadigan o‘sish sur’ati bo‘lib, u mehnat va kapital omil-larining to‘liq bandligini ta’minlaydi. Ularning qarashlari bir-biriga juda yaqin bo‘lganligi(bir omilli) sababli bu model Xarrod-Domer modeli deyiladi. Mazkur modelni ishlab chiqishda abstrakцiya usulidan foydalaniladi: Ø milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning oqibati deb hisoblanadi, boshqa omillarning o‘rni e’tiborga olinmaydi; Ø mahsulotning kapital sig‘imi resurslarning narxiga bog‘liq emas, u faqat ishlab chiqarishning texnik sharoiti bilan belgilanadi, deb qaraladi. 2.2.R.Solouning neoklassik modeli YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz qiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To‘liq bandlilik darajasiga erishilgandan so‘ng real YAIM hajmini bundan keyingi ko‘paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o‘ngga siljishiga erishishimiz, ya’ni foydalanilayotgan resurslar miqdorini ko‘paytirishimiz zarur. “Agar Iqtisodiyotning qiska muddatli holati ko‘prok yalpi talab bilan belgilansa , uzoq davrga Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘prok ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli Iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi” * Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bil-diradi. Iqtisodiy o‘sish nafakat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar-ning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham Iqtisodiy o‘sish ikki hil usul bilan o‘lchanadi. 3 Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YAIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqti-sodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YAIM o‘rniga SIM, YAMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iktiso-diy nazariyada Iqtisodiy o‘sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘lik deb qaraladi. . Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investi-цiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qiskartiradi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy maxsulot hajmi va daromadning ko‘pa-yishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchi-dan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, halkaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi. 2.3.Kapital va mehnat tushunchalari Iqtisodiy o‘sishning sifat omillari ham mavjud bo‘lib, ularga mehnat, kapital va er (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy O‘sish intensiv o‘sish deb yuritiladi. Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv O‘sish.ning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv o‘sish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlan-tiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qo‘rsatkichlar Iqtisodiy O‘sish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Ishlab chiqarish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsi- mot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator ko‘rsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; iste’mol sohasida — iste’molning va noishlab chiqa-rish jamg‘arishning o‘sishi shunday ko‘rsatkichlarga kiradi. Iqgiso-diy o‘sishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va iste’mol tuzilmasi o‘zgarishlariga ta’sir ko‘rsatishidir. 2.4. R.Solouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli 4 Neoklassiklar keynschilardan farqli o‘larok iqtisodiy o‘sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta’minlanadi, kapital va mehnat subsidiyalar , ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamirab olish hususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda” Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba- Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan, ya’ni Y= f( L,K,N ), modelda yuqori texnik rivojlanish boskichida erning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘lik deb olingan. Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. Y = C + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. R.Solou bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlabchiqarish xajmi kapital bilan qurollanish darajasining funksiyasi deb qaraydi. Kapital bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga bog‘lik. Jamg‘arish normasining o‘sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning siqib ketishi, axoli sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin. R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi sonining tez o‘sishi Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffisientini ko‘tarilishiga olib keladi , lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir 5 ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror xolatdagi Iqtisodiy o‘sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi. Model asosida jamg‘arishning ”oltin qoidasi” yotadi. E. Felpsning “oltin koidasi” mohiyati shundaki jamg‘arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste’molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o‘zaro aloqadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arish normasi hamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta’sir etish bilan jadallashtirishi mumkin. Hozirgi zamon iqtisodiyotini tahlil qilishda yangi paydo bo‘lgan iqtisodiy o‘sish modellaridan kam foydalanilmoqda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o‘sish masalasini o‘ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy ahamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chiqadi. Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish potensial YAIM hajmini ng uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. U o‘sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarini xarakterlaydi. Iqtisodiy o‘sish real YAIM ning, yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM ni o‘sish sur’ati bilan o‘lchanadi. Iqtisodiy o‘sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi. Iqtisodiy o‘sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mehnat resurslari soni va sifati , kapital, texnologiya va boshqalar kiradi. Bulardan foydalanish usuliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish ekstensiv va intensiv turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o‘zgartirmagan holda esa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish modellari deganda iqtisodiy o‘sishni taxlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi. Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o‘sishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamg‘arish normasini ko‘tarish orqali investitsiyalarni ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o‘sish shartlari deb qaraladi. Klassik modellarda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillariga bog‘lik, mehnat va kapital o‘zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko‘ra kapitalning ma’lum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha bo‘ladi 6 Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Download 134.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling