Ii. Industrial jamiyat va jamiyat ma’naviyati
Download 26.82 Kb.
|
Industrial va postindustrial jamiyat manaviyati
Industrial va postindustrial jamiyat manaviyati Reja I.Kirish II.Industrial jamiyat va jamiyat ma’naviyati.2.1.industrial jamiyatning vujudga kelishi va uning ma’naviyati . 2.2. Ma’naviy o’zgarishlar . III. Postindustrial jamiyat. 3.1. Postindustrial jamiyat ma’naviyatini mazmuni . 3.2. Ma’naviyatning zamonaviy ko’rinishi. IV.Xulosa. V.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga olgan. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshaladi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvor bo’lmog’i lozim . Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekistonning ilk prezidenti Islom Karimov Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan masaladir . Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochilmoqda. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etilmoqda. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.Ma’naviyat yuksalishi qanchalik umumtamadduniy taraqqiyot darajasiga bog‘liq bo‘lsa, tamaddun rivojlanishi ham shunchalik ma’naviyat taraqqiyotiga bog’liq bo’lishi lozim. Ma’naviyat sivilizatsiyaga aks ta’sir ko‘rsatadi. Bu, avvalo, ilm-fan, texnologiyalar, boshqaruv demokratlashuvi, inson huquqlari va erkinliklari o‘sishiga taalluqlidir. Bundan tashqari, ma’naviyat insonning muayyan maqsadni belgilashida, unga erishish uchun usul va vositalarni erkin tanlashida, qiyinchiliklarni yengib, olg‘a intilishida, ya’ni iroda, bilim va e’tiqod kuchida ham namoyon bo‘lmog’i lozim . Ushbu o‘zaro bog‘liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun xosdir. Sivilizatsiya va ma’naviyatning taraqqiyot darajalari bir-birini taqozo etadi. Bu bog‘liqlik, aloqadorlik tasodifiy emas, chunki zaruriy, doimiy, takrorlanuvchan va birlamchi ahamiyatligidir. Shu sababdan mazkur bog‘liqlik ijtimoiy taraqqiyotning ma’naviyat yuksalishiga mansub xususiy, ammo ma’naviyatning umumiy qonunidir. Albatta, ma’naviyatning turli sivilizatsiyalar sharoitida, ayniqsa industrial, postindustrial jamiyatda rivojlanishi bir chiziqli – faqat yuksalish tomon bo‘lgan emasligiga tarix guvoh. Ziddiyatlar, illatlar ma’naviyatga salbiy ta’sir etmay qolmagan. Jamiyat taraqqiyoti kabi ma’naviyat rivojlanishi ham murakkabdir. Gullab-yashnash va inqiroz davrlarini boshdan kechirgan. Bir sivilizatsiyaning boshqa sivilizatsiya bilan almashinuvi ma’naviyatni tubdan o‘zgartirib, yangi e’tiqodiy, mafkuraviy asoslarga o‘tkazgan. Biz quyida industrial jmiyat va post industrial jamiyat ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlai haqida gaplashamiz. Qachon industrial jamiyat vujudga kelgan uning asosiy xusuiyati ma’naviyatga ijobiy va salbiy tasiri haqida fikr yuritaman .Chunki bizga ma’lumki har bir narsani yaxshi va yomon tarafi bor deganlariday .Bu insoniyat eng yuqori ishlab chiqarish darajasiga erishish davri va jamiyatda yuksaklik bilan birga botqoqlikka botgan taraflarimizni quyida ko’rib o’tamiz. II.Industrial jamiyat va jamiyat ma’naviyati. 2.1. Industrial jamiyat haqida gap yurgizishdan oldin u qanday davr va uning qanday tushunchalar bilan bog’liq ekanligini ko’rib o’tamiz.l Industrial oʻsish, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib boorish jarayonidir. Industrial oʻsish mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. Industrial oʻsish mamlakat xalq xoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obʼyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. Industrial oʻsish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Industrial oʻsishning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shart sharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. Industrial oʻsishni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat ishlab chiqarish vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; ishlab chiqarish qurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqargandi. Industrial oʻsish dastlab 18-asrning oxiri va 19-asrning 1 -choragida dastlab Buyuk Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-asr 60—70-yillarida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllanilishni boshladi . Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar ishlab chiqarish va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan fabrika — zavod tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, Industrial oʻsish odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning aylanuvchanligi tez boradi va foyda koʻ p olinadi. Industrial oʻsishning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQShda 19-asrning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-asrning boshlariga qadar davom etgan. 19-asrning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning ulkan oʻsishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish isteʼmol buyumlarini ishlab chiqarishga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning zaruriy sharti edi.Industrial oʻsish tufayli 20-asrning 50-yillaridan boshlab hozirgi zamon fan-texnika rev-yasi keng avj oldi. U ishlab chiqarishda eng yangi, mukammal mashinalar, texnologik jarayonlar, energiya manbalari va materiallardan foydalanishni taqozo bo’ldi. Bu davrda yuz bergan Industrial oʻsish ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar-gagina va ayrim sohalargagina xos boʻlingan. Yadro energiyasini egallash, kosmosni oʻzlashtirish, kimyo sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish eng rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirildi 20-asrning oxirgi choragida ilmiytexnika taraqqiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda ham amalga osha boshlagandi.. Bu mamlakatning ayrimlarida qishloq xoʻjaligi hisobiga sanaotni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning bosh strategiyasi qilib belgilangan. 20-asrning oxirlariga kelib jahonning turli mamlakatlarida Industrial oʻsish dara-jali oʻrtasida keskin farq yuzaga keldi. Masalan Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada Industrial oʻsish oʻz choʻqqisiga chiqdi va ular "postindustrial" mamlakatlarga aylanib bordi. Bu paytga kelib ayrim mamlakatlar sanoati rivojlangan davlatlarga, ayrimlari esa qoloq mamlakatlarga aylanib qoldi. Hatto sanoat sohasida iqtisodiy tangliklar yuz berdiMa’naviy hayotning mazmuni, shakli va o‘ziga xosligini jamiyatning umumiy taraqqiyot darajasi belgilaydi. Ushbu qonun ma’naviyatni jamiyat moddiy hayotidan ajratmay, unga Yaratganning sir-asrori emas, rivojlanuvchi ijtimoiy hodisa sifatida tushunishda katta ahamiyatga ega. Agrar jamiyat kishisining dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, ma’naviyati, odatda, o‘rta asrlar taraqqiyot darajasiga mos. Uni sanoat, texnika, transport va aloqa tizimi taraqqiy etgan, axborot texnologiyalari yuksak rivojlangan bugungi kun kishilariniki bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi.Agrar jamiyatda aholining aksariyati, ayniqsa, jismoniy mehnat kishilari savodsiz bo‘lib kelgan. Bel, ketmon, omoch, o‘roq, bolta, ho‘kiz, eshak, ot-arava yordamida xo‘jalik yuritiishgan. Dehqon, qo‘shchi, aravakash va kosib-hunarmanddan savodli bo‘lish talab etilmagan. Industrial jamiyatda esa zavod-fabrika ishchi va xizmatchi yo ta’mirchidan, qishloq xo‘jaligi dehqon yo traktorchidan, transport tizimi haydovchisidan, jillaqursa, boshlang‘ich ma’lumotli bo‘lishni talab qilingan. Texnologiyalarning uzluksiz murakkablashuvi bu talablarni yanada kuchaytiradi. Jamiyatning savodxonligi yangi ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni tug‘dirib, qondirilish usullarini esa xilma-xillashtirdi. Agar savodsiz omi kishi to‘y va sayillarda baxshilar, qissaxonlarni tinglab, ma’naviy ehtiyojlarini qondirsa, savodli kishi yozma adabiyot, mumtoz mutafakkirlar asarlarini o‘qish imkoniga ega bo’ladi.Mehnat vositalari va texnologiyasi nafaqat ishlab chiqarish usuli nafaqat ishlab chiqarish usuli, munosabatlarini, shu bilan birga, yaratilgan moddiy va madaniy mahsulotlar, ta’lim olish, ilmiy va badiiy axborotdan foydalanish qanday taqsimlanishi va tarqatilishini belgilaydi. Ular muayyan jamiyatdagi iste’mol va ehtiyojlar mazmunini, shaxsning o‘zligini yuzaga chiqarish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu qonuniyat industrial jamiyatda umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va OAV iqtisodiyotning zaruriy tuzilmasiga aylanganida yaqqol ko‘rindi.Umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasi odamlarning dunyoqarashi, tafakkuri hamda jamiyatning ilm-fani, adabiyoti, madaniy saviyasini belgilaydi. Ular asosida qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar qaror topadi. Bu jamiyat rivojlanishining umumiy qonuni – moddiy va ma’naviy hayot mushtarakligi, o‘zaro chambarchasligining voqe bo‘lishigidir. Download 26.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling