Ii modul topshiriqlari
Download 18.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-Topshiriq 2-kurs
II Modul topshiriqlari1. a soni berilgan (a > 1). (1 + 1 / 2 + 1 / 3 + … + 1 / k) <= a shart bajariladigan eng katta k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Yig’indi ham ekranga chiqarilsin. 2. Bankka boshlang’ich 10 000 so’m qo’yildi. Har oyda bor bo’lgan summa p foizga oshadi (0 < p < 25 ). Necha oydan keyin boshlang’ich qiymat 2 martadan ko’p bo’lishini hisoblovchi dastur tuzilsin. Necha oy k – butun son. Bankda hosil bo’lgan summa haqiqiy son ekranga chiqarilsin. 3. Sportchi birinchi kuni 10 km yugirib boshladi. Keyingi kunlari bir oldingi kunga nisbatan p foiz ko’p yugurdi (0 < p < 50). Sportsmenning necha kundan keyin jami yugurgan masofasi 200 km dan oshadi? Jami kunlar soni va masofani (butun son) chiqaruvchi dastur tuzilsin. 4. A va B natural sonlari berilgan. Evklid algoritmi bo’yicha EKUB(a,b) ni aniqlovchi dastur tuzilsin. EKUB - Eng Katta Umumiy Bo’luvchisi. Agar a >= b bo’lsa, q a ni b ga bo’lgandagi qoldiq. q=0 bo’lsa, EKUB(a,b)=b. Agar q nolga teng bo’lmasa ushbu tenglik o’rinli bo’ladi. EKUB(a,b)=EKUB(b,q). Masalan EKUB(15,6)=EKUB(6,3)=EKUB(3,0)=3 5. N sonini M soniga bo’lgandagi qoldiqni va butun qismini bo’lish amallarini (/, %) ishlatmasdan topuvchi dastur tuzilsin. 6. n natural soni berilgan. Shu son raqamlari yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 7. n va m butun musbat sonlari berilgan (n > m). n sonini m soniga bo’lib butun va qoldiq qismlarini bo’lish va qoldiqni olish amallarini ishlatmasdan topuvchi dastur tuzilsin. 8. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin. 9. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlari yig’indisini va raqamlari sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 10. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida 2 raqami bor – yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin. 11. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida toq raqamlar bor - yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin. 12. n butun soni berilgan (n > 1). n sonini tub – tub emasligini aniqlovchi dastur tuzilsin. 13. a va b butun musbat sonlari berilgan. Berilgan sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini aniqlovchi dastur tuzilsin. 14. n butun soni berilgan (n > 1). n sonini Fibonachchi sonlari orasida bor – yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Fibonachchi sonlari quyidagi qonuniyat asosida topiladi. F1 = 1; F2 = 1; Fk = Fk-1 + Fk-2; k = 3, 4, … 15. n butun soni berilgan (n > 1). n sonidan katta bo’lgan birinchi Fibonachchi sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 16. Fibonachchi soni bo’lgan n butun soni berilgan (n > 1). ( Fibonachchi sonlari 14- masalada berilgan.) n sonidan bitta oldingi va bitta keyingi Fibonachchi sonlarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 17. Fibonachchi soni bo’lgan n butun soni berilgan (n > 1). ( Fibonachchi sonlari 14 - masalada berilgan.) n soni Fibonachchi ketma - ketligining nechanchi xadi ekanini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 18. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi: a1=2; ak = 2 + 1 / ak – 1; k = 2, 3, …|ak – ak-1| < e shartni qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. ak va ak – 1 ham ekranga chiqarilsin. 19. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi: Download 18.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling