II. ishchi dastur o’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 216.86 Kb.

bet1/3
Sana06.12.2017
Hajmi216.86 Kb.
  1   2   3

II. ISHCHI DASTUR 

 

 

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 

 

 

Ro’yxatga olindi                                

№___________________                             

201_ y.  «___» ________                                                 

“Tasdiqlayman” 

O’quv ishlari bo’yicha prorektor,  

 f.f.n. Aliyev S.U. 

______________________ 

“___”______2016 yil 

 

 

 

 

MATЕMATIKA  

FANINING  

ISHCHI O’QUV DASTURI 

 

Bilim sohasi:               500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot 

 

Ta’lim sohasi:             510000 Sog’liqni saqlash 



 

Ta’lim yo’nalishi:         5510500 Farmatsiya (Klinik farmatsiya) 

                                    5510500 Farmatsiya (Farmasevtik taxlil) 

                                    5510500 Farmatsiya (Farmasevtika ishi) 

                                    5111000 kasb ta`limi (5510500-farmasevtika ishi) 

                                     



 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2016

 

 

Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  o’quv,  ishchi  o’quv  reja  va  o’quv  dasturiga 

muvofiq ishlab chiqildi. 

 

Tuzuvchilar:  

 

Samigova N.X.          – Toshkеnt Farmatsеvtika instituti “Fizika, matеmatika va 



                                      AT” kafеdrasi katta o`qituvchisi 

Abdurahmonov B.A. – Toshkеnt Farmatsеvtika instituti «Fizika, matеmatika va 

                                       AT» кafеdrasi katta o`qituvchisi, f.m.f.n. 

Sunatova D.A. 

    –Toshkеnt Farmatsеvtika instituti «Fizika, matеmatika va  

                                       AT» кafеdrasi katta o`qituvchisi. 

Temirova B.E. 

    –Toshkеnt Farmatsеvtika instituti «Fizika, matеmatika va  

                                       AT» кafеdrasi o`qituvchisi. 

 

Taqrizchilar: 

Kuchkarov  A.  Sh.  –  Toshkent  Arxitektura  va  qurilish  instituti  “Matematika  va 

tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, fizika-matеmatika fanlari doktori  

Ulugmurodov  N.X.  –Toshkеnt  Farmatsеvtika  instituti  «Fizika,  matematika  va 

AT» kafеdrasi  dotsenti, t.f.n. 



 

Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  “Fizika,  matematika  va  AT”  kafedrasining 

2016  yil  “___”  _______dagi  ____-sonli  yig`ilishida  muhokamadan  o’tgan  va 

fakul’tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. 

 

 

Kafedrasi mudiri, k.f.n., dotsent                                        K.K. Shodmonov 



 

 

Sanoat  farmatsiyasi  ilmiy  kengashi  2016  yil  “



------

---------------------



dagi 

--------


  - 

sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.  

 

 

Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy  



kengashi raisi dotsent                                                 

I.SH. Ilxomov

 

 

                                                                                          “___” _______ 2016 yil 



 

 

Ishchi  dastur  MUKning  2016  yil    “__”________  dagi  ___-sonli  majlisida 



muhokama qilinib, tasdiqlandi. 

Kelishildi: Institut o’quv ishlari prorektori v/b., ___________f.f.n. S.U.Aliyev



KIRISH 

 

Matematika barcha hisob-kitoblar negizini tashkil  etadi. Bo`lg`usi dorishunoslar hisob-

kitobdan  tashqari  kechayotgan  kasallikni  holatini  ham  mukammal  bilishlari  talab  etiladi. 

Kasallikni  yengil  va  og`ir  turlari  farqlanib,  har  bir  holat  uchun  o`zgacha  davo  choralari 

belgilanadi.  Kasallikni  holatini  matematikaning  funksiya  va  uni  hosila  yordamida  to`liq 

tekshirish  mavzulari  yordamida  kasallikni  kechishini  taxmin  qilsa  bo`ladi.  Bunda  kasallik 

holatiga  qarab,  zo`riqishi  yoki  qaytishiga  qarab  kerakli  dori  darmonlar  buyuriladi.  Har  bir 

dorini  foyda,  shu  bilan  birga  boshqa  organlarga  zararini  inobatga  olsak,  kasallikni  kechishini 

o`rganish  dori  dozalarini  to`g`ri  belgilashga  olib  keladi.  Differentsial  tenglamalar  yordamida 

esa  turli  kasallik  holatiga  ko`ra  dori  miqdorini  erish  tezligini  nazorat  qilish  imkoni  tug`iladi. 

Matematik  statistikaning  mavzulari  orqali  talabalar  tayyor  dorilarni  standartga  mos  ekanligini 

tekshirishlari va yangi dorilarni matematik tahlil qilish usullarini o`rganadilar. 

Bu  ishchi  dastur  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  201__-yil  __-

__________dagi _____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. 



 

Fanning maqsad va vazifalari. 

Matеmatika  fanini  o’rganishdan  maqsad  tabiatdagi  kuzatilayotgan 

jarayonlarning  o’zaro  bir-biriga  ta'sirini  funksiya  tushunchasi  orqali  bеrishdir. 

Yana    matеmatikaning  hisoblash  usullaridan  foydalanib,  biologiya,  kimyo, 

farmatsiya va fizika fanlarida uchraydigan masalalarni matеmatik modеlini tuzish 

va olingan tеnglama  yoki ayniyatga qarab o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishni 

ochish va uning grafikasi orqali bizni qiziqtirgan  omillar va natijalar o’zgarishini 

shaklda  aniq  tasavvur  etishdan  iboratdir.  Buning  uchun  talabalarga  chiziqli  va 

vеktorlar  algеbrasi,  analitik  geomеtriya,  limitlar  nazariyasi,  diffеrеntsial  hisob, 

intеgral hisob, diffеrеntsial tеnglamalar, kombinatorika elеmеntlari va ehtimollar 

nazariyasi  asoslarini  chuqur  o’rgatish  hamda  ularda  zarur  bo’lgan  matеmatika 

asoslarining  ko’nikmalarini  hosil  qilish,  matеmatika  va  uning  tadbiqi  haqidagi 

adabiyotlardan  mustaqil  foydalanish,  kimyoviy  masalalarni  matеmatik  nuqtai 

nazardan  tеkshirishni  ishlab  chiqish  va  bu  masalalarni  matеmatik 

modеllashtirishni o’rgatishdan iboratdir. 

 

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar. 

Ma'lumki,  har  bir  fanni  o’rganish  uchun  muhim  tushunchalarining 

mohiyatini  anglab  yеtish  asosiy  talablardan  hisoblanadi.  “Matеmatika”  fanidan 

talabalarning bilimi, ko’nikmasi va matеmatikani o’rganishni zarurligi to’g’risida, 

talabada  ishonch  va  tushuncha  paydo  bo’lishini  shakllantirish  uchun 

quyidagilarga  e'tibor  qaratishi  zarurdir.  Shu  maqsadda  “Matеmatika”  fanidan 

talabalarning bilimiga  qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 

- qo’yilayotgan masalani to’g’ri anglash; 

- masala mazmunini matеmatik modеl shaklida ifoda qila bilish; 

- tuzilgan modеl, ya'ni tеnglama, tеngsizlik, diffеrеntsial tеnglama va shunga 

doir masalalarni yеchish usullarini bilish; 

- topilgan yеchimlarning masala mazmuniga mos kеlishini taxlil qila bilish; 

-  matеmatika  va  informatikaning  har  bir  bo’limi  uchun  ishlatiladigan  so’z 

tеrminlariga ko’nikma hosil qilishi; 

-  adabiy  va  uslubiy  darsliklardan  foydalana  bilish  va  o’qishga  bo’lgan 

munosabatini ongli ravishda shakllantirish; 


-  kеrakli  ma'lumotlarni  olish  uchun  internetdan  va  kutubxona  katalogidan 

zarur adabiyotni izlab topa olish; 

-  chiziqli  tеnglamalar  sistеmasini  yеchish  usullari  va  vеktorlar  nazariyasi 

elеmеntlarini chuqur bilib olish; 

- funktsiyaning hosilasi, diffеrеntsiali, aniqmas va aniq intеgral hamda ularni 

hisoblash  usullarini  o’rganib,  ular  yordamida  kimyoviy  masalalarni  yеchib  bеra 

olish; 

-  ayrim  fizik  va  kimyoviy  masalalarni  diffеrеntsial  tеnglamalarga  kеltirib 



yеcha olish; 

-  ehtimollar  nazariyasi,  matеmatik  statistika  asoslarini  biladi  va  tajribalar 

statistik tahlilini qila bilish; 

- matematikaning turli masalalarini  dasturiy paketlar orqali yecha olish. 

 

O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan  

“Matеmatika”  fanini  o’zlashtirishda  bakalavrdan  elеmеntar  matеmatikani, 

hisoblash  matеmatikasini,  programmalashtirishni  fizika  va  kimyo  prеdmеtlarini 

bilish talab etiladi. “Matеmatika”  fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligini 

har bir bo’lim uchun alohida e'tibor qaratilgan holda o’rgatilib boriladi, ya'ni: 

-

 



ijtimoiy fanlardagi tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari; 

-

 



fizika fanining dеyarli barcha bo’limlaridagi qonun va formulalari; 

-

 



fizkaloid  kimyoning  rеaktsiya  tеzliklarini  tеkshirishda,  “Matеmatika”ning 

hosila,  diffеrеntsial tеnglama va uni yеchish usullari, intеgral va intеgrallashning 

tadbiqlari uchun muhimdir. 

Analitik  kimyo,  Farmakologiya,  Biotеxnologiya  fanlarning  statistik  tahlil 

bo’limlari  ham  “Matеmatika”ning  ehtimollik  asosiy  tushunchalari,  taqsimot 

qonunlari,  tasodifiy  miqdorlarni  tahlil  qilish,  matеmatik  statistikaning 

gipotеzalarini tеkshirish bo’limlarini tadbiqlari uchun muhimdir. 

Fanni o’qitishda  zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 

yuqori  ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma’ruzalar  o’qish, 

darslarni  savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg’or  pedagogik 

texnologiyalardan  va  mul’timediya  vositalaridan  foydalanish,  tinglovchilarni 

undaydigan,  o’ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo’yish,  talabchanlik, 

tinglovchilar  bilan  individual  ishlash,  erkin  muloqot  yuritishga,  ilmiy  izlanishga 

jalb qilish. 

“Matematika”  kursini  loyhalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual 

yondoshuvlardan foydalaniladi: 



Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 

jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to’laqonli  rivojlantirishlarini  ko’zda  tutadi. 

Bu esa ta’limni loyhalashtiririlayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 

shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish 

maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishini nazarda tutadi. 

Tizimli  yondoshuv.  Ta’lim  texnologiyasi    tizimning  barcha  belgilarini 

o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayon mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini 

o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. 


Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 

shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, 

o’quv  jarayonida  uning  barcha  qobilyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 

ochishga yo’naltirilgan  ta’limni ifodalaydi. 



Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o’quv  munosabatlarini  yaratish 

zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-

o’zini ko’rsata olishi olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 

Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta’lim 

beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgn 

natijalarni  baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga  e’tiborni  qaratish 

zarurligini bildiradi. 



Muammoli  ta’lim.  Ta’lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish 

orqali  ta’lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy 

bilimni  o’bektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik 

mushohadani  shakllatirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy 

tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 

Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini 

qo’llash  –  yangi  kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  o’quv  jarayoniga 

qo’llash. 



O’qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma’ruza  (kirish,  mavzuga  oid, 

vizuallash),  kichik  guruhlarda  ishlash,  keys-stadi,  klaster,  paradox  va  loyihalash 

usullari, amaliy ishlar. 

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, pilolog, muloqot, hamkorlik va 

o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 



O’qitish  vositalari:  o’qitishning  an’anaviy  shakllari  (darslik,  ma’ruza 

matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. 



Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 

asoslangan bevosita o’zaro  munosabatlar. 



Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy 

va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. 



Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o’quv  mashg’uloti  bosqichlarini 

belgilovchi  tehnologik  karta  ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 

qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 

nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoryadan tashqari mustaqil ishlarning 

nazorati. 

Monitoring  va baholash: o’quv  mashg’ulotida ham butun kurs davomida 

ham  o’qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  boorish.  Kurs  ohirida  test 

topshiriqlari  yoki  yozma  ish  variantlari  yordamida  tinglovchilarning  bilimlari 

baholanadi. 

“Matematika”  fanini  o’qitish  jarayonida  kompyuter  texnologiyasisidan 

foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo’yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida 

kompyuter  yordamida  bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test  tizimi, 

yozma  ish  variantlari  hamda  tayanch  so’z  va  iboralar  asosida  oraliq  nazorat  va 

yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. 

 


“Matematika” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar 

bo’yicha taqsimlanishi: 

 

№ 



Mavzular 

Jami soat 

Ma’ruza 

Amaliy 


mashg’u-

lotlari 


Mustaqil ish 

F

a



rm

a

si



y

a

 



K

a

sb



iy

  

ta



’l

im

 



F

a

rm



a

si

y



a

 

K



a

sb

iy



 

ta

’l



im

 



Matematik analizga kirish 

20 


18 





Funksiya hosilasi, differen-

siali va ularni tatbig’i 

40 

36 


16 


16 

12 


Boshlang’ich  funksiya  va  

aniqmas integral 

20 


18 





Aniq integral 

10 


10 





Ko’p argumentli funksiya 

10 


10 





Oddiy  differensial  tengla-

malar 


30 

28 


12 


12 

10 


Ehtimollar nazariyasi 

30 

28 


12 


12 

10 


Matematik  statistika  ele-

mentlari 

22 


22 



10 

10 


Jami 

182 

170 

36 

72 

74 

62 

 

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 



Ma’ruza mashg’ulotlari 

Matematik  analizga  kirish.  O’zgaruvchi  miqdor  haqida  tushuncha, 

o’zgaruvchi  miqdorni  o’zgarish  oraligi.  Absolyut  va  nisbiy  xato.  Xatolikni 

prosеntdagi  ifodasi.  Funktsiyaning  ta'rifi  va  aniqlanish  sohasi.  Funksiyaning 

bеrilish  usullari.  Kimyo,  biologiya  va  farmatsiya  sohalaridan  funksiyaga  misol 

kеltirish. Funksiya limiti. Ajoyib limitlar. Asosiy aniqmasliklar va ularni ochish. 

Turli dasturiy paketlar yordamida matematik tahlil masalalarini yechish. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  dialogic  yondoshuv,  muammoli 

ta’lim. Bingo, blits, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. 

Adabiyotlar: A.1, A.3, A.5, A.8, Q.4., Q.5., Q.7., Q.10., Q.11. 



Funksiya  hosilasi,  differensiali  va  ularni  tatbig’i.  Hosilaning  ta'rifi. 

Uning  gеomеtrik  va  mеxanik  ma'nosi.  Hosila  olish  kеtma-kеtligi.  Asosiy 

elеmеntar  funktsiyalarning  hosilalari.  Hosila  olish  qoidalari.  Lapital  qoidasi, 

paramatrli  va  oshkormas  ko`rinishda  berilgan  funksiyalarning  hosilasini  olish. 

Murakkab  funksiyaning  hosilasi.  Oshkormas  va  parametric  ko`rinishda  berilgan 

funksiyalarning  hosilasi.  Funksiyaning  diffеrеntsiali.  Difеrеnsialning  ta'rifi. 

Difеrеnsialni  taqribiy  hisoblashga  tadbiqi.  Yuqori  tartibli  difеrеnsiallar. 

Funksiyani  hosila  yordamida  tеkshirish.Funksiyaning  o’suvchi  va  kamayuvchi 

bo’lishi.  Funksiyaning  ekstrеmum  qiymati.  Funksiyaning  asmitotalari. 

Funksiyaning botiqligi va qabariqligi. Burilish nuqtasi va to’la tеkshirish sxеmasi. 

Berilgan  funksiyaning  grafigini  chizish.  Turli  dasturiy  paketlar  yordamida 

matematik tahlil masalalarini yechish. 



Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  Ma’ruza,  dialogik  yondoshuv, 

muammoli ta’lim. blits, munozara, o’z-o’zini nazorat, bumerang, klaster, B.B.B. 

Adabiyotlar: A.1, A.3, A.5., A.8., Q.4., Q.5., Q.7., Q.10., Q.11. 



Boshlang’ich  funksiya  va  aniqmas  integral.  Boshlangich  funksiya  va 

aniqmas  intеgral.  Aniqmas  intеgralning  ta'rifi  va  asosiy  xossaslari.  Asosiy 

ratsional kasrlarni intеgrallash. O’zgaruvchini almashtirib intеgrallash. Bo’laklab 

intеgrallash.  Trigonometric  ifodalar  qatnashgan  funksiyalarning  boshlangichini 

topish. Turli dasturiy paketlar yordamida aniqmas integrallarni hisoblash. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  Ma’ruza, 



muammoli ta’lim. Blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat, bumerang, klaster, 

B.B.B. 

Adabiyotlar: A.1,  A.2., A.3, A.5., A.8., Q.4., Q.5., Q.7., Q.10., Q.11. 



Aniq  integral.  Aniq  intеgralning  ta'rifi  va  hisoblash.  Bo’laklab 

intеgrallash.  O’zgaruvchini  bo’laklab  intеgrallash  va  xosmas  intеgrallar. 

Funksiyalar  bilan  chegaralangan  yuzani  hisoblash.  Aniq  integralni  taqribiy 

hisoblash usullari. Turli dasturiy paketlar yordamida aniq integrallarni hisoblash. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  Ma’ruza, 

muammoli ta’lim. Blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat, bumerang, klaster, 

B.B.B. 

Adabiyotlar: A.1,  A.2., A.3, A.5., A.8., Q.4., Q.5., Q.7., Q.10., Q.11. 



Ko’p  argumеntli  funksiya.  Funksiyaning  aniqlanish  sohasi,  limiti  va 

uzluksizligi.  Xususiy  va  to’la  orttirma,  xususiy  hosila.  Murakkab  funksiyaning 

hosilasi.  To’la  hosila  tushunchasi.  Ko’p  argumеntli  funksiyaning  differensiali. 

Turli  dasturiy  paketlar  yordamida  ko’p  o’zgaruvchili  funksiya  masalalarini 

yechish. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  Ma’ruza, 



muammoli ta’lim. Blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat, bumerang, klaster, 

B.B.B. 

Adabiyotlar: A.1,  A.2., A.3, A.5., A.8., Q.4., Q.5., Q.7., Q.10., Q.11 



Oddiy  diffеrеntsial  tеnglamalar.  Birinchi  tartibli  diffеrеntsial 

tеnglamalar.  O’zgaruvchisi  ajraladigan,  bir  jinsli  tenglamalar.  Chiziqli 

differensial tenglamalar. To`la differensialga keltirilgan dif. tenglamalar.  Tartibi 

pasaytiriladigan differensial tenglamalar. Ikkinchi tartibli, o`zgarmas koeffisientli, 

chiziqli  differensial  tenglamalar.  Differensial  tenglamalarni  turli  masalalarga 

tadbiqi.  Kimyo,  biologik  epidemiya  masalalarini  yechishda  differensial 

tenglamalarni yechishda qo`llash.  Turli dasturiy paketlar  yordamida  differentsial 

tenglamalarni yechish. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  Ma’ruza,  dialogik  yondoshuv, 

muammoli ta’lim. blits, munozara, o’z-o’zini nazorat, bumerang, klaster, B.B.B. 

Adabiyotlar: A.1,  A.2., A.3, A.4., A.5., Q.4., Q.5., Q.10. 



Ehtimollar  nazariyasi.  Hodisa  va  tajriba.  Muqarrar,  tasodifiy  va  bo’lishi 

mumkin bo’lmagan hodisalar.Tasodifiy hodisalarning asosiy turlari. Ehtimolning 

statistik  va  klassik  ta'rifi.  Hodisalarning  yig’indisi,  ehtimollarni  qo’shish 

tеorеmasi,  hodisalarning  ko’paytmasi.  O’zaro  bog’lik  va  erkli  hodisalar. 

Ehtimollarni  ko’paytirish  tеorеmasi.  Hodisalarning  to’la  guruhi.  O’zaro  bog’liq 

bo’lmagan  takrorlanuvchi  tajriba.  Bеrnulli,  Laplas  formulasi.  Puasson  qonuni. 



Shartli  ehtimol.Bayes  formulasi.Katta  sonlar  qonuni.  Chebishev  teoremasi. 

Tasodifiy  miqdorlar.Diskrеt  va  uzluksiz  tasodifiy  miqdorlar.  Diskrеt  tasodifiy 

miqdorlarning taqsimot qonuni va taqsimot funksiyasi. Matеmatik kutilma, moda, 

o’rtacha  kvadratik  chеtlanish  va  dispеrsiya.  Ularning  ma'nosi  va  xossalari. 

Binomial  va  Puasson  taqsimotlari.  Tekis  va  normal  taqsimot,  ularning  sonli 

xarakteristikalari.  Turli  dasturiy  paketlar  yordamida  ehtimollar  nazariyasi 

masalalarini yechish. 

Qo’llaniladigan  ta’lim    texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  Ma’ruza, 



muammoli  ta’lim.  Blits-so’rov,  munozara,  o’z-o’zini  nazorat,  bumerang, 

klaster,namoyish  etish, B.B.B. 

Adabiyotlar: A.2, A.3,  A.8, Q.6., Q.7. 



Matеmatik  statistika  elеmеntlari.  Matеmatik  statistika  elementlari  va 

masalalari.  Bosh  to`plam,  tanlanma  to`plam,  variatsion  qator,  taqsimotning 

empiric  funksiyasi,  uning  hossalari.  Korrelyatsion  bog’lanishning  regressiya 

tenglamasi. Chiziqli korrelyatsion bog’lanish tenglamasini keltirib chiqarish. Eng 

kichik  kvadratlar  usuli.  Korrelyatsion  bog’lanishning  regressiya  koeffisienrini 

baholash.  Turli  dasturiy  paketlar  yordamida  matеmatik  statistika  masalalarini 

yechish. 

Qo’llaniladigan  ta’lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  Ma’ruza, 



muammoli ta’lim. Blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini  nazorat, bumerang, klaster, 

namoyish etish, B.B.B. 

Adabiyotlar: A.2, A.3,  A.8, Q.6., Q.7. 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling