Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:TALABA
Familiyasi I.O.
|
Tug‘ilgan sana
|
Bosqich
|
Mutaxassisligi
|
Karimova M.N.
|
15/01/1979
|
4
|
menejement
|
Boltayev A.V
|
03/11/1978
|
4
|
Buxgalteriya.
|
Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi. Bizning misolimizdagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi: TALABA (Familiyasi I.O., Tug‘ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi)
Ma’lumotlarning relyasion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya’ni jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |