Iii. Axborotni bosmaga chiqaruvchi qurilmalar va
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqГулрух
18 III. AXBOROTNI BOSMAGA CHIQARUVCHI QURILMALAR VA SKANERLAR Printerlar. Printer — kompyuterdagi, flesh kartalardagi va boshqa axborot tashuvchi qurilmalardan ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma hisoblanadi. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Printerlar oq-qora va rangli tasvirlarni bosmaga chiqaruvchi printerlarga bo‘linadi. Printerlarning quyidagi turlari mavjud: • matritsali, • purkovchi • va lazerli. Matritsali printerlar yaqin vaqtlargacha keng tarqalgan printerlardan biri edi. Bu tipdagi printerlar bugungi kunda ishlab chiqarilmaydi. Sababi, purkovchi va lazerli printerlar o‘zlarining samaradorligi va sifati buyicha matritsali printerlarni bozordan siqib chiqargan. Matritsali printerlar tezligi bir bet A4 qog‘oz uchun 60 sekundgacha vaqt yo‘qatadi. Purkovchi printerlar - lazerli printerlardan bosm qilish tezligi kam bo‘lishi qaramay tasvirni aniq va sifatli chiqaradigan qurilma. Tasvir qog‘ozga maxsus qurilma orqali siyoh tomchilarini purkash hisobiga yuzaga keladi. Purkovchi rangli printer sifati lazerli printerga yaqin, narhi esa lazer printerlariga qaraganda arzon va shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan foydalanyapti. HP Officejet Pro X576dw printerlarning bosma tezligi, A4 formatdagi qog‘ozlar uchun 70 bet/minut tashkil qiladi. Lazerli printer - printerlarnig bir turi bo‘lib, yuqori sifatli bosmalarni oddiy qog‘ozga tez tushirish xususiyati bilan ajralib turadi. Ishlash printsipi kserografikli bosmaga uxshaydi, lekin, ish protsessi vaqtida tasvir formirovkasi printerning fotosezgir elementlarni lazer nurlari bilan ekspozitsiya qilish printsipiga asoslangan. Bunday usulda yaratilgan tasvirlar yuqori sifatli va namgarchilikdan qo‘rqmaidigan 19 xususiyatga ega bo‘ladi. Purkovchi printerlardan lazer printerlar quyidagi afzalliklarga ega: • Lazer nurlari purkovchi printer kallaki harakatiga qaraganda juda tez harakatlanadi: • Lazer nurlari tasvirni yuqori aniqlikda fokus, ekspozitsiya qila oladi. • Lazer printer tonerlari ko‘p turib qolsa ham qotib qolmaydi, purkovchi printerlarda siyoh kallakilarda qotib qolish xsusiyatiga ega. Bunday kamchiliklarni to‘g‘irlash uchun mahsus servis xizmati kerak bo‘ladi. • va boshqa afzalliklarga ega. Kamchiliklari: • Lazer printer ishlayotganda ozon gazi, azot oksidi (NO2, N2O), atseton, qog‘oz changi, ultrabinafsha nur va infaqizil nurlanishlar bo‘ladi: • Qog‘ozni qizdirganda formaldegid va suv pari ajralib chiqadi: • Ko‘p elektr energiyasini istemol qiladi: • Lazer printerning qimmat baholigi: • Qog‘ozaga ko‘p talab qo‘yiladi, masalan, bukilgan qog‘oz ishlatganda qurilma sinib qolishi mumkunligi va agar qog‘oz skrepkalangan bo‘lsa printer sinib qoladi. • va boshqa kamchiliklarga ega. Tezligi A4 bir bet matn uchun 15 sekundgacha vaqt yo‘qatadi. Hozirgi kunda minutiga 15—40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor. 20 Plotterlar — bu, kompyuterdan chiqarilayotgan ma’lumotlarni kog‘ozda rasm yoki grafik ko‘rinishda tasvirlash imkonini beruvchi qurilmadir. Odatda uni grafik yasovchi (grafopostroitel) deb ham atashadi. Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga maxalliy tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi tarmoq adapteri, didjitayzer, ya’ni elektron planshet, djoystik, vidioglaz, raqamli fotoapparat va vidiokamera kabi qurilmalar ulanishi mumkin. Shaxsiy kompyuter tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi — mantiqiy, boshqarish, xotira qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadi. Skaner (ingl. scanner, scan - tikilib qarash, ko‘rib chiqish m’nosini anglatadi) - qandaydir ob'yektni (masalan, tasvirni, rasm, slayd, fotosur’atlarni) tahlil qilib raqamli nusxasini kompyuterga uzatuvchi qurilma. Raqamli nusxasini olish jarayoni esa skanerlash deb ataladi. Skanerlarning qog‘ozdagi ma’lumotlarni, rasm, fotosurat va buyumlar shtrixkodlarni - ma’lumotlarni o‘qidigan turli modellari mavjud. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling