Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va stavkalari.
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini
to‘lashdan ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari ozod etilgan.
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini
to‘lashdan ozod qilinadi:
– protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan,
shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun
mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat
ko‘rsatishdan olingan foydasi;
– shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari)
yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;
– tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga
oshirishdan olingan foydasi;
– Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi;
– fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik
shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi ushbu qismda belgilangan
normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |