Ii-bob. Yarimo’tkazgichli injeksion lazerlar, ularning turlari, xususiyatlari
Download 1.43 Mb.
|
II-bob
II– bobning qisqacha xulosasi
– Sof, ya’ni kirishma atomlari sathlari bo’lmagan yarim o’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik sohasida optik yoki injeksiya usulida elektronlar bilan inversiyali to’ldirilganlik hosil qilib, bu holatda majburiy nurlanish hosil qilish imkoniyatlari ko’rsatildi. – Yarimo’tkazgichlar taqiqlangan sohasida bir yoki ikki energetik sathlar hosil qilib, bunday tizimlarda lazer nurlari hosil qilish sharoitlari mavjudligini va ularni samaradorliklari aniqlandi, o’tishli, geteroo’tishli lazerlarni alohida xususiyatlari o’rganilib, ularni xarakteristikalariga qiyosiy baho berildi. –Kvant chqurliklar asosidagi tayyorlangan lazerlarni hosil qilngan nur chastotasini boshqarish, optik nurlanishda befoyda so’nishlarni kamligi, invers zichlashish hosil qilishga nisbatan kamroq yorug’lik energiyasi sarflanishi kabi afzalliklari ko’rsatildi. – Yarimo’tkazgichli lazerlarda inversiyali to’ldirilganlikni kattaligi, undagi elektronlar va pastki energetik sathlarda bo’sh joylarni soniga nisbatini qiymati, rezonatorlarni turiga qarab lazer nurini samaradorligini boshqarish imkoniyatlari ta’riflari keltirlidi. – Lazer nurlanishin to’lqin uzunligi, lazer nurlanishining yoyilish burchagi kabi kattaliklar tajribada bilvosita o’lchandi va bu kattaliklar ularning adabiyotlardagi qiymatlariga yaqin ekanligi ko’rildi. –Lazer nurlanishining ham qutblanish xossasiga ega ekanligi, Malyus qonuni, Bryuster qonuni lazer nurlanishi uchun o’rinli ekanligi tajribada tekshirildi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling