Ii. Olimpiadaning maqsad va vazifalari
Download 27 Kb.
|
Olimpiada 222
II. Olimpiadaning maqsad va vazifalari 4. Olimpiadaning maqsadi: - mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash. 5. Olimpiadaning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan: - Oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda «OTM»)da iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish va rivojlantirish; - OTMdagi o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash va tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari hamda mehnatini rag‘batlantirish; - talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar hamda interfaol usullarining tatbiq etilishini takomillashtirish, ularning ijodiyotini (ijodiy ishlarini) rivojlantirish; - Olimpiadaning g‘oliblari orasidan xalqaro Fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun Respublika terma jamoasiga nomzodlar tarkibini shakllantirish. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling