Ii chorak 13 dars mavzu: Litosfera


Download 28.41 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi28.41 Kb.
#1446574
1   2
Bog'liq
13. 5-s litosfera Yangi dars ishlanmasi 2011-2012

Darsning blok chizmasi



t.r

Darsning bosqichlari

Bosqichning davomiyligi

1

Tashkiliy bosqich

3 daqiqa

2

Nazorat bosqichi

8 daqiqa

3

Asosiy bosqich
a) "Klaster" uslubida mavzu bo'yicha
o'quychilar bilimini aniqlab olish;
b) litosfera elementlarini ko' rgazmali
usulda muammoli bay on etish
o'quvchi bilimlarini to'ldirish.
c) amaliy ko'nikmalarni
shakllantifish
d) mavzuni mustahkamlash

18 daqiqa

5 daqiqa
10 daqiqa


5 daqiqa

4

Uyga topshiriqlar

4 daqiqa

5

Darsni yakunlash

2 daqiqa



Dars rejasi:

  1. Yer qanday qobiqlardan iborat?

  2. Yerning ichki tuzilishi.

  3. Yerning ichki tuzilishi qanday o’rganiladi?

  4. Litosfera nima?

  5. Litosfera plitalari va ularni shakllantirish.

  6. Seysmik zonalar va ularni xaritadan aniqlash.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Guruhlarga bo’linib, guruh nomlarini aniqlash. Atmosfera, Gidrosfera, Litosfera, Biosfera.

  1. Asosiy qism.

  1. “Klaster” usuli yordamida o’quvchilarning litosfera haqidagi bilimlar hajmi aniqlab olinadi.

  2. Litosfera elementlari ko’rgazmali usulda bayon etiladi. Bunda slaydlardan foydalaniladi.

  3. Mavzuni mustahkamlash maqsadida sxematik tasvirlar yordamida grafik test usulida tekshiruv o’tkaziladi.




  1. Yangi mavzuning bayoni.

Litosfera — Yerning qattiq qobig'i. Yunoncha «litos» — tosh, «sphaira» — shar, ya'ni toshqobiq degan ma'noni anglatadi. Litosferaga Yer po'sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi.
Yer po'sti uch qavat tog' jinslaridan iborat. Birinchi qavatda asosan cho'kindi jinslar bo'ladi. Ular — quruqlikda va suv-da jinslarning cho'kib, o'tirib qolishidan hosil bo'ladi. Ular gil, ohak-tosh, qum, qumtosh, bo'r jinslari bo'lib, qatlam-qatlam holda yota-di. Bu qatlamlar Yerning o'tgan zamonlardagi tabiati yozilgan ki-tobga o'xshaydi. Bu qatlamlarni o'rganib, geologlar minglab, mil-lionlab yillar davomida Yerda tabiat qanday bo'lganini bilib olishadi.
Bir parcha bo'r yoki ohaktoshni mikroskop ostida ko'rsan-giz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig'anog'i va suyaklari ekanini bilib olasiz. Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi o'simlik va jonivorlar qoldiqlaridir. Toshko'mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo'lgan.
Ikkinchi qavat granitdan iborat. Granit — magmatik tog' jinsi. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo'lgan. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o'xshatsa bo'ladi. U sovib granitga aylanadi.
Granit qatlamidan pastda bazalt qatlam joylashgan. Bazalt chu-qurdan chiqib kelgan. U granitdan og'ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazalt otqindi jinslardir.
Yer po'sti materiklar va okean ostida bir xil emas. Materiklarda Yer po'sti yuqorida ko'rganimizdek uch qavat. Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya'ni faqat cho'kindi jins qatlamlari va bazaltdan iborat.
Yerning qattiq qobig'i yaxlit bo'lmay, alohida-alohida yirik bo'laklardan — plitalardan iborat. Bu bo'laklarni bir-biridan chuqur darzlar, yoriqlar ajratib turadi. Yer po'sti bo'laklari mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib yuradi. Bir-biriga qarshi yo'nalishda siljiyotgan plitalar to'qnashgan joylarda Yer po'sti bukilib, yoysimon orollarni, tog'larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Bularga And tog'lari, Yaponiya orollari, Mariana botig'ini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Litosfera plitalari bir-biridan ajralayotgan yoki to'qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo'ladi, tez-tez yer qimirlab turadi. Ko'pchilik so'nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan. Bunday joylar minglab kilometrga cho'zilgan yer qimirlash — seysmik (yunoncha «seismos» — tebranish) zonalarini hosil qiladi.
Endi «Litosfera plitalari harakati» va «Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari» xaritalarini qiyoslab ko'raylik. Shunda eng ko'p vulqonlar va yer qimirlaydigan joylar litosfera plitalari tutashgan joylarga to'g'ri kelishini bilib olasiz. Bulardan eng yiriklari: Tinch okean «olov» halqasi, Alp—Himolay seysmik zonasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.
Maqsad: Yangi mavzuni mustahkamlash.
Shakli: Grafik test
Darsni yakunlash:
Darsga yakun yasash, baholarni e’lon qilish.
Dars yakunida guruh o’quvchilari to’plagan ballari aniqlanadi va rag’batlantiriladi. Guruh a’zolariga darsdagi ishtirokiga qarab “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng faol”, “Eng intizomli”, “Eng aqlli”, “Eng chaqqon” o’quvchi nominatsiyalari topshiriladi.
Xayrlashiladi.


Download 28.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling