Ii. Ilovalar


Download 22.17 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi22.17 Kb.
#1162828
1   2   3
Bog'liq
pirivod

Xulosa
Ta’limning ilk kurtaklari xalqimizning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Bular mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e’tiqod, el-yurt manfaati uchun fidoiyilik kabi fazilatlar ulugdangan va dostonlarda hikoya qilingan. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir. Magistraturaga o'qish davomida magistrantlar har semestr yakunida ilmiy va ilmiy pedagogik hisobotlami tayyorlab topshiradilar. Mening ham tayyorlagan ilmiy-pedagogik ishim olingan nazariy bilimlarimni mustahkamlash va chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarimni egallashim hamda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishim uchun imkon yaratadi.
Semestr davomida ilmiy pedagogik mahoratimni oshirish maqsadida ilmiy rahbarim bilan birgalikda darslarda ishtirok etdim. Tahlil qildim va o‘z xulosa va takliflarimni bayon etdim. Ma’ruza, amaliy, laboratoriya darslarini qanday olib borilishini kuzattim va ko’nikmalar oldim. Pedagogik mahoratimni oshirish uchun ko’proq darslarga qatnashishim, ilmiy rahbarim bilan ko’proq ishlashim kerak. Inson yetuk mutaxasis boiib yetishishi uchun doimo o‘z bilimlarini oshirib borishi zarur. Hayoti davomida egallagan bilimini amalyotda qoilab ko‘nikma hosil qilsa, u mustahkam boiadi. Fanning o‘quv dasturini o‘rganib chiqib qay tartibda boMishi va maqsad vazifalarini o‘rgandim. Bunda ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, yig‘ilishda tasdiqlanishini, agarda xato va kamchiliklar bo‘lsa o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilmasligini bilib oldim. Tasdiqlangandan so‘ng shu asosda fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi tuzib dinar ekan va kafedra mudiri tasdiqlashi shart ekanligini bilib oldim. Fanning ishchi o‘quv dasturini ham o‘rganib chiqdim. Kalendar reja asosida tuzilgan ma’ruza darslarida ochiq dars tahlillarida ishtirok etib o‘zimning pedagogik mahoratimni shakllantirib boryapman. Bu kabi yuqorida bajargan ishlarim ilmiy-pedagogik ishim uchun muhim bilim va ko‘nikma hosil qilishimga yordam beradi. Shu sababli professor ustozlarimdan barcha metod va kasbiy sirlami o‘rganishda davom etaman. Egallagan pedagogik bilimlarimni kelajak faoliyatimda qo‘dayman.
Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling