Iii bоb atom tuzulishi. Davriy qonun

I, II, III bosh guruhcha (gruppacha) elementlarining tashqi pog’onasida 1 ta, 2 ta, 3 ta elektronlar bor. Oksidlanish darajasi esa, asosan +1, +2, +3 bo’ladi

Download 0.61 Mb.
bet10/11
Sana28.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1018248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-maruza

I, II, III bosh guruhcha (gruppacha) elementlarining tashqi pog’onasida 1 ta, 2 ta, 3 ta elektronlar bor. Oksidlanish darajasi esa, asosan +1, +2, +3 bo’ladi.

IV bosh guruhcha elementlari asosiy holatda 2 (ikki) valentli. Qo’zg’algan holatda 4 (to’rt) valentli bo’ladi. 4 ta elektron olishi yoki berishi mumkin. Oksidlanish darajasi -4 dan +4 gacha o’zgaradi.

V bosh guruhchadagi N (azot) elementi asosiy holatda 3 valentli. Juftlashgan elektronlari donor–akseptor bog’ hosil qilishda qatnashadi va 4 valentli bo’lishi mumkin. V bosh guruhcha elementlari (azotdan boshqa) 3 ta elektron olishi mumkin va 3 ta yoki 5 ta elektron berishi mumkin. Bu guruhcha (azotdan boshqa) elementlarida tashqi pog’onasida bo’sh orbital bor. Shuning uchun qo’zg’algan holatda 5 valentli bo’ladi (5 ta elektron beradi). Demak, oksidlanish darajasi -3 dan +5 gacha bo’ladi.

VI bosh guruhcha elementlarida O (kislorod) elementi – 2, 3, 4 valentli bo’lishi mumkin. Kislorodning oksidlanish darajasi esa -2 dan +2 gacha bo’ladi.

VI bosh guruhcha kislоrоddаn bоshqа elementlari asosiy holatda 2 valentli bo’ladi (2 ta elektron oladi yoki beradi). Qo’zg’algan holatda esa 4, 6 valentli bo’ladi (4 yoki 6 ta elektron beradi). Demak, VI bosh guruhcha elementlarining (kisloroddan boshqa) valentligi 2, 4, 6 bo’ladi. Oksidlanish darajasi esa -2 dan +6 gacha bo’ladi.

VII bosh guruhcha elementlarida F (ftor) elementi 1 valentli, lеkin 2, 3, 4 valentli ham bo’lishi mumkin, oksidlanish darajasi esa -1 bo’ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling