Qirg‘oq turidagi suv olish inshooti
Qirg„oq
turidagi suv olish inshooti, suv olish
uchun chuqurligi yеtarli
bo„lgan daryolardan (qirg„oqlari suv olish uchun qulay sharoitlarda ya‟ni
qirg„oqlar tikka, mustahkam va ular suv bosmaydigan sharoitda)
suv olishda
qo„llaniladi. Qirg„oq gruntlari bo„sh bo„lganda suv olish
inshootining ajratilgan
(nasos stansiya va qirg„oq qudug„i alohida binolarda joylashtirilgan) turi quriladi.
Agar gruntlar mustahkam bo„lsa inshootning qo„shilgan (nasos stansiya va qirg„oq
qudug„i bir asosda joylashtirilgan) turi quriladi.
20 - rasm. qirg„oq turdagi suv olish inshooti.
a) ajratilgan holat b) birga qo„shilgan holat
2.4.3. Cho‘michsimon suv olish inshooti.
Cho„michsimon suv olish inshootlari asosigacha
muzlaydigan va suvining
tarkibida loyqa miqdori ko„p bo„lgan daryolardan suv olish uchun qo„llaniladi.
Bunday inshootlar faqat ko„p miqdorda suv olish uchun quriladi (>20-25 m
3
/s).
Inshoot daryo qo„ltig„ida, yoki o„yilgan joyda o„rnatiladi
va suv tеzligi
0.15-0.05 m/s bo„lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Cho„michli inshootlarning
turi:
1.Mayda muz parchalarining suv olish inshootlariga kirib kеlishidan saqlash
uchun pastki cho„michdan foydalaniladi.
21a - rasm. Cho„michli suv olish inshooti (1- xili).
1 - cho„mich
2 - suv olish inshooti
- pastki suv qatlami oqimi
- yuqori suv qatlami oqimi.
2. Cho„kindilarning suv olish inshootiga kirib
kеlishidan saqlash uchun -
yuqori suv oqimli cho„michdan foydalaniladi.
21b rasm. Cho„michli suv olish inshooti (2-nchi xili).
3. Ikki tomonli cho„michsimon suv
olish inshooti - mayda muz
parchalaridan va cho„kindilardan saqlash uchun xizmat qiladi.
21c - rasm. Cho„michli suv olish inshooti (3- xili).
Kanallardan suv olishda ham suv olish inshootlarning
aynan shu turlari
qo„llaniladi.