Ii bob xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari
Download 114.35 Kb.
|
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari
Jahon xojaligining subeyktlari. Jahon xo'jaligi tizimini soda liolda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari subyeklaridan iborat mexanizm korinishida ifodalash mumkin.
Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining muhim subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shunciaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Avallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firmalar shug'ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor hisoblangan. Ammo oxirgi o n yillikda ulaming kopchiligi TMKlar darajasiga kotarilishdi va butun dunyo ulaming faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil qismiga aylandi va jahon yalpi ichki mahsulotining 1/51/4 qismi ular hissasiga to gri kelmoqda. TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalami tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xojaligining tarkibiy mexanizmiga aylandi, bazilari, jumladan, Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o z a zolari nomidan faoliyat olib borishmoqda. Ammo kopchilik integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o z a zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta sir ko'rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ulaming rivojlanish darajasining ortishi bilan mutanosib ravishda chuqurlashib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va mavqeyi tubdan ortdi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri - jahon iqtisodiyotining rivojlanishi i:ogrisida statistik tahlillar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Jahon banki (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report), Jahon savdo tashkiloti (JST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi. 1.2.1-rasm. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xojaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlami jahon xojaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo'jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o z aksini topgan (1.2.1-rasm). Jahon xojaligining rivojlanish amaliyoti XX asr oxiri va XXI asr boshlarida amal qiluvchi quyidagi zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib korsatish imkonini beradi. 1. Dunyo mamlakatlari xojalik hayotining baynalmilallashishjarayonining chuqurlashuvi. 2. Tashqi iqtisodiy aloqalaming erkinlashuvi. 3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi. 4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi. 5. Jahon xojalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining barpo etilishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi. 6. Jahon xojaligining globallashuvi.1 Download 114.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling