II valentli metall sulfidida oltingugurt bilan metalar massa nisbati 2: bo‘lsa, metallni aniqlang
Download 50.5 Kb.
|
yangi test
1. II valentli metall sulfidida oltingugurt bilan metalar massa nisbati 2:7 bo‘lsa, metallni aniqlang. A) Ba В) Сa С) Mg D) Cd 2. Teng massa nisbatda olingan metan va silan aralashmasining mol nisbatini aniqlang. A) 3:1 B) 2:1 C) 5:1 D) 1:1 3. Vodorod va is gazidan iborat 100 ml aralashmaga 80 ml kislorod qo'shib portlatildi. Harorat dastlabki sharoitga keltirilganda suv bug'lari kondensatsiyalanib, o'rtacha molyar massasi 36,8 g/mol bo'lgan gazlar aralashmasi olindi. Dastlabki aralashmadagi vodorod hajmini (ml) hisoblang. A) 20 B) 80 C) 60 D) 40 4. Suv 173°C va 173 К da qanday agregat holatda bo’ladi? A) qattiq; guz B) gaz; gaz C) gaz; suyuq D) gaz; qattiq 5. Kimyoviy elementlar davriy sistemasining IA guruhida yuqoridan pastga qarab quyidagi qaysi xususiyatlar ortib boradi? 1) elektromanfiylik; 2) atom radiusi; 3) metallik xossasi; 4) yadro zaryadi; 5) ionlanish potensiali. A) 1,4,5 B) 1,5 C) 2,4 D) 2,3,4 6. Elektron konfiguratsiyasi 2, 8, 18, 1 bo’lgan X kimyoviy elementning yuqori oksidlanish darajasini aniqlang. A) +4 B) +3 C) +1 D) +2 7. X+2 kationidagi elektronlar soni Y-3 ionidagi elektronlar soniga teng. X va Y dagi protonlar nisbati 4:3 bo’lsa, X elementni aniqlang. A) Ba В) Mn C) Mg D) Ca 8. Radioaktiv yemirilishning qaysi turida atomning izotoplari olinadi? A) a yemirilish B) neytron ajratib parchalanish C) - β yemirilish D) proton ajratib parchalanish 9. CH4 va H2 dan iborat 22,4 / (n.sh.) aralashma yondirilganda 580 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang. 2H2+ O2=2H2O+500 kJ, CH4+ 2O2=CO2+2H2O+800 kJ. A) 25 B) 40 C) 60 D) 75 10. Bog’i qutbli, molekulasi qutbsiz bo’lgan moddani belgilang. A) CH4 B) SO2 C) H2O D) NH3 11. Qaysi moddalar jufti qattiq holatda molekular kristall panjaraga ega? A) Cl2, NaCl B) H2O , SiO2 C) KJ, NaJ D) CO2, NH3 12. Ammoniy ioni qanday geometrik tuzilishga ega? A) teng tomonli uchburchak B) tetraedr C) piramida D) uchburchak 13. Quyidagi moddalar orasidan noelektrolitlarni tanlang. 1 ) kalsiy yodid; 2) glyukoza; 3) saxaroza; 4) kaliy gidroksid; 5) riboza; 6) magniy nitrat A) 2,3,5 B) 1,3,4 C) 2,3,6 D) 1,4,6 14. Elektrolitning dissotsilanish darajasi 25% va dissotsilanmagan molekulalar soni 360 ta bo’lsa, umumiy eritilgan molekulalar soni nechta bo’lgan? A) 480 B) 560 C) 120 D) 600 15. Quyidagi kislotalardan qaysilarining ishqorlar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizga uchramaydi? 1 ) sulfit kislota 2) xlorid kislota 3) nitrat kislota 4) sirka kislota A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3 16. Ma’lum temperaturada KOH ning eruvchanligi 56 ga teng. 58,5 gr K necha gramm suvda eritilsa to'yingan eritma hosil bo’ladi? A) 177 B) 277 C) 227 D) 327 17. 40 % li (p = 1,2 gr/ml) 500 ml suvli eritmaga qanday massali (gr) suv qo‘shilganda 12 % li eritma hosil bo’ladi? A) 1640 B) 1760 C) 1400 D) 1040 18. 127°C da reaksiya tezligi 0,2 mol/(l-s) bo’lsa, temperatura 50°C ga oshirilgandagi reaksiya tezligini (mol/(l.s) ) aniqlang. (y= 2) A) 6,4 B) 3,2 C) 12,8 D) 1,6 19. E → W + x α + 6 β. Ushbu yadro reaksiyasidan E va W o’zaro izoton bo’lsa, E tarkibidagi elektronlar sonini aniqlang. A) 86 B) 68 C) 84 D) 82 20. Orbitallardagi harakatlana oladigan maksimal elektronlar sonini topish formulasini ko’rsating? A) 2n2 B) 2l+1 C) 2(2l+1) D) n2 21. Alyumosilikatlar anion sifatida tarkibida ……, kation sifatida tarkibiga ….. kiradigan tuzlardir. A) alyuminiy va kremniy/ishqoriy va ishqoriy yer metallar B) ishqoriy va ishqoriy yer metallar / alyuminiy va kremniy C) alyuminiy va uglerod/ ishqoriy va ishqoriy yer metallar D) kalsiy va alyuminiy/ kremniy va qalay 22. Noma’lum tuzning 400 gr 2M li (p=l,6 gr/ml) eritmasi bilan 500 ml 5M li eritmasi aralashtirilganda 20% li (p=3,2 gr/ml) eritmasi olindi. Tuzning molyar massasini aniqlang. (zichlik nisbiy olingan) A) 152 B) 160 C) 142 D) 161 23. O’t o’chirish bаllоnlаrini zаryadlаshdа qаysi mоddа ishlаtilаdi? A) kаrbоnаt аngidrid B) suvsizlаntirilgаn sоdа C) ichimlik sоdа D) оhаkli suv 24. SO2 +O2 SO3 reaksiyada SO3 ning konsentratsiyasi 1 mol/1 bo’lganda kimyoviy muvozanat qaror topdi. SO2 ning boshlang'ich konsentratsiyasi 2 mol/1 bo'lsa, kislorodning dastlabki konsentratsiyasini (mol/1) hisoblang. ( KM =1 ) A) 0,5 B) 2 C) 1,5 D) 1 25. Aluminiy xlorid gidroliziga oid to'g'ri fikrlarni ko'rsating. 1) HCl ta’sirida gidroliz kuchayadi 2) NaOH ta’sirida gidroliz kuchayadi 3) kation bo'yicha gidrolizlanadi 4) anion bo'yicha gidrolizlanadi A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4 26. Noma’lum kislota eritmasida kislotaning massa ulushi 9/25 ga teng. Agar eritma tarkibidagi suvning miqdori (mol) kislotaning miqdoridan (mol) 8 marta ko‘p bo’lsa, kislotani aniqlang. A) HNO3 B) HBr C) H2SO4 D) HCl 27. Qaysi moddaning 3 M li 250 ml eritmasida (a=0,8) 1,2 mol ion bo’ladi? (suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin) A) permanganat kislota B) kalsiy nitrat C) alyuminiy nitrat D) aluminiy sulfat 28. Hajmi 2,5 litr bo’lgan idishda o‘tkazilgan reaksiyada 120 sekund davomida 3 mol modda sarflandi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/l (l.s)) aniqlang. A) 0,1 B) 0,05 C) 0,02 D) 0,01 29.Laboratoriya sharoitida quyidagi qaysi reaksiyadan ammiak olinadi? A) NH4NO3 B) NH4Cl + H2SO4 C) NH4Cl + Ca(OH)2 D) Cu + HNO3 30. Teng massadagi litiy gidrid va kaliy gidrid suvda to'liq eritildi. KH eritilishi natijasida 4,48 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Olingan litiy gidroksid massasini (gr) hisoblang. A) 36 B) 24 C) 48 D) 12 Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling