Ii-modul topshiriqlari


Download 16.22 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi16.22 Kb.
#1344425
Bog'liq
II- modul topshiriq

II-Modul topshiriqlari


1-variant. Musbat va manfiy butun sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Uning birinchi musbat va oxirgi manfiy elementini chop eting.
2-variant. D raqami (bir xonali butun son) va A butunsonli ketma-ketlik berilgan. A ketma-ketlikning D raqami bilan tugaydigan birinchi musbat elementini chop eting. Agar talab qilingan element berilgan ketma-ketlikda mavjud boʻlmasa, u holda 0 chiqaring.
3-variant. L butun soni (L>0) va A satrli ketma-ketlik berilgan. A dan raqamdan boshlanuvchi va L uzunlikka ega oxirgi satrni chop eting. Agar talab etilayotgan satr mavjud boʻlmasa, u holda “Not found” satrini chiqaring. Koʻrsatma. Talab qilingan satr mavjud boʻlmagan holatlar bilan ishlaganda ?? amalini qoʻllash tavsiya etiladi.
4-variant. C belgisi (bu yerda C oʻzgaruvchi nomi) va A satrli ketma-ketlik berilgan. Agar A tarkibida bittagina C belgisi bilan tugaydigan satr boʻlsa, uni chop eting. Agar bunday satr mavjud boʻlmasa, boʻsh satrni, bittadan koʻp boʻlsa, “Error” satrini chop eting. Koʻrsatma. Mumkin boʻlgan istisno holatlari uchun try-blogidan foydalaning.
5-variant. C belgisi (bu yerda C oʻzgaruvchi nomi) va A satrli ketma-ketlik berilgan. A ketma-ketlikning bittadan koʻp belgili va bunda C belgisi bilan boshlanib, C belgisi bilan yakunlanadigan elementlari sonini chop eting.
6-variant. Satrli ketma-ketlik berilgan. Bu ketma-ketlikka tegishli barcha satrlar uzunliklari yigʻindisi hisoblansin.
7-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Uning manfiy elementlari soni va ularning yigʻindisini aniqlang. Agar manfiy elementlari mavjud boʻlmasa, ikkita 0 chiqaring.
8-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Uning musbat ikki xonali elementlari soni va ulaning oʻrta arifmetigini (haqiqiy tipda) aniqlang. Agar talab etilayotgan elementlar mavjud boʻlmasa ikkita 0 chiqaring (birinchisi butun, ikkinchisi haqiqiy tipda)
9-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Uning minimal musbat elementini aniqlang, agar ketma-ketlikda musbat elementlar boʻlmasa, 0 sonini chiqaring.
10-variant. L butun soni (L>0) va A satrli ketma-ketlik berilgan. A ketma-ketlikning satrlari faqat lotin alifbosi bosh harflaridan iborat. A ketma-ketlikdan uzunligi L ga teng boʻlgan satrlarni chop eting. Agar bunday uzunlikdagi satrlar mavjud boʻlmasa, boʻsh satr chiqaring.
11-variant. Boʻsh boʻlmagan satrlar ketma-ketligi berilgan. Aggregate metodini qoʻllagan holda berilgan ketma-ketlikning boshlangʻich belgilaridan iborat satrlarni hosil qiling.
12-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Aggregate metodini qoʻllagan holda berilgan ketma-ketlikning barcha elementlari oxirgi raqamlari koʻpaytmasini aniqlang. Natija qiymatlar diapazonidan chiqib ketishining oldini olish maqsadida haqiqiy sonlar tipidan foydalaning.
13-variant. N butun soni berilgan (N>0). Range va Sum metodlaridan foydalanib quyidagi yigʻindini haqiqiy tipda aniqlang: 1+(1/2)+…+(1/N).
14-variant. A va B butun sonlari berilgan (A2+(A+1)2+…+B2)/(B-A+1)
15-variant. N butun soni berilgan (0 ≤ N ≤ 15). Range va Aggregate metodlaridan foydalanib N faktorialni aniqlang: , bunda . Natija qiymatlar diapazonidan chiqib ketishining oldini olish maqsadida haqiqiy sonlar tipidan foydalaning.
16-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Tartibini saqlagan holda undan barcha musbat sonlarni ajratib oling.
17-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Tartibini saqlagan holda undan barcha toq sonlarni ajratib oling. Agar takrorlanuvchi elementlar uchrasa ulardan birinchisini qoldiring.
18-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Undan barcha juft manfiy sonlarni ajratib oling. Olingan sonlar taribini teskarisiga almashtiring.
19-variant. D raqami (bir xonali butun son) va A butun sonli ketma-ketlik berilgan. A dan barcha D raqami bilan tugaydigan, turli musbat sonlarni ajratib oling (tartibini saqlagan holda). Ajratib olinayotgan elementlar takrorlanuvchilari boʻlsa, ulardan oxirgisini qoldiring. Koʻrsatma. Ketma-ketlikka Reverse, Distinct, Reverse metodlarini qoʻllang
20-variant. Butun sonli ketma-ketlik berilgan. Undan barcha musbat ikki xonali sonlarni oʻsish tartibida saralangan holda ajratib oling.
21-variant. Satrli ketma-ketlik berilgan. Ketma-ketlik satrlari faqat lotin alifbosi bosh harflaridan tashkil topgan. Ketma-ketlikni satrlar uzunliklari boʻyicha oʻsish tartibida saralang. Uzunliklari bir xil satrlarni leksikografik tartibda kamayish tartibida saralang.
22-variant. K (K>0) butun son va A satrli ketma-ketlik berilgan. Satrli ketma-ketlik faqat raqamlar va lotin alifbosining bosh harflaridan tashkil topgan. A dan raqam bilan tugagan barcha K uzunlikdagi satrlarni ajratib oling.
23-variant. K (K>0) butun son va A butun sonli ketma-ketlik berilgan. A ning tartib raqami K boʻlgan elementidan boshlab barcha toq ikki xonali sonlarni kamayish tartibida saralab ajratib oling.
24-variant. K (K>0) butun son va A satrli ketma-ketlik berilgan. A ning elementlaridan toq uzunlikdagi, lotin alifbosining bosh harflari bilan boshlanuvchi barcha satrlarni teskari tartibda ajratib oling
25-variant. K1, K2 butun sonlari va A butun sonli ketma-ketlik berilgan. 1≤K126-variant. K1, K2 butun sonlari va A boʻsh boʻlmagan satrli ketma-ketlik berilgan. 1≤K127-variant. D butun soni va A butun sonlar ketma ketligi berilgan. A ning D dan katta birinchi elementidan boshlab barcha musbat elementlarini ajratib oling va ajratib olingan elementlarni teskari tartibga almashtiring.
28-variant. L (L>0) butun soni va A boʻsh boʻlmagan satrlar ketma-ketligi berilgan. Ketma-ketlik satrlari faqat raqamlar va lotin alifbosining bosh harflaridan tashkil topgan. Uzunligi L dan katta boʻlgan birinchi elementdan boshlab harf bilan tugaydigan barcha satrlarni ajratib oling. Olingan satrlarni uzunligi boʻyicha kamayish tartibida saralang, uzunligi bir xil boʻlgan satrlar leksikografik oʻsish tartibida saralansin
Download 16.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling